O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
3.5. Ajralib chiqish (Ekskretsiya) Lipofil ksenobiotiklar tuzilishining o‘zgarishi ularni biroz muddatga organizmda yig‘ilishiga olib keladi, biroq har qanday modda singigan yoki singimagan moddalar organizmdan ajralib chiqib ketadi. Bu organizmdan ajralib chiqib ketish jarayoni har qanday kimyoviy moddaning so‘nggi bosqichi bo‘lib, muhim hisoblanadi. Odatda bu jarayon buyrak yoki jigar orqali ro‘y beradi. Ba’zi hollarda bu jarayon o‘pka orqali ham ro‘y beradi va bunda asosan alkogol, ko‘krak suti va hatto ter kabi moddalar o‘pka orqali ajralib chiqadi. Asosan olganda kimyoviy moddalar siydik orqali chiqib ketadi. 1. Safro yoki siydik? Ksenobiotiklar safro yoki siydik orqali tashqariga chiqishini ko‘rsatib beruvchi omillar tadqiqotchilarni uzoq yillardan beri qiziqtirib kelmoqda. 1975-yil London shahrining St Mary’s shifohasida o‘tkazilgan tadqiqot ishida kseno-biotiklarning ajralib chiqish holatlari kalamushlarda o‘rganildi. Tadqiqot moddalar molekylayar vazniga qarab siydik yoki safro orqali chiqishi aniqlandi. Vazn bo‘yicha uch guruhga ajratilib, birinchi guruh 350 gr va undan kam bo‘lgan molekulalarni ajralib olib chiqib ketish siydik orqali roy beradi. 79 Ikkinchi guruh molekulalari 450 dan 850 gr gacha vazndan iborat bo‘lib, safro orqali ajralib chiqadi. Ksenobiotiklarning uchinchi guruhi o‘rtacha vazndagi molekulalardan tashkil topgan bo‘lib, ham safro ham siydik orqali ajralib chiqadi. So‘nggi tadqiqot ishlari ksenobiotik organik kislota ekanligini ko‘rsatdi. Katta hajmga ega bo‘lmagan gidrofil molekulalar asosan buyrak orqali ajralib chiqadi. Yirik amfipatik moddalar asosan safro orqali ajralib chiqib ketadi. Ko‘p yillar davomida bu kabi jarayonlar noma’lum edi, biroq zamonaviy molekulyar biologiya va ksenobiotiklarning to‘qimalarda ajralib chiqib ketish jarayonlarini o‘rganish bunga ancha aniqlik kiritdi. 2. Buyrak ekskretsiyasi. Mayda shakldagi suvda eruvchan bo‘lgan kseno- biotik moddalar o‘z ichiga bio-o‘zgarish vaqtida paydo bo‘luvchi millionlab nefronlarni olib, har bir yoshi katta kishining buyragida bo‘ladi. Nefronlar kimyoviy moddalarga nisbatan juda sezuvchan bo‘lib, bunday juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tuzilmalar faqat prenatal davrda, homila rivojlanishi davomida shaklllanadi. Shikastlangan nefronlar umrning ohirgi bosqichlarida tiklanmaydi. Bunday muhim ttizimlar doimiy ravishda faoliyat yuritib tanadagi qon har bir 4-5 daqiqada buyrak orqali aylanib turadi. Buyrakning asosiy funktsional birligi nefron filtr sifatida harakat qilib aylanayotgan qon tizimida to‘qima va oqsillarni ushlatib turadi. Siydik hosil bo‘lish jarayoni murakkab jarayon bo‘lib, organizmda hosil bo‘lgan chiqindi moddalar siydik pufagi orqali ajralib chiqib ketadi (3.9-rasm). Buyrak orqali zarali moddalarning chiqib ketishi uch asosiy jarayon orqali nazorat etiladi. Ksenobiotiklarning ko‘p qismi katta miqdordagi oqsil toksinlarini filtirlab, nefron bu moddalar bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi, bunga sabab ksenobiotiklar qon aylanish harakati tufayli buyrakga kelib tushadi. Ikkinchi mehanizm buyrak orqali ajralib chiqishda ko‘maklashib proksimal kanallarida sodir bo‘ladi. Uchinchi mehanizmda lipofil, ionsiz kimyoviy moddalar filtrlanib yana qon aylanish tizimi orqali passiv ravishda qayta so‘riladi. Bu ayniqsa, distal kanallarida namoyon bo‘ladi (rasm.3.9). Passiv qayta so‘rilish (riabsorbtsiya) suyuqlik hajmining keskin qisqarib ketishidan yuzaga keladi. Sog‘lom buyrakda 80 har 100 ml qon miqdoriga bir oz siydik tog‘ri keladi. Agar kimyoviy modda yetarli ravishda lipofil bo‘lsa va ion zaryadiga ega bo‘lmasa, umumiy sirkulyatsiyaga tushadi. Bunday kimyoviy moddalar jigar orqali chiqib ketadi, bunda konversiya va gidrofillik metabolit holatlari jarayonni yengillashtiradi. 3. Safro. Ksenobiotiklarning organizmdan chiqishida buyrak juda muhim ro‘l o‘ynaydi. Jigar ham o‘z navbatida muhim ahamiyat kasb etib safro yordamida kimyoviy moddalarni organizmdan chiqishiga olib keladi. Bunda toksik moddalar safro tarzida ichak orqali og‘iz boshlig‘dan tashqariga chiqib ketadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling