O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Sezuvchanlikka ta’sir qiluvchi omillar
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6.1. Sezuvchanlikka ta’sir qiluvchi omillar Aynan qaysi a’zo kimyoviy toksikant hujumi qurboni bo‘lganligini oldin- dan aniqlash juda mushkul, murakkab biologik tizimda toksikantlikka tekshiruv- larsiz zaharlanishni oldindan bila olish imkoni kamdan-kam uchraydi (masalan, tirik inson yoki hayvonlarda testlar). Turli a’zolardan olingan probirkadagi 130 hujayralar toksikantlik yoki hujayra buzilishi mexanizmlari tekshirishlarida qo‘llanilishidan qat’iy nazar, tabiiy muhitda toksikantlarning aynan qaysi a’zoga ta’sir o‘tkazganini bashorat qilish qiyin masala. 29 Masalan, jigar to‘qimalarining namunalari laboratoriya sharoitida kimyoviy moddalarga nisbatan zaifligi, tabiiy muhitda hamma insonlar yoki hayvonlar jigarlarining so‘zsiz, buyrakka nisbatan shikastlanish ehtimoli katta, degani emas. Birinchidan, ksenobiotikning butun tanada tarqalishi bilan bog‘liq murakkablik, toksikant moljaliga tushgan a’zoni oldindan aniqlashni qiyinlashrtiradi. Ko‘p hollarda, ma’lum a’zolar zarar ko‘radi, chunki toksikokinetik a’zolar ksenobiotiklarning katta miqdori bir joyga to‘planishida xizmat qiladi. Nazariyada, moljalga tushgan to‘qimadagi toksikantlar miqdori, avvalam bor, toksik sindromlarning o‘tkir va surunkaliligini aniqlab beradi; shundan kelib chiqadiki, yuqori faollikni ko‘rsatgan to‘qimalar zaharlanishga beriluvchan bo‘ladi. Kuchli qon oqimini qabul qiladigan a’zo yoki to‘qimalar qon orqali o‘tadigan toksikantlarni o‘zida to‘plashi mumkin. Bularga yaqqol misol tariqasida jigar va buyrakni olishimiz mumkin, chunki peshob chiqarish a’zolari sifatida ular ko‘plab ksenobiotik tashuvchilari bo‘lgan katta miqdordagi qonni qabul qiladi. Tabiiy muhitda toksikantlar nishoniga tushgan a’zoni oldindan taxmin qila olishni murakkablashritadigan yana bir omil – kimyoviy moddalarning metabolik taqdiridir. Toki ksenobiotiklar almashinuvini bashorat qilishda ishtirok etadigan kremniy yoki hisoblash modellari dorishunoslik sanoati va ilmiy laboratoriya- larda takomillashtirish jarayonida ekan, bu yondashuvlar kamdan-kam hollarda organizmda sodir bo‘layotgan ksenobiotiklarning murakkab almashinuvini to‘liq bashorat qilab bera oladi. Ko‘plab ksenobiotiklar jigar yoki boshqa to‘qimalar- ning faoliyati jarayonida o‘nlab turli metabolitlar hosil qiladi. Odatda, bunday metabolitlarning ko‘pchiligida zaharlovchi xususiyati kam bo‘lib, ularning yaratilishi, asosan, ona organizmidan ksenobiotikning yoqolishiga sabab bo‘ladi. 29 Corsini A, Bortolini M. Drug-induced liver injury: the role of drug metobolism and transport. J Klin Pharmacol. 2013;53:463– 74. 131 Shunga qaramasdan, bir yoki bir nechta metabolitlar kuchli toksik xususiyatga ega bo‘lishi kuzatiladi. Bunday metabolitlar ksenobiotiklarning umumiy toksikokinetik ta’sirida ikkinchi darajali ahamiyatga ega (masalan, organizmni umumiy tozalashda hissasi kam) bo‘lishi mumkin, lekin toksikologik ahamiyati nuqtai-nazaridan bir yoki bir nechta nishondagi a’zoga ta’siri sababli yuqori baholash mumkin. Bundan tashqari, bu kabi toksik metabolitlar ko‘p hollarda oldindan aniqlab bo‘lmaydigan yo‘nalishni tanlaydi. Misol uchun, toksik modda, bezarar metabolitlar paydo bo‘lgunga qadar ichak devorlari yoki uning tarkibida bir necha marta aylanib metabolik ishlovdan o‘tadi, keyinchalik bu metabolitlar peshob chiqarish a’zolarida zararlanishga aylanadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling