O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
-BOB ICHKI A’ZOLARGA HUJUM: JIGAR VA BUYRAK
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6-BOB
ICHKI A’ZOLARGA HUJUM: JIGAR VA BUYRAK Bevosita yoki bilvosita qabul qilingan og‘riq qoldiruvchi parasetamolning oshib ketgan dozasi hayotga xavf soluvchi jigar kasalligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, ibuprofen kabi shamollashga qarshi dorilarning haddan tashqari ko‘p iste’mol qilinishi zaif bemorlar (masalan, yoshi uluglar) da buyrak shikast- lanishiga olib keladi. Bu tibbiy xavflardan tashqari, jigar va buyrak atrof-muhitni ifloslantiruvch va mehnat joylaridagi sintetik kimyoviy moddalarning salbiy ta’siriga ham uchraydi. Bu ichki a’zolarga kimyoviy zarar yetkazadigan yana bir omil - oziq-ovqat iste’molidagi zaharlov-chilardir. Jigar va buyrakning ksenobiotik zaharlanishga ta’sirchanligi, zaharlanishga sabab bo‘luvchi bu kimyoviy moddalar nega “saralash a’zosi” ni ko‘rsatadi, degan savolni tug‘diradi. Ushbu bob jigar va buyrakni zaharlnishga qarshi sezgir qiladigan faktorlarni, hamda bu a’zolarning odatiy toksik moddalarga javobi (masalan, steotoz, fibroz, saraton) ni ko‘rib chiqamiz. A’zolar toksikantlari asosida yotuvchi turli mexanizmlar azidotimidin, tetraxlor uglerodi, parasetamol, troglitazon, silindrospermopsin trixloretilen kabi an’anaviy toksikantlar misolida ko‘rsatiladi. Qon aylanish tizimiga so‘rilgach va butun tanaga tarqalgach, bir nechta toksikantlar voyaga yetgan organizmda mavjud bo‘lgan 60 trillion atrofidagi hujayraning har biriga teng zarar yetkazadi: ularning zararli oqibatlari odatda ayrim a’zolarda namoyon bo‘ladi (6.1-rasm). Ushbu bob alohida to‘qimalarda zaharlanishni mahalliylashtirishni nazorat qiladigan asosiy mulohazalarni qamrab oladi, bunda asosiy e’tibor tanadagi peshob ajratish a’zolari bo‘lgan jigar va buyrakka qaratiladi. Bu a’zolar tanla- nishining asosiy sababi, ular boshqa to‘qimalarga nisbatan toksikantlar tahdidiga eng ko‘p uchraydi. Bizning kuzatuvlarimiz, ayrim toksikantlarning peshob ajratish a’zolariga ta’sir qilib, ularning funktsiyasini buzsa (masalan, safroning jigarga yetib bormasligi, buyrakda proksimal quvur funktsiyasining buzilishi), 129 boshqa patologiyalar har qanday to‘qimada zaharlanishni qo‘zg‘atuvchi sifatida namoyon bo‘lishi (masalan, saraton, yallig‘lanish, fibroz) kabilarni ochib beradi. 6.1-rasm. To‘qimalar zararlanishi kuzatilgan holda, ko‘p toksikantlar bir nechta a’zolarga hujim qiladi. Quyida kimyoviy moddalar ta’siriga uchragan a’zolar ko‘rsatilgan. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling