O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127
2) Hujayralarning nobud bo‘lishi. Jigarda hujayraning nobud bo‘lishi, 
odatda, nekroz yoki apoptoz orqali
bo‘ladi. Hujayralarning apoptotik nobud
bo‘lish o‘z ichiga gepatotsidlarning kichik yig‘indisini olib, zich joylashgan 
molekulalar jarayoni orqali kechadi, bu jarayon o‘z ichiga hujayra o‘limi 
fermentlari nazoratidagi hujayra komponentlarini hazm bo‘lishi bilan bog‘liq. Shu 
bilan bir qatorda, gepatotoksikantlar bilan og‘irroq zaharlanish hujayralarning 
bundan ham yaqqol, nazorat qilib bo‘lmas ko‘rinishlariga olib keladi, bu jigar 
nekrozi deb ataladi. Ko‘plab gepatotsidlar o‘limiga sababchi bo‘luvchi, qaytarib 
bo‘lmas sanalgan jigarning nekrotik jarohatlanishi “markaziy” (ya’ni, oziga xos 
bo‘lgan markaziy kesma yoki kirish joyidahi nekroz) yoki “jadal” (tez paydo 
bo‘ladi va jigarning ko‘p to‘qimalariga ta’sir qiladi) bo‘ladi. Kasalning 
boshlang‘ich davrida jigar shishining qaytishi kuzatilsa ham, jarayon jadallik bilan 
rivojlanib, ayrim hujayralarning nobud bo‘lishiga olib keladi. 
Nekrozlar orqali hujayralar nobud bo‘lishining odatiy belgilariga membrana-
lar butunligining buzilishi, mitoxondriya va boshqa hujayra ichi organlarining 
shishishi, ATF ning qurub ketishi, kaltsiy oqimida ikkinchi darajali bo‘lgan 
kaltsiy gomeostazning qurishi kabilar kiradi. Keyingi o‘zgarishlar hujayralarning 
asosiy komponentlarini hazm qiladigan, kaltsiyga boy endonukleazlar, proteazlar 
va fosfolipazlarni faollashtiradi, bu esa sitoskelet va hujayra blebbinglarining 
buzilishiga olib keladi. DNK yadrosi tuzilishidagi hujayra parchalanishi kabi 
o‘zgarishlar (masalan, piknoz, karioreksis va kariolezis) nekrotik jigarda ham 
kuzatiladi. Jigar nekrozi ko‘p zararli moddalar bilan zaharlanish natijasida paydo 
bo‘ladi, bularga dori-darmonlar, tabbiy vositalar va sintetik kimyoviy moddalrni 
kiritish mumkin. Sanoatlashgan davlatlarda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘limi 
bemorlarida jigar nekrozi kasalligining birlamchi sababi – paratsetamoldan 
zaharlanish deb aniqlangan.
Jigar tabiatan ajoyib qayta tiklanish xususiyatiga ega, bu unga paratsetamol 
va boshqa gepatotoksikantlardan zaharlanishdan so‘ng tez orada qayta o‘z holiga 
kelish imkonini beradi, lekin shunga qaramasdan, jigar nekrozining ayrim turlari 


139 
chuqur chandiq qoldiradi. 
Jigar nekrozi qonga gepatoselulyar moddalarni ajratib chiqarganligi sabab, 
qon tarkibidagi jigar umumiy fermentlari bo‘lgan alanin transaminaz (ALT) yoki 
aspatat transaminaz (AST) larning miqdorini aniqlash ksenobiotiklar ta’siriga 
uchragan bemorlarni tekshirish jarayonida keng qo‘llaniladi. Bemor shikastlangan 
jigarni qanchalik ko‘p parvarish qilsa, qondagi ALT va AST miqdori shunchalik 
baland bo‘ladi, tajribada jigarning og‘ir zaharlanish hollarida bu ko‘rsatkichlar 
1000 barobarga oshgan hollari ham kuzatilgan. “Jigar transaminazi” talqinida bir 
qator ehtiyotkorlik choralari ko‘rilishi kerak, sababi ferment miqdorini aniq-
lovchi bu tahlil faqatgina jigarga tegishli bo‘lmasdan, ularning skelet va yurak 
mushaklariga kuzatilishi, bu to‘qimalarga ham zarari tegishi va yana qonda 
transaminaz moddasining ko‘payib ketishiga olib keladi.
Bundan tashqari, transaminazlarning plazmada o‘rtacha ko‘payishi, albatta 
getatotoksik moddalarning ko‘payishidan dalolat degani emas: altsgeymer 
kasalligiga qarshi dorilar iste’mol qiladigan bemorlarda, shifokorlar ALT miqdo-
rining “simptomlarsiz”, ya’ni kam miqdorda oshgagini aniqlashi mumkin. Ayrim 
hollarda esa, plazma ko‘rsatkichi jigar tabiatiga xos bo‘lgan boshqa o‘zgarish- 
lardan dalolat bo‘ladi. Shunday qilib, ferment miqdorini o‘rganish, zaharlangan 
bemorlarda jigar zararining mohiyatini aniqlashda yordam beradi. 
So‘nggi yillarda, jigarning kimyoviy moddalardan zaharlanishini aniqlovchi 
qator yangi yondashuvlar qo‘llanilmoqda. Genlar tarmog‘ini nazorat qiluvchi RNK 
ning qisqa bo‘laklari bo‘lmish aylanma mikro RNK lardagi o‘zgarishlar bitta juda 
ham muhim imkoniyatni taqdim etadi. Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar 
shuni ko‘rsatadiki, namuna toksikantlari bo‘lgan atsetominofen yoki karbon 
tetraxlorid moddalari qon va siydik tarkibidagi mikro RNK molekulalari 
guruhlarini nazorat qiladi. Bu yondashuvlar ko‘p savollarga oydinlik kiritgan 
bo‘lsa ham kelajakda ular turli vaziyatlar va sharoitlarda yanada chuqurroq 
o‘rganish kerakligidan dalolat beradi. 
3) Safro ajralishida buzilish. Organizmdagi eng yirik temir moddasi 
sifatida, jigar safro ajratish qobiliyati orqali organizmni turli endogen chiqindi-


140 
laridan hamda begona ksenobiotiklar va ularning metabolitlaridan tozalaydi. Safro 
tarkibida xolesterol natijasi bo‘lgan tozalovchi suyuqlik bo‘lib, organizmga 
tushgan yog‘larni parchalashga yordam beradi. Ayrim gepatotoksik kimyoviy 
moddalar jigarning asosiy funksiyasi bo‘lgan bu vazifani bajarishga xalaqit beradi, 
ular safroning qisman yoki to‘liq chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Bu jarayon, 
albatta, fiziologik oqibatlarga olib keladi, chunki safro, zaharli xromogen 
pigmentlari bo‘lgan bilirubin va biliverdinlarni tashuvchi asosiy vosita hisoblanadi. 
Jigarning me’yordagi faoliyati davomida bilirubin va biliverdinlar doimiy ravishda 
quvur tarmog‘iga charilib, undan esa safroga qoshilib chiqib ketadi.
Ayrim kimyoviy moddalar bu pigmentlarni tashuvchi membrana 
tashuvchilariga to‘sqinlik qilgani sababli biliverdin va bilirubin bilan zaharlangan 
jigar, ularning qon va organizm to‘qimalariga to‘planishiga olib keladi, bu esa 
bemor terisining sariq tusga kirishida namoyon bo‘ladi. Sariq kasali - bilirubinning 
ko‘payib ketishi holati bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar jigarida konyugativ 
almashinuvning sustligi sababli chaqaloqlarda ko‘p uchraydi. Sariq kasali yana 
giyohvand moddalar bilan bog‘liq gepatotik sindromlar bilan birga keladi 
(masalan, anabolik steroidlarni ko‘p iste’mol qiluvchilarda orasida keng tarqalgan). 
Sariq kasali tez tibbiy aralashuvni taqazo qiladi, sababi bilirubinning to‘qimalarda, 
ayniqsa miyada yig‘ilishi hujayralarning lat yeyishiga olib keladi. 
4) Jigar fibrozi. Gipototoksikantlarga doimiy ta’sir o‘tkazish hujayra tash-
qarisida oqsillarning haddan tashqari ko‘payib ketishiga olib keladi. Bu oqsillarga 
kollagen moddasini misol qilish mumkin, u esa jigar fibrozi kabi jiddiy holatni 
keltirib chiqaradi.
33
Tuzilish jihatdan turli-tuman bo‘lgan gepatotoksikantlarga 
fibroz ta’siri gistologiyasi bir xil bo‘lishiga qaramasdan, jalb qilingan 
mexanizmlar turli xil va murakkabdir. Miofibroblastlar muhim quvvatlash roliga 
ega bo‘lishiga va ayniqsa, jigarning ko‘p kesimlarida kollogen tolalarining 
to‘planishida muhim rol o‘ynashiga qaramay, jigarning faol yulduzsimon 
hujayralari (JYH) fibrozning asosiy qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi.
33
Liu ZX, Kaplowitz N. Role of innate immunity in acetaminophen-induced hepatotoxicity. Expert Opin Drug MetabToxicol. 
2006;2:493–503. 


141 
Jigar tashqarisidagi to‘qimalarda paydo bo‘ladigan fibroblastlar ham 
fibrogenez kelib chiqishi sababchisi bo‘lishi mumkin. Fibrozning kelib chiqi-
shiga sababchi bo‘lgan molekulyar omillar tadqiqotchilarning diqqat markaziga 
ko‘p marta tushgan. Sitokin va boshqa mediatorlarning murakkab birlashmasi 
jigarning yulduzsimon hujayralari (JYH) ni qozg‘atib, profibrogen zavodlariga 
aylantirsa ham, Kupfer hujayralaridan holi trombotsidlardan olingan o‘sish omili 
(TOO‘) ning ahamiyati kattadir. Fibroz asosida yotgan biologiyadagi muammolar, 
afsuski, uning yechimida ksenobiotiklar ta’sirini to‘xtatishdan tashqari samarali 
usullarning kamligini anglatadi. Spirtli ichimliklar ta’siridagi fibroz, surunkali 
ravishda spirtli ichimliklar ichishni davom ettirilgan holda, jigar serrozi kasalligiga 
aylanadi, bu - jigar tolalari ish faoliyatining nazoratdan chiqishi va o‘z vazifasini
bajara olmaydigan kichik to‘qimaga aylanishi demakdir. 
5) Jigar saratoni. Birlamchi jigar saratoni G‘arb mamlakatlarida nisbatan 
kam uchraydi, ammo Afrika va sharqiy Osiyo mintaqasi aholisida keng tarqalgan. 
Oziq-ovqat mahsulotlarining zamburug‘ kanserogenlari bilan zaharlanishining 
ham bunda o‘z hissasi bor. Jigar saratoni hujayralar yig‘indisidan hosil bo‘lgan 
shishdan paydo bo‘lib, kelib chiqishi jihatidan monoklon, ya’ni hujayralarda 
genetik o‘zgarishlar yuz berganda va avlodlarda o‘sishga moyillik tug‘ilganda 
hosil bo‘ladi. Jigarda shish safro yo‘llari hujayralarida yoki jigar qon tomirlarida, 
ammo ko‘p hollarda gepatotsitlarda paydo bo‘ladi. Jigar saratoni aniqlangandan 
keying istiqbolni aytib berish, odatda, juda qaltis, sababi bu saratonning 
agressiv ko‘rinishi hisoblanadi. Kasallik to tashxiz qo‘yilgunga qadar ancha 
chuqur ko‘rinish olib ulguradi. Jigar saratoni spirtli ichimliklar natijasi hamda 
ish sharoiti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ya’ni zaharli metall - margimush va 
sanoat reagent vinil xloridi kabi moddalar.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling