O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   127
metabolomika deb ataladi.
To‘qimalar va biosuyuqliklardagi metabolit kontsentratsiyasini o‘zgarishi
inson tanasining ozuqlanishi yoki hastalik holatida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Umuman olganda 1500 metabolitlar to‘qimalardagi muhim biologik jarayonlarda 
ishtirok etadi, yangi metabolitlarning yuzaga kelishi yangi qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi. Bunday hollarda laboratoriyalarda yangi uslublardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir, biroq ma’lumotlar bazasining ahamiyati muammolarni 
yechimini topishda yetakchi rol o‘ynaydi. 
 
Nazorat savollari 
1. Toksikodinamika deganda nimani tushunasiz? 
2. Kimyoviy moddalar hujayralarga qanday salbiy ta’sir qiladi? 
3. To‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat yoki metabolizmga bog‘liq bo‘lgan harakat
deb nimaga aytiladi? 
4. Retseptorlar va dori vositalariga nisbatan javoban reaktsiyalar. 
5. Metabolizmga bog‘liq bo‘lgan toksik holatni kelib chiqish sabablarini 
tushuntirib bering. 
6. Metabolit bilan bog‘liq oraliq toksiklik holatini aniqlovchi qanday
omillar mavjud? 
7. Metabolit barqarorlik deganda nimani tushunasiz? 
8. Reaktiv metabolitlar hujayralarga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatadilar? 


108 
9. Mexanik toksikologiya haqida tushuncha bering. “Omiks” davri nima? 
10. Transkriptom, proteom, metabolom va toksiklik holati o‘rtasida 
qanday bog‘liqliklar bo‘ladi?
 
5-BOB 
QARSHI KURASH – ZAHARLANISHGA MOSLASHUV 
 
Tinchlantiruvchi barbiturat preparatlarining keng qo‘llanilishi olimlarga bu 
preparatlardagi g‘ayriodatiy bir xususiyatni aniqlashlariga yordam berdi: bu 
preparatlar qayta-qayta qo‘llanganda, ta’sir ko‘rsatishi keskin pasayib, ilk marta 
qo‘llanganidagi ta’sir darajasiga erishish uchun preparat dozasini oshirib borish 
zarur bo‘lardi. Bunday jismoniy chidamlilik olimlarni enzim qo‘llashni tatbiq 
etishga undadi: uzoq davom etadigan zaharlanish holatida jigar va boshqa 
to‘qimalar enzimlar ta’sirini kuchaytiradi; bu enzimlar ksenobiotiklarni suvda 
eriydigan metabolitlarga hamda metabolitlarni peshob va jigar suyuqligi orqali 
organizmdan chiqarib yuboruvchi membrana tashuvchilariga aylantiradi.
Bu jarayonda ksenosensorlar harakati aks etadi, ya’ni ikki funksiyali oqsil 
tanachalari organizmga kirgan ksenobiotiklarni aniqlab, organizmni ulardan 
tozalashga qaratilgan keng transkriptsion qarshi reaksiyalarni ishga tushiradi. 
Bunday moslashuvga xos o‘zgarishlar ksenobiotiklarning toksikokinetik ta’sirini 
o‘zgartirish orqali organizmni himoya qilishi chog‘ida, hujayraosti qatlamda 
to‘qimalarni reaktiv metabolitlardan himoya qilishga yo‘nalgan transkriptsion 
o‘zgarishlar boradi. Elektrofillar yetkazgan hujayra yoki oqsildagi shikastlanishni 
aniqlash mobaynida, hujayralar ksenobiotiklarning toksikodinamik ta’sirini 
bostirish uchun turli yo‘llar bilan transkriptsion reaksiyalarni kuchaytiradi (issiqlik 
shoki ta’siri, antioksidant ta’sir, donador bo‘lmagan oqsillar ko‘rsatadigan ta’sir 
va NFkB o‘tkazish yo‘li). 
Organizmga tashqaridan kiradigan toksikantlarni parchalash va hosil bo‘lgan 
metabolitlardan organizmni tozalash qobiliyati sut emizuvchilar organizmi uchun 
hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biroq yaqinda olimlar jigarning ksenobiotiklarni 


109 
detoksikatsiyalash qobiliyati doimiy bir xil emasligini aniqlashdi, ya’ni hujay-
ralardan yot bo‘lgan moddalarni yo‘q qilish uchun jigar hujayralari biotrans-
formatsiya va chiqarib yuborish yo‘llari faoliyatini eng yuqori ko‘rsatkichda 
oshiradi.
Fandagi bunday kashfiyotlardan so‘ng bu hujayralarning yuqoridagi xusu-
siyatlari ortidagi transduksiya mexanizmi hammani qiziqtirib qo‘ydi: qanday qilib 
mitti barbiturat molekulasi oqsillarda ksenobiotiklar bilan kurashish xususiyatini 
hosil qilgan holda tanlov yo‘li bilan yadro genlari reaksiyalarini bunday 
kuchaytirishi mumkin? Bu mavzuda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida, 
ksenobiotiklarga qarshi moslashuv reaksiyalari borishini ta’minlovchi qator 
ksenosensor oqsillar aniqlandi.
Ushbu bobda, dastlab, zaharlanish jarayonining toksikokinetik fazasida bu 
mexanizmlar ksenobiotik metabolizm va membrana tashuvchilari ta’sirini 
kuchaytirish orqali organizmni qanday qilib himoya qilishini bilib olamiz. So‘ng 
esa hujayraosti qatlamda zaharli ksenobiotiklar keltirib chiqargan shikastlovchi 
mexanizmlarga qarshi kurashuvchi toksikodinamik moslashuv reaksiyalari 
haqida ham to‘xtalib o‘tamiz.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling