O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Vdist (L) = yuborilayotgan doza (mg)
qon konsentratsiyasi (mg/l) Tanadagi ksenobiotiklarning umumiy hajmini qonga yetib borgan konsentratsiya bilan bog‘lagan holda ba’zida Vdist kimyoviy moddaning aralashmasi omili hisoblanadi (3.5-rasm). 3.5-rasm. Taqsimlanish hajmi (Vdist) organizmga so‘rilgan toksik moddalarning taqsimlanish hajmini ifoda etadi. Aniq ko‘rsatish maqsadida tana faqatgina qon tomir va qon tomirdan holi bo‘lgan bo‘limdan iboratdek ko‘rsatilgan. Intensivlik holati rangning to‘qlashib borishi bilan ifoda etilgan (kalitga qarang). A bo‘limda past hajmdagi ksenobiotik qon plazmalari oqsiliga katta ta’sir ko‘rsatadi va shuning uchun asosan qon tomirida qoladi. Boshqa katakda buning aksini ya’ni 64 to‘qimada qolish holatini kuzatamiz (c). Ko‘pgina kimyoviy moddalar oraliqda qoladi, ya’ni ma’lum bir miqdorda to‘qimaga singadi va ma’lum bir darajada plazmada kontsentratsiyani saqlab qoladi (b bo‘lim). Farmatsevtik vositalarni kishilarga qo‘llanganda Vdist katta ahamiyat kasb etadi, chunki qon tomiri orqali dori vositasi yuborilganda plazmadagi (vaqt=0 yoki “T 0 ”) aniq boshlang‘ich kontsentratsiya ma’lum bo‘ladi va dori vositasining singishida muammolar yuzaga kelmaydi yoki oshqozon-ichak va jigarda metabolism holati kuzatilmaydi. Vdist litr hajmda ma’lumot beradi va qon hajmini ko‘rsatib beradi. Vdist shuningdek atrof-muhitga toksik va kimyoviy moddalarning biologik jihatdan singib borish havfini baholashda ahamiyatga ega. Bunda tajriba insonlarda emas, laboratoriya sharoitida jonzotlarda o‘tkaziladi. Umuman olganda kishilar va jonzotlarda ham tana vazni, eng uzun umr ko‘rish darajasi kabi omillarni hisobga olgan holda toksik-kinetik baxo beriladi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling