O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127
6.2-rasm. Jigar sinusoidi (qon tomiri) orqali tog‘ri kesishuv, qon tomirlari 
devorlari ichidagi SEH (sinusoid endotel hujayralari) ga parallel o‘tadigan 
gepatotsidlar qatlamini ko‘rsatadi. Gepatotoksik reaksiyalarda ishtirok etadigan 
boshqa jigar hujayralari turlariga Kupfer hujayralari va yulduzsimon hujayralar 
kiradi. 
Jigarning tengi yo‘q to‘qimasi bo‘lgan gepatotsidlar jigarning eng muhim 
vazifalarini bajaradi (5.1-jadval), ya’ni qon tarkibidagi ozuqa moddalarini ajratib 
oladi, ovqat hazm bo‘lishi va yog‘larning parchalanishi uchun safro ajratadi, 
metabolik chiqindilarni safroga o‘tkazadi, jigar uchun oqsillarni tozalab beradi 
hamda yog‘ va glikogen kabi quvvatga to‘la moddalarni jigarda saqlab turadi. 


134 
Gepatotsidlar endokrin chiqindilari va begona kimyoviy moddalarning membrana 
(safro quvurlari) orqali chiqib ketishiga ko‘maklashadi. Bu quvurlar bir-biriga 
yaqin gepatotsidlar oralig‘ida bo‘lib, ajralgan safroni yig‘adi, keyinchalik bu safro 
qisqa safro yo‘llari orqali o‘tadi va nihoyat jigar safrodan xoli bo‘ladi. 
Toksikologiya fani nuqtai-nazaridan, gepatotsidlarning asosiy vazifasi – 
lipofil ksenobiotiklarni zaharsizlantira olish qobiliyatidir: bu bilan gepatotsidlar 
ksenobiotiklarni metabollashtiradigan fermentlarning yuqori darajasini ko‘rsatadi, 
bular qatoriga CYP lar, UGT lar, SULT lar, NAT lar va GST larni kiritish 
mumkin. 
Gepatotsidlarning bu xususiyati ularga ko‘p ksenobiotiklar taqdirini hal
qilish imkonini beradi: nomzod dori dorishunoslik tajribasida qanday xususiyat-
larini namoyish qilmasin, gepatotsidlar metabolik jarayonda har qanday moyillik 
zararli metabolitlarga aylanishiga olib keladi, bu esa olim bilan tugaydi.
Laboratoriya 
sharoitida 
hayvon 
va 
inson 
jigarlari 
namunalarida 
gepatotsidlarni yaratish va muvofiqlashtirish tajribalari toksikologiya fani 
rivojlanishi tarixida katta rol o‘ynadi. Kerakli ozuqa moddalari va qo‘shimcha 
moddalrni qo‘llash orqali, birlamchi gepatotsid namunalari keng ko‘lamli 
ksenobiotik biotransformatsiya vazifalarni bajarishi mumkin. Tabiiy muhitda 
jigarda ham bu birikmalar bilan metabolik o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. 
Gepatotsidlar ksenobiotiklar toksikligini o‘rganishda tadqiqot va skrining soha-
sida keng qo‘llanladi.
2) Sinusoidlar. Butun jigar ichida, gepatotsidlar yupqa qatlam yoki 
plastinkalar ko‘rinishida joylashgan, bu qatlamlar uch qavatli panjara hosil qilish 
uchun bir-biri bilan o‘zaro birlashgan. Bu katta parenxima to‘qimasi sinusoidlar 
deb nomlangan mayda qon tomirlari bilan qoplangan, bu sinusoidlar gipototsid-
larni oziqlantirib, metabolik chiqindilarni tashqariga chiqaradi (6.2-rasm). Jigar 
perfuziyasi murakkabligi sababli, vena va arteriya qon tomirlaridagi qonlardan 
tashkil topgan sinusoidlardagi qon miqdori, tomirlar qisqarishi natijasida o‘zgarib 
turadi. Sinusoidlar endotelial hujayralar (EH) bilan qoplangan va ular sinusoidlar 
miqdorining deyarli yarmini tashkil qiladi. Endothelial hujayralar nooddiy to‘siq 


135 
hosil qilib, u o‘z o‘rnida elak vazifasini bajaradi va eritrotsidlar hamda immun 
hujayralarining gepatotsidlar bilan o‘zaro aloqasini chegaralab turadi. Bu jarayon 
qon tarkibidagi lipofil ksenobiotiklarini va boshqa mayda moddalarning so‘rilish 
imkonini yaratadi. 
3) Yulduzsimon hujayralar. Sinusoidlar tomonidan egallangan hujayralar 
hajmining beshdan bir qismini yulduzsimon hujayralar tashkil etadi. Bu hujayralar 
etanol kabi kimyoviy mod-dalarga surunkali toksik javob qaytarishda muhim 
ahamiyatga ega. Yog‘ni o‘zida saqlab turuvchi (Ito hujayralari nomi bilan ham 
taniqli) bu hujayralar sinusoidlar va gepatotsidlar o‘rtasidagi kichkinagina 
perisinusoid oralig‘ida joylashgan. Bu oraliq Disse bo‘shlig‘i deb ham ataladi
(6.2-rasm).
Yulduzsimon hujayralar jigardagi umumiy hujayralar sonining taxminan 
5% ni tashkil qiladi va odatda sokin holatda bo‘ladi. Bu holatda ularning fiziologik 
vazifalari yaqqol ko‘rinmaydi, ammo ular A vitamini hamda boshqa yog‘ni 
parchalovchi vitaminlarni o‘zida saqlaydi, bundan tashqari immun tizimi uchun 
katta hissa qo‘shadi. Yulduzsimon hujayralarni biriktiruvchi to‘qimaning asosiy 
shakli bo‘lgan hujayradan tashqari eritmaning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bu 
eritma jigar hujayralarini butun organism tuzilishidagi holatiga “yelimlaydi”. 
Zararli kimyoviy moddalar, shular qatorida spirtli ichimliklar ta’sirida, 
yulduzsimon hujayralar xavfli faol holatga o‘tadi va kollagen moddasi ishlab 
chiqarishga yo‘naltirilgan samarali fabrikaga aylanadi. Shunday qilib, ko‘p 
gepatotoksikantlar, jumladan, og‘ir metallar, spirtli ichimliklar va parhez mikotok-
sinlarining umumiy surunkali ta'siri kollagen chandiq to‘qima cho‘kmasiga olib 
keladi, bu esa jigar fibroziga xos xususiyati. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling