O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   127
3.8-rasm. Normal vaziyatda bir substratga bo‘lgan ta’sir katalizatorga yo‘lni hech 
bir to‘siqsiz ochib beradi (A), bir-biriga yod bo‘lgan moddalarning o‘zaro 
toksikologik jihatdan bog‘liqlik holati ko‘p hollarda tuzilish jihatdan o‘xshash 
bo‘lgan molekulalarni bir-biriga nisbatan raqobatlashuviga olib keladi (B), 
kamdan-kam hollarda toksik modda faol markazda o‘zgarish sodir etadi (C).
3. Induktsiya. Jigar faoliyati va to‘qimalarning ksenobiotiklar metaboliz-
miga bo‘lgan layoqati ovqatlanish, yosh chekish va dori vositalarning ta’siri ostida 
o‘zgaradi. Molekulyar jihatdan ksenobiotiklarning uzoq muddatli ta’siri jigar 
fermentlari darajasini oshiradi, bu holat induktsiya holati deb ataladi 


77 
4. Polimorfızmlar.Ksenobiotik bio-o‘zgarish turlarining genetik hilma-
hilligi dori vositalari va boshqa ksenobiotiklarning toksikokinetik jihatlaridagi 
o‘zaro hilma-hillikning asosiy sababidir. Gendagi aynan ma’lum bir aminokislota-
larda farqlanuvchi ksenobiotik metabolizm fermentlarining genotipik tafovutlari 
shaxsning toksik moddalarga bo‘lgan sezuvchanlik holatini o‘zgarishiga olib 
keladi. Bunday holatlarni o‘rganuvchi toksikologiyaning bo‘limi toksikogenetika 
yoki toksikogenomika deb ataladi. Bu bo‘limlar genlarning toksikologik jihatini 
ahamiyatli ravishda keng ko‘lamda o‘rganadi. Butun dunyoning 1% dan ortiq 
aholisida uchrovchi ksenobiotik bio-o‘zgarishlardagi genetik tafovutlarni o‘rga-
nadi. Genom DNK si ketma-ketligidagi bir nukleotid almashinuv polimorfızm-
larning keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Ketma-ketlikning boshqa tafovutlari 
deoksinukleotidil, genning tafovut nusxalari (masalan, takrorlanish) va genlar 
konversiyasi (masalan, xromosomalar rekombinatsiyasi orqali) ni o‘z ichiga oladi. 
Polimorfızmlarning fenotipik ta’siri gen va gendagi mutatsiyaga uchragan 
gen mahsulotiga bog‘liq: ba’zi polimorfızmlar ferment faoliyatiga minimal ta’sit 
etadi, boshqalari esa butunlay funktsional bo‘lmagan oqsil mahsulotlarini keltirib 
chiqaradi. Bunday tafovutli holatlar muayyan ksenobiotiklarning metabolik 
taqdirini ahamiyatli ravishda o‘zgartirib yuborishi mumkin. Polimorfızmlar
toksikogenetikaning deyarli barcha sohalarida ishtirok etuvchi genlarda aniqlandi, 
tashuvchi ksenobiotiklardan tortib, metabolizm jarayonida ishtirok etuvchi fer-
ment katalizatorlarigacha, shuningdek, glyukuronidlashuv, sulfatlashuv va
atsetatlashuvda. Yuzlab tadqiqot ishlari N-atsetllashuv va glutatyon konyugatsiya 
bo‘yicha olib borildi. 
Tarixdan asosiy e’tibor CYP2D6 polimorfızmlarga qaratilgani ma’lum, 
bunga sabab yurak-qon tomir kasalliklari dori vositasi debrizoksin va spartainlarga 
nisbatan bo‘lgan talab. Debrizoksinning singimaslik holati polimorfızmlarga 
bog‘liq bo‘lib, bemorlar etnik kelib chiqishiga ko‘ra quyi-guruhlarga ajratildi. 
Masalan 5-10% Kavkazliklarda metobollashuv-singish yaxshi kechmaydi, osiyo 
aholisi orasida esa kasallik 1% tashkil etadi. Shu yosinda CYP2D6 genida 110 dan 
ziyod polimorfızmlar topildi. Aynan bir xromosomada mavjud genetik varyantlar 


78 
allelle deyiladi. 
Keng ko‘lamdagi CYP2D6 allellelarning topilishi kishilarni aniq fenotipik 
guruhlarga ajratish imkonini berdi. Ayni paytda 3 guruh mavjud bo‘lib bular 
yomon singuvchi, normal singuvchi, ultra-singuvchidir. Yomon singuvchi 
guruhiga mansub kishilar ko‘pincha G → A o‘tish , mutatsiya jarayonida bo‘ladi 
va hech qanday oqsil moddasi ishlab chiqarilmaydi. Ultra-singuvchi guruh fenotipi 
genlarning takrorlanishi natijasida ro‘y beradi, shuni aytib o‘tish joizki bir necha 
shved oila vakillarida CYP2D6 genining 13 marotaba qaytarilishi kuzatilgan. 
So‘nggi yillarda AQShda o‘tkazilgan keng ko‘lamdagi izlanish ishlari ultra-singish 
genotipini aholining 1,5% da aniqladi. Bunday holatlarni o‘rganish bemorlarning 
saraton o‘simtasiga qarshi qo‘llaniladigan dori vositasi tamoksifenning toksiklik 
darajasini iloji boricha kamaytirish imkonini beradi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling