O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Тashuvchilar va ichakda ksenobiotiklarning so‘rilishi


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127
 
Тashuvchilar va ichakda ksenobiotiklarning so‘rilishi. Klinik farma-
kologiyada ichakda ksenobiotiklarning so‘rilishi ilmiy e’tiborga molik bo‘lib, bu 
jarayon dori vositalarining og‘iz boshlig‘i orqali kirishidagi biomavjudlik holatiga 
ta’sir etadi. Og‘iz boshlig‘i orqali kirib borgan dori vositasi bosqichma-bosqich 
qon aylanish tizimiga yetib boradi. CYP3A4 izoformasi ichak devorlarida mavjud 
bo‘lib, organizmni tashqi muhitdan kirib kelayotgan ko‘plab kimyoviy 
moddalardan himoya qiladi.
Oqsil moddalari ham turg‘un hisoblanib ko‘krak bezlariga resistentlikni 
namoyon etadi. Tadqiqotchilar bu oqsil moddalarini o‘simta hujayralarini 


82 
kimyoviy muolajada qo‘llaniladigan dori vositalaridan himoyachisi ekanligini 
aniqladilar, keyinchalik esa uning oshqozon-ichak yo‘lida turli ksenobiotiklarning 
so‘rilishiga ham kuchli ta’sirini aniqlandi. Oqsillar 1280 aminokislotalardan 
tashkil topgan. 
 
Nazorat savollari 
 
 
1. Toksikokinetika deganda nimani tushunasiz? 
2. Organizmda kimyoviy moddalarning namoyon bo‘lishini tushuntiring. 
3. ADME qisqartmasi nimani anglatadi? 
4. Kimyoviy moddalarning organizmda singishi qanday ro‘y beradi? 
5. Organizmga singib kirgan kimyoviy moddalarning qanday sifatlari bor? 
6. Singib kirishni oldindan bashorat qilish mumkummi? 
7. Kimyoviy moddalarning qon orqali yuqushi qanday sodir bo‘ladi? 
8. Molekulalar tana to‘qimalarida to‘planishini izohlang. 
9. Dori vositalarining organizmda tarqalishi va sezuvchanligi nima? 
10. Metabolizm haqida tushuncha bering. 
 
4-BOB 
TOKSIKODINAMIKA 
KIMYOVIY MODDALARNING HUJAYRALARGA
SALBIY TA’SIRI 
Bir necha o‘nlab yoki kamroq atomlarni o‘z ichiga olgan kichik molekula-
larning minglab metabolit, genlar, oqsillar va o‘zaro bog‘langan signalizatsiya 
tarmoqlarini qamrab oladigan murakkab tirik hujayralarga doimiy ziyon 
etkazishini tushunish zamonaviy toksikologiyaning asosiy muammolaridan biridir. 
Toksikologlarning uzoq hujayralarni o‘limida morfologik o‘zgarishlarni kuzatish 
ta’riflariga cheklanishlar qilingan bo‘lsa-da, kimyo va molekulyar biologiya 


83 
zamonaviy o‘zgarishlar zaharlilikning yangi mexanistik eshigini ochdi. 
Ushbu bo‘limda toksikologik xususiyatlariga ta’sir qiluvchi reaktiv 
metabolitlarning asosiy xususiyatlari, shuningdek, adulyatsiyaning hosil bo‘lishi, 
kaltsiy dimgomeostaz, oksidativ stress, lipid peroksidatsiyasi, apoptoz va kinaz 
aktivatsiyasini o‘z ichiga olgan to‘qimalarda reaktiv metabolit hosil bo‘lishining 
asosiy zararli oqibatlari bilan tanishasiz. 
Toksikokinetika organizmdagi kimyoviy moddalarni, toksikodinamika esa 
kimyoviy moddalar qay tarzda to‘qimalarga zarar yetkazishini o‘rganadi. Bu 
muammo mexanik toksikologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bugungi 
kun ilm-fanining jadal ravishda o‘sib borayotgan biologiya va bio-tibbiyot 
sohalarini kimyoviy moddalar bilan bog‘liq ko‘plab manbalar bilan boyitdi. 
Shuningdek, zamonaviy toksikologiya kimyoviy moddalarning molekulyar 
asosini tushunib yetish maqsadida bir qator yangi texnologiyalarni ham qamrab 
oladi. Ushbu bo‘lim toksik moddalar qay tarzda tirik to‘qimalarga ziyon yetka-
zishi hususida fikr yuritadi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling