O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Tog‘ridan-tog‘ri harakat yoki metabolizmga
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
4.1. Tog‘ridan-tog‘ri harakat yoki metabolizmga bog‘liq bo‘lgan harakat Har qanday kimyoviy moddaning ta’siri ostida kelib chiqgan toksik sindromni tushunib yetish uchun tadqiqotchlar toksik moddaning kimyoviy shaklini o‘rganishlari lozim. Kimyoviy moddaning qay darajada zaharli ekanligi, moddaning organizmga kirguncha bo‘lgan toksik holati yoki organizmda fermentlar ta’siri ostida toksik holatiga kelishi aniqlanadi (4.1-rasm). Birinchi holatda tog‘ridan-tog‘ri harakat etuvchi kimyoviy moddalar odatda hujayra yoki to‘qimadagi muayyan bir oqsil moddalar bilan aloqaga kirishib natijada to‘qima va hujayralarga zarar yetkazadi. Bu jarayonda metabolizm hech qanday rol o‘ynamaydi yoki uning roli ahamiyatsiz ravishda bo‘ladi, bunga sabab birlamchi molekula bevosita hujayraning faoliyatini buzilishiga olib keladi. 84 1. Retseptorlar va dori vositalariga nisbatan javoban reaksiyalar. Ko‘plab tog‘ridan-tog‘ri harakat etuvchi toksinlarning ta’siri bugungi kun farmakologiya sohasidagi retseptor tushunchasi bilan bog‘liq. O‘n to‘qqizinchi asr oxirlarida nemis tadqiqotchisi Pol Erlih (1854-1915) to‘qimalar “Yon zanjirlar”ga ega yoki retseptorlar infektsiyon patogenlardan ajralib chiquvchi toksinlar nishoni ostida deb taxmin qilgan. Jon Langli (1852-1925), 1905 yilda dori vositalari, shuningdek, tanadagi retseptorlar bilan o‘zaro aloqaga kirishadi deb fikr bildirgan. 4.1-rasm. Bir qator kimyoviy tarzda zaharlanish sindromlari kimyoviy moddalar- ning tog‘ridan-tog‘ri nishonga olingan retseptorlar bilan aloqasi (1) yoki toksik metabolitlarni jalb etgan holda bio-faollashuv (2) deb ataluvchi jarayondagi ksenobiotiklarning fermentativ qayta ishlash yoli bilan namoyon bo‘ladi. Dastlab bu fikr qarshilikka uchradi, biroq XX asrning o‘rtalariga kelib Brita- niyalik farmakologlar Klark va Gaddum bu nazariyani yanada mustahkamladilar. Ular matematik namunalar orqali ma’lum bir dori vositalarining farmakologik tafovutlarini ko‘rsatib berdilar. 1970-yillarda hayvonlar to‘qimasida olib borilgan tajriba orqali ko‘rsatib berilgan oqsil retseptorlari nazariyaga nisbatan bo‘lgan ishonchsizlikni batamom yo‘qotdi. 85 Nazariyada ta’kidlanishicha dori vositalari va ularning ichki hujayra membranalari retseptorlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik retseptorlar tuzilishida o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Retseptorlar hujayra faoliyatini o‘zgartirishi natija- sida fiziologik reatsiyalar kelib chiqadi. Retseptorlarga oid nazariya, shuningdek, qarshi harakat qiluvchi (antogonik) va tabiatda uchraydigan ligandlar va neyrotransmitterlar ta’siriga to‘sqinlik qiluvchi dori vositalari ta’sirini ifoda etib berdi: faoliyatni to‘xtatib qoyuvchi molekulalar oqsil ichidagi muhim domenlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 4.1-jadvalda bunday tog‘ridan-tog‘ri harakat qiluvchi toksik moddalarning bir necha turi va ular yuzaga keltiruvchi toksik sindromlar ko‘rsatilgan. Berilgan ro‘yhat kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi. 4.1-jadval Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling