O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


-rasm. Turli kimyoviy moddalarning biofaollashuvi kimyoviy jihatdan  barqarorlik va toksiklik darajasini T 1/2


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   127
4.2-rasm. Turli kimyoviy moddalarning biofaollashuvi kimyoviy jihatdan 
barqarorlik va toksiklik darajasini T
1/2
belgilanishi bilan farqlanuvchi metobo-
litlarni keltirib chiqaradi. 
Odatda agar barqaror metabolit CYP450 katalitik tsikl davrida shakllansa
u holda u zudlik bilan fermentdan tarqalib, natijada hujayradan chiqib ketadi. 


88 
Reaktiv biofaollashuv mahsulaotlari uchun bunday holat kamida 4 hil ko‘rinishda 
bo‘lishi mumkin. 4.3-rasmda ko‘rsatilgandek, ba’zi metabolitlar juda qisqa vaqt 
mobaynida mavjud bo‘ladi (masalan, mikrosoniya diapozonida). Yana bir boshqa 
holat yuzaga kelaishi mumkin, agar reaktiv metabolit yetarlicha barqaror bo‘lib 
CYP katalitik kameradan chiqib ketsa, lekin o‘zi shakllangan hujayradan chiqib 
keta olmasa (holat 2, 4.3-rasm). 
Bunday natijalar kamdan-kam uchraydi, chunku jigar hujayralari juda 
kichik. Bu holatdan kelib chiqgan holda shuni aytish mumkinki, uzoq muddat 
mavjud bo‘luvchi reaktiv metabolitlar fermentativ muhitni oldini olish maqsadida 
odatda hatto qisqa vaqt mobaynida bir necha hujayra diametrlaridan o‘tadi.
16
Bir 
necha soniya yoki undan ortiqroq bo‘lgan vaqt mobaynida parchalanish davriga 
ega bo‘lgan reaktiv metabolitlar aynan bir organdagi qo‘shni hujayralarga ham 
zarar yetkizishi mumkin (holat 3, 4.3-rasm). Bu holat keng tarqalgan va ko‘p 
organlar turli hujayralardan tashkil topganligini anglatadi, bunday turli hujayralar 
ksenobiotiklarni qayta ishlab chiqarish yoki reaktiv metabolitlarni zararsiz-
lantirishdagi qobiliyatlari bilan farqlanadi.
Yana bir klassik misolni keltiradigan bo‘lsak, vinil xlorid sabab yuzaga 
keluvchi jigar angiosarkomasi. Jigar hujayralarida vinil xlorid reaktiv metabolitga 
aylanib juda zaif bo‘lgan jigar qon tomirlari ichidagi qo‘shni endotelial hujay-
ralarni zararlaydi. Yana bir keng tarqalgan holatda reaktiv metabolitlar bir necha 
daqiqa yoki undan ko‘p vaqt davrida o‘zi shakillangan organdan chiqib 
ketgungacha mavjud bo‘ladi (4-holat, 4.3-rasm).
Qon aylanish tizimiga qo‘shilgan metabolitlar butun tana bo‘ylab harakat 
qilib boshqa to‘qimalarga ham zarar yetkazadi. Bu holat chekish bilan bog‘liq 
bo‘lgan saraton kasalligida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tamaki tutunidagi 
kimyoviy moddalar reaktiv metabolitlarga qadar butun tana bo‘ylab so‘rilgunga 
qadar o‘pka yoki jigarda biofaollashishi mumkin. O‘pka saratoniga qo‘shimcha 
tarzda tamaki chekuvchilar periferik organlar, ya’ni oshqozon osti bezi, buyrak va 
16
Leung L et al. Metabolik aktivation in drug-induked liver injury. Drug Metab Rev. 2012; 44:18–33. 


89 
qoviq saratoni kasalligiga duchor bo‘lishlari mumkin.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling