O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127
 
2.4. Ta’sir kuchi 
 
Bizning birinchi bo‘limda tanishib o‘tgan tarixiy tadqiqotlarimiz shuni 
ko‘rsatdiki, zaharlanish holati uning salbiy oqibatlarini anglash, dozasini bilish 
Sokrat davridan buyon davom etib kelmoqda. Minglab tadqiqot ishlari zamonaviy 
toksikologlar tomonidan ham olib borilib buni asosli ekanligini isbotlab berdi. 
Zaharlanish saraton induktsiyasini, gepatoksiklikni, neyrotoksiklikni yoki teri 
toshmasini keltirib chiqarishida kimyoviy moddaning qay darajada kuchli ekanligi 
emas, balki shaxs uni qanday miqdorda is’temol qilganligi muhimligi ko‘rsatib 
otiladi. Doza bu ma’lum bir shaxs tomonidan qabul qilingan miqdor bo‘lib, massa 
milligram yoki mikromol deb o‘lchanadi. Bu ko‘p hollarda ma’lumot berish 
uchun qo‘llaniladi.
 
2.5. O‘ziga xos bo‘lgan toksiklik (zaharlanish) 
 
Oziga xos bo‘lgan toksiklik qachonki inson kamdan-kam va kutilmagan 
hollarda ma’lum bir toksik moddaga yoki bir qator kimyoviy moddalar guruhiga 
nisbatan zaiflikni namoyish etsa sodir bo‘ladi. Bu atama bir necha yunon so‘z-
laridan tashkil topgan bo‘lib shaxsning jismoniy tuzilishini ifodalaydi. 
Farmakologik vositalar bunday jiddiy idiyosinkratik holatlarga kamdan-kam 
hollarda sabab bo‘ladi? Ya’ni har 1000 tadan 1 kishida yoki har 10000 tadan 1000 
kishida uchraydi. Bu holatni laboratoriya sharoitida o‘rganish va hayvonlarda 


49 
tajriba o‘tkazish orqali o‘rganish qiyinchilik tug‘diradi. O‘tgan vaqt mobaynida 
bunday holatga moyillik ko‘rsatgan shaxslar holati o‘rganilishi shuni ko‘rsatganki, 
bu holat ham yuqori doza ham past doza ta’sirida vujudga kelishi mumkin
7

AQSH va Shvetsiyada belgilangan dori vositalari orqali idiyosinkratik 
holatni o‘rganish natijasida Lammert tomonidan izlanish ishlari 2008-yil nashr 
etildi. Izlanish shuni ko‘rsatdiki, o‘ziga hos bo‘lgan zaharlanish holati doza 
miqdoriga bog‘liq, biroq bu kunlik doza dori vositasining kg\10 mg miqdori bilan 
bog‘liq emas. Idiyosinkratik sezuvchanlik bazida shaxslarda fermentlarning 
o‘zgarishi oqibatida sodir bo‘ladi, ya’ni ular tanasi yetarlicha zaharli moddalarni 
tanadan chiqarib yuborolmaydi. Ba’zi etnik guruhlarda genlarning mutantlashuvi 
shunchalik keng tarqalganki, bu shifokorlar qarorlariga ta’sir etadi. Bunga misol 
tariqasida sil kasalligiga dori vositasi bo‘lgan isoniazid 1 % bemorlarning jigariga
ziyon yetkazadi.
1. Allergik zaharlanish. Zaharli moddalarga nisbatan o‘ta sezuvchanlik 
immun tizimining kseno-biotik faollashuvi oqibatida yuzaga keladi. Bunday 
holatlar juda kam bo‘lsada, ayrim kimyoviy modda turlari jiddiy va hayotga 
tahdidli bo‘lib allergiyani qozg‘atishi ma’lum. Klinik tibbiyot doirasida penitsillin 
antibiotiki sezuvchanlik yuqori bo‘lgan kishilarda allergiya’ni qozg‘aydi. Gap 
shundaki, odatda, bu dori vositasining allergiyani qo‘zg‘ashi uning farmokologik 
hususiyatlariga bog‘liq emas. Shunday ekan, ularning kimyoviy xususiyatlari har 
qanday ichki biologik harakatlardan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Immun tizimi 
aksariyat holatlarda mikrob va oqsil toksinlariga qarshi ishlaydi. 2002-yilda 
leykotsit antigen ahamiyatini aniqlash bo‘yiсha olib borilgan samarali tadqiqot 
ishlari kam uchraydigan zaharli alomatlarni aniqlashda katta hissa qoshdi. Kuchli 
ta’sirga ega bo‘lgan antiretrovirus dori vositasi bo‘lgan abakavir ko‘pgina 
bemorlarda toshma, ko‘ngil aynishi va boshqa allergik alomatlarga sabab bo‘ladi. 
Dori tufayli yuzaga keluvchi allergik holatlarni klinik sharoitda o‘rganish bugungi 
kunda muhim sanalib bunday kuzatish ishlarini olib borishda zaharli metallar, 
7
Klassen KD. Kasarett and Doull’s toxicology: the basic science of poisons. 8th ed. New York: MkGraw-Hill Professional
2013. 


50 
sun’iy kimyoviy moddalar va tevarak atrofni ifloslantiruvchi omillarning 
o‘rganilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.  

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling