O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Zaxarlanishni cheklash
2.2-rasm. Reaktiv yoki qo‘zg‘ovchi kimyoviy mod- dalar ko‘pincha avval tanaga mahalliy ta’sir ko‘rsatadi keyin esa so‘rilib ichki a’zolarni nishonga oladi, rasmda ko‘rsatilgandek jigar va miyaga ta’siri kabi. Bunday holatlarni o‘rganishda kemiruvchilarda tajriba o‘tkaziladi va dori vositalari yoki kimyoviy moddalarning ta’sir etish shakllari o‘rganiladi. Bu tajriba- lar labaratoriya sharoitida o‘tkaziladi. 2.3. Zaxarlanishni cheklash Inson tanasi juda murakkab bo‘lib, 100 hildan ziyod to‘qimalardan tashkil topgan. Keng tizimli genetik va metabolik jihatlar bu tizimni faoliyatini ta’minlab beradi.Toksik moddalar bu tizimga kutilmaganda zarar yetkazishi mumkin, bunday holatni oldini olish esa o‘z navbatida murakkab vazifadir. 5 Birinchi bobda turli kimyoviy moddalarning ma’lum bir ichki a’zolarga bo‘lgan ta’siri hususida to‘htalib otgan edik. Markaziy asab tizimi va buyrakka dietilen glikol tomonidan 5 Klaassen KD, Watkins JB. Kasarett & Doull’s essentials of toxikology. 2nd ed. New York: MkGraw-Hill Professional; 2010. 47 yetkazilgan ziyon va talidomid tufayli yangi tug‘ilgan godaklar bilan sodir bo‘l- gan noxush voqealar va hokazo. Toksikologlar bunday vaziyatlarni mahalliy yoki tizimli hususiyatga ega deb baholaydilar (2.2-rasm). 1. Tizimli zaharlanish. Garchan mahalliy zaharlanish ekstremal xususiyatlar- ga ega bo‘lgan kimyoviy moddalar guruhiga tegishli bo‘lsa-da, kopgina kimyoviy moddalar tizimli zaharlanishni keltirib chiqaradi. Bunday moddalar tanaga so‘rilib butun qon aylanish tizimi bo‘ylab harakat etadi va bir va undan ziyod zaif a’zolarga ta’sir etadi (2.2-rasm). Ba’zi organlar ushbu zaharli moddalarning yuqori kontsen-tratsiyasini yig‘gan holda zararlanadi. Ko‘zning zaharlanishini oldini olishni misol tarzida olsak, xlorohin boyog‘i ta’siriga qarshi qo‘llaniladigan dori vositasi o‘pkani zararlashi mumkin. Lipofillik hususiyatiga ega kimyoviy moddalar jigarga yetib boradi va oqibatda jigarga ziyon yetkazadi. 6 Ko‘p hollarda jigar (hepatoksikatsiya) va buyrak (nefrotoksikatsiya) shikastlanishi sodir bo‘ladi. Ko‘pincha ma’lum bir kimyoviy moddalar aynan bir organga joylashadi, zararlangan to‘qimalar, hujayra- metabolitlari fermentlarning yuqori darajasini ifodalaydi. Toksikologik faollashuv “bio” deb ataladi, bu hodisa ko‘plab kimyoviy patologik vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Viskonsin universiteti professorlari Jeyms va Elizabet Millerlar 1940- yillarda kimyoviy zaharlanishda bio faollashuv rolini baholashga asos soldilar. Bu juftlik tadqiqot jamoasi a’zolari bo‘yoqlarning xususiyatlarini o‘rganib saraton kasalligini kelib chiqishini aniqla- dilar, bunda ular o‘n to‘qqizinchi asrda Rehn tomonidan nemis to‘qimachilik ishchilari bilan bog‘liq bo‘lgan qovuq saratoni hodisasini ham ko‘rib chiqdilar. Ichki organlarga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish katta qiziqishni keltirib chiqaradi. Masalan, nima uchun kimyoviy modda aynan buyrakka ta’sir qiladi, bu yerda qanday bog‘liqlik bor va hokazo? Kimyoviy modda inson tanasiga singib kirishi bilan qanday o‘zgarish sodir bo‘ladi, u tezda metabolizmga uchraydimi yoki to‘qimalarda turib qoladimi? Agar to‘qimalarda turib qolsa to‘qima yaqinidagi ichki a’zo bundan zarar ko‘radimi yoki undan zaifroq bo‘lgan boshqa bir a’zo 6 Daly AK, Day KP. Genetik association studies in drug-induced liver injury. Drug Metab Rev. 2012;44:116–26. 48 zararlanadimi? Bunday zaharlanish hodisalarida doza-munosabatlar qanday kechadi, yuqori dozada ro‘y beradimi yoki oz doza kifoyami? Agar unga qarshi biror vosita uzoq vaqt mobaynida yuborilsa, zaharlanish yo‘qoladimi yoki yuborilgan doza tufayli boshqa zaharlanish holati yuzaga keladimi? Agar zaharlanish uzoq vaqt mobaynida davom etayotgan bo‘lsa, organizm bu holatdan halos bo‘lish va tuzalish uchun qanday faoliyat olib boradi? Bu kabi savollar ko‘plab tadqiqitchilar e’tiborini jalb etadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling