O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127
2.8. Zaharlanishda vaqt o‘lchami 
 
Yana bir kimyoviy zaharlanish holatini o‘rganishni murakkablashtiruvchi 
masala bu patologik munosabat bo‘lib, zaharli moddaning ta’siri va uning 
oqibatida kelib chiqadigan kasallikni namoyon bo‘lishi orasidagi vaqtdir, ya’ni 
davomiylik latentligi hisoblanadi.Yashirin toksik munosabatlar paydo bo‘lib, bu 
holat 7-10 kun davomida hech qanday alomat bermaydi va vaqt otishi bilan oyoq- 
qo‘llarning tirishib qotib qolishi, yurishda qiyinchilik holatlari kelib chiqadi. Uzoq 
yillar davomidagi bir qator genetik o‘zgarishlar natijasida saraton kasalligi kelib 
chiqadi. Bu holat ko‘pincha tamaki chekish bilan bog‘liq bo‘lib, chekish yillar 
davomida o‘pka saratonini keltirib chiqaradi.


52 
Ko‘p yillar davomida bir necha genetik o‘zgarishlar natijasida o‘simta 
rivojlanib boradi, saraton kasalini kelib chiqishi o‘n yilliklarni qamrab oladi. Bu 
boradagi kuzatish ishlari chekish boshlangan davrdan boshlab o‘pka yoki boshqa 
to‘qimalarning shishi tashxisi o‘rtasida olib boriladi. O‘simta kech namoyon 
bo‘lishiga yana bir misol bu 1950 va 1960-yillarda homiladorlik asoratlarini yana 
homila tushishini oldini olish maqsadida minglab ayyo‘llar davo sifatida sintetik 
ostrogen dietilstilbestrol qabul qilganlar, keyinchalik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 
afsuski bu ayo‘llar dori vositasidan hech qanday naf ko‘rmaganlar, balki aksincha, 
yillar davomida ularda o‘simta shakllangan. Nev England Journal tibbiy oynomasi 
1971-yil dietilstil-bestrol dori vositasining avlodlarga salbiy ta'sir holatlarini 
ma’lum qildi. Reproduktiv rivojlanish tizimiga bo‘lgan salbiy ta’sir ayniqsa 1-5 oy 
davomida bo‘lib, bu ayo‘llarning vaginal hujayralarida o‘rta yoshlarda yoki keksa 
yoshlarda namoyon bo‘lgan
9

O‘simta hali o‘zini namoyon qilmagan paytda ham baxtiqaro yosh ayollar 
boshqa reproduktiv muammolarga ya’ni ko‘krak saratoni, homilani tushib qolishi 
yoki homilaning bachadonda bo‘lib qolishi kabi bir qator muammolarga duch 
kelganlar. Erkaklarda ham zaharlanish alomatlari siydik yo‘lidagi o‘simta va 
shishlarda namoyon bo‘lgan. Afsuski keyingi tadqiqotlarda ba’zi katta yoshdagi 
ayollardagi ko‘krak saratoni kasalligida dietilstilbestrol dori vositasi rol 
o‘ynamaganligini, balki ularda bunga moyillik bo‘lganligi aniqlandi. Biroq, bu 
natija tarixda dietilstilbestrol sabab yuzaga kelgan kasallik alomatlari hususidagi 
holatlarga chek qo‘ya olmaydi, chunki ko‘pgina ayollar bundan azuyat 
chekkanliklari ham asoslangan.
Bu hususidagi tajriba ishlari sichqonlarda o‘tkazilgan va zaharlangan 
sichqonlarning uchinchi avlodi ham bunday ta’sirga moyil ekanligi aniqlangan. 
Epidemiologiya tadqiqotlar natijalari muhokama qilinishi lozim, uchinchi avlod 
tuxumdon saratoni va yurak faoliyatining zaiflashuvi muhokamadagi asosiy 
masaladir. Bir avlodda sodir bo‘lgan kimyoviy zaharlanishning boshqa avlodga 
9
Titus-Ernstoff L et al. Offspring of women exposed in utero to diethylstilbestrol (DES): a preliminary report of benign and 
malignant pathology in the third generation. Epidemiology. 2008;19:251–7. 


53 
ham ta’sir etish havfi jiddiy epigenetik o‘zgarishlarga olib keladi. Talidomid ofati 
kabi, dietilstilbestrol dori vositasi bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklar xavfsizlikni 
baholashni kechiktirib bo‘lmasligini taqazo etadi, avlodlarning ketma-ket ziyon 
ko‘rishini oldini olish juda muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan masaladir. Ayniqsa 
homilador ayo‘llar uchun zaharlanish xavfli bor dori vositalari chuqur o‘rganilishi 
lozim. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling