O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127
3.6-rasm. Joseph va hamkasblari tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy tasnif 
tizimi tashqi kimyoviy moddalar uchun metabolik jarayonning to‘rt keng tarqalgan 
turini qayd etadi. Ko‘rsatilgan misollar (masalan, parasetamol, benzol, safrol) 
tasvirlangan reaksiyalar organizmda tegishli birikmalarni hosil qilgan metabolitlar 
umumiy sonining atigi bir kichik majmuidir. 
Birinchi faza o‘z ichiga tiklovchi modda almashinuvini (metabolizm) o‘z 


67 
ichiga oladi. Bunda qo‘shimcha vodorod atomlari molekulaga qo‘shilishi holati 
kuzatiladi yoki kislorod atomlarining chiqib ketish holati (rasm 3.6.a). Bunga keng 
ko‘lamdagi misolni aytadigan bo‘lsak, Prontosil sulfanilamidni shakllantirishda 
tiklovchi modda almashinuvi bosqichini bosib otadi (3.6-a rasm). 
Sulfanilamid dori vositasi dietilenglikol bilan aralashtirilgnda 1930-yillarda 
AQShda nefrotoksisite epidemiyasini keltirib chiqargan. Tiklovchi modda 
almashinuvi bosqichi keng ko‘lamdagi jarayon emas, biroq ba’zi hollarda ayrim 
kimyoviy moddalarni toksik holatga olib keladi va DNK ga zarar yetkazadi. 
Masalan, saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi holat.
Ichak mikrobiomasi. Reduktiv reaktsiyalar uchun kislorod miqdori kam 
bo‘lgan muhit afzal bo‘lganligi bois bu jarayon jigarda kamdan-kam hollarda 
uchraydi, chunki jigar-ga doimiy ravishda kislorod bilan to‘yingan qon borib 
turadi. Bundan farqli ravishda inson oshqozon-ichak yo‘lining quyi qismlarida 
kislorod hajmi ancha past darajada bo‘lib, bu anaerobik mikroorganizmlarining 
ko‘payishiga olib keladi va natijada yangi reduktiv bio-o‘zgarishlar kelib chiqadi.
An’anaviy tarzdagi mikro-biologiya usullaridan foydalangan holda ovqat 
hazm qilish yo‘lining quyi qismidagi bakteriyalar ko‘payishini qayd etish jarayoni 
bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, biroq muayyan bakteriyalarni aniqlash 
bo‘yiсha molekulyar usullarning mavjudligi “ichakdagi mikrobioma” bo‘yiсha
tadqiqot izlanish ishlarini olib borilishini yengillashtiradi. Axlat tahliliga ko‘ra, 
inson organizmidan ahlat chiqish yo‘lida 200 atrofida bakteriyalar turi mavjud. 
Garchan ichak mikrobiomasi inson bilan bog‘liq dori moddalar almashinuvi 
metabolizmida kam ahamiyat kasb etsada, uning farmakologiya sohasidagi ba’zi 
dori vositalari hususiyatlarinini aniqlanishida katta ahamiyatga ega.
Melamin ofati. Melamin laminat, qoplamalar, plastik va oshxona idish-
tovoqlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi. 2007-2008-yillarda melamin bir qator 
hayot uchun havfli bo‘lgan buyrak jarohati holatiga sabab bo‘lgan va bundan 
insonlar va hayvonlar aziyat chekkanlar. Oziq-ovqat mahsulotlari va bolalar 
ozuqasi orqali ziyon yetib borgan. So‘nggi ofat taxminan 249000 xitoy 
go‘daklariga ziyon yetkazdi va go‘daklarning 50000 dan ziyodi kasalhonalarga 


68 
yotqizildi va 6 holat o‘lim bilan yakunlandi. Bu ofatning omili qalbakilashtirilgan 
ozuqa bo‘lib, ular tashxis qilinganda melamin aralashmasi aniqlangan, bunga 
sabab melamin aralashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarida oqsil moddasining 
ko‘rsatkichi asliga nisbatan yuqori chiqishidir. Bundan xabardor bo‘lgan ba’zi 
noinsof ishlab chiqaruvchilar sifati past bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini yuqori 
narxda pullaganlar. Bu patologik holatga zaif go‘daklar organizmi dosh bera 
olmagan. 
Buyrak faoliyati unchalik yaxshi bo‘lmagan kishilarda melamin buyrak va 
qovuq (siydik yoli) da “tosh” cho‘kmasi paydo bo‘lishiga olib keladi. Melamin va 
kyanurik kislota orasidagi kuchli bog‘lanish oqibatida buyrakda katta miqdorda 
kristal chokmalar paydo bo‘ladi.
14
Kalamushlarda o‘tkazilgan tajribada 4 kun 
davomida antibiotiklar yordamida muolaja olib borilgan va natijada ichak 
bakteriyasi ahamiyati o‘z tasdig‘ini topgan. Boshqa toksik holatlarda ham ichak 
mikrobiomasining ahamiyatini belgilashda tadqiqot ma’lum bir qulayliklarni 
yaratib berdi.
2. Oksidlashgan metabolism. Metabolik o‘zgarishlarning ikkinchi o‘ta 
muhim sinflaridan biri bu oksidlanish reaktsiyalaridir. Bunday molekulyar 
o‘zgarishlar organik kimyogarlarga yaxhi tanish bo‘lib, kaliy permanganat yoki 
osmiyum tetroksit kabi organik moddalar sinov naychasida oksidlovchi modda 
bilan aralashtirilib reaktsiyaga kirishtiriladi. Tanada bunday oksidlash reaktsiyalari 
fermentlar orqali katalizatorlashtiriladi va odatda kislorod tanaga begona 
hisoblangan moddaga qoshiladi, masalan, gidroksil guruhini benzolga qo‘shilishi 
orqali fenol shakllantiriladi Shu bilan bir qatorda oksidlanish jarayoni molekuladan 
vodorod atomini chiqarib tashlash orqali ham yuzaga kelishi mumkin, masalan 
spirtli ichimliklardagi etanol atsetaldegidga aylantirilganida. Organizmda kseno-
biotiklarning oksidlanishida muhim katalizator tsitroxroma P450 fermenti hisob-
lanadi, ehtimol bu biologiya sohasida eng ko‘p o‘rganilgan oqsillar guruhidir. 
3. Konyugativ metabolism. Oksidlanish reaktsiyasiga qo‘shimcha ravishda 
14
Zheng X, et al. Melamine-induced renal toxicity is mediated by the gut microbiota. Ski Transl Med. 2013;5(172):172ra22.


69 
ushbu reaktsiyaga bog‘liq bo‘lgan zaharli ksenobiotiklar soni nuqtai-nazaridan 
konyugativ reaktsiyalar toksikologiya sohasida katta ahamiyatga ega (3.6-b rasm). 
Tashqi kimyoviy moddalar bilan buyrakda allaqachon mavjud bo‘lgan gidrofil 
moddalarining o‘zaro kimyoviy reaktsiyaga kirishishi oqibatida metabolitlarning 
turli sinflari yuzaga keladi, bular konyugatlar deb nomlanadi. Birinchi marotaba 
bunday reaktsiya 1824-yil nemis tadqiqotchisi Fridrix Voxler tomonidan olib 
borilib oydinlash-tirilgan, bunda tadqiqotchi benzoy kislotasini itlarga yuborilgan 
va ularning peshobidan gippurik kislotasini olgan (glitsin bilan konyugat). 
Ko‘plab tashqi muhitdan kirib keluvchi kimyoviy moddalar konyugativ 
yo‘llar bilan metobollashtirilgan bir paytda boshqa bir kimyoviy moddalar tanaga 
kirishdan oldin oksidlovchi metabolizm holatini talab etadi. Ahamiyat bersangiz
ko‘pgina konyugativ usullar nafaqat tashqaridan kirib keluvchi kimyoviy moddalar 
metobollashuvida ishtirok etadi, balki shuningdek, ular ko‘plab endobiotiklarni 
ham metobollashtiradi. Ko‘p hollarda genlardagi nasliy kamchiliklar, ya’ni 
defektlar turli darajadagi klinik sindromlar bilan bog‘liq bo‘lib bu asosiy 
endogenlarning metabolizmdagi o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Glyukuronidlashuv. Insonlarda konyugativ transformatsiya’ning eng ko‘p 
uchrab turuvchi turi o‘z ichiga glyukuronidlashuv reaktsiyasini oladi, bunda 
fermentlar guruhi ta’siri bo‘lib, ular glyukuronoziltransferazlar deb ataladi. 
Biokimyo sohasida bu nom uning dastlabki vazifasidan kelib chiqgan holda 
berilgan.
Glyukuronoziltransferazlar glyukuron kislotasi guruhini jigardagi “kofak-
tor” dan nukleofil kimyoviy moddasiga o‘tkazib glyukuronid konyugatni shakl-
lantiradi. Bu reaktsiya nukleofillik tiklash reaktsiyalariga o‘xshash. Bu ferment 
katalizatorlari odatda UGT yoki UDP glyukuronoziltransferazlar deb qisqartma 
shaklda beriladi.
Jigar hujayralari ichidagi UGT oqsillari odatda (istisno holatlar ham mavjud) 
lipidlarga boy bo‘lgan endoplazmik retikulum ichida joylashgan. Shuningdek 
endoplazmik retikulumda CYP fermentlar ham joylashgan. 
Endoplazmik retikulum kichik konveyer kamari kabi lipofillik kseno-


70 
biotiklarni CYP oqsillarini katalitik bo‘limga yetkazilishi vazifasini bajaradi. Bu 
bo‘lim UGT fermentlarni substratlar bilan ta'minlanishini kafolatlaydi. Substrat 
odatda lipofillik bo‘lib kislorod, oltingugurt yoki azot atomi kabi tarkiblarga 
ega. Bunday substratlar aglykonlar deb nomlanadi. 
Sulfatlashuv. Sulfatlashuv konyugativ reaktsiyalarning muhim guruhi 
sanalib sulfonat guruhini (SO
3
) kofaktordan (PAPS – 3′-fosfoadenozin -5′-
fosfosulfat) nukliofillik ksenobiotikga o‘tkazadi. Ko‘p hollarda bu reaktsiya 
substratlar sulfatlashuvi jarayonida yuzaga keluvchi sulfat guruhlarini shakllanishi 
sababli sulfatlashuv yo‘llari deb ataladi. Biroq bunday atash maqsadga muvofiq 
emas, chunki sulfatlashuv, shuningdek, azotdan iborat bo‘lgan substratlar bilan 
ham yuz beradi.
Bu reaktsiyalar sulfotransferazlar (SULT) tomonidan katalizatorlashtiriladi. 
Turli hil fermentlar guruhi oshqozon-ichak yo‘li, jigar, buyrak, trombotsitlar va 
miyada uchraydi. Biotransformatsiyaning boshqa genlaridan farqli o‘laroq SULT-
genlari homila to‘qimalarida uchraydi. 50 dan ziyod SULT-genlari inson genomida 
mavjud bo‘lib, ular 10 asosiy guruhga bo‘linadi (3.1-jadval). 
SULT fermentlar deyarli sitozolik hujayralarda mavjud bo‘lib, bunday 
reaktsiya mahsulotlari odatda suvda yaxshi eruvchanlik hususiyatiga ega. Minglab 
ksenobiotiklarni metobollashtirishdan tashqari, SULT lar, shuningdek, muhim 
hisoblangan endobiotiklarni ham qayta shakllantiradi, ya’ni dopamine va o‘t 
kislotalarining suvda eruvchan shakllari yuzaga keladi. 
3.1-jadval

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling