O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   127
6.4-rasm. Xloroform nefrotoksiklik o‘z ichiga fosgenga katalizatsiyali o‘zgar-
gan CYP2E1 ni olishi mumkin, lekin bunda boshqa metabolik moddalarning ham 
hissasi bo‘lish ehtimoli bor. Fosgen bir nechta taqdirlarni boshidan o‘tkazadi, shu 
jumladan, beixtiyor gidroliz yoki, glutation yoki oqsil kabi reagentlar bilan 
nukleofil reaksiyaga kirishadi. Gepoksiya sharoitida yuqori konsentratsiyada 
xloroform oksidlanib, hujayra membranasiga hujum qiladigan erkin radikallarga 
aylanadi. 
2) Trixloretilen. Reagentlarning yirik galoalken sinfiga mansub ko‘p 
nefrotoksik moddalarning biri bo‘lgan trixloretilen-1,1,2 erituvchi hamda oziq-
ovqat mahsulotlarini yog‘sizlantiruvchi sifatida keng qo‘llaniladi. Trixloretilen 


156 
atrof-muhitni ifloslan-tiruvchi sifatida soha vakillarini xavotirga soladi, sababi u 
axlatlarda, suvda, havoda va tuproqda keng tarqalgan. Jigarni zaharlash 
xususiyatidan tashqari, trixloretilen laboratoriyadagi hayvonlarning o‘tkir buyrak 
kasalligiga chalinishiga, jigar va buyrakda o‘smalar paydo bo‘lishiga, insonlarda 
non-Hodgkin limfomasi-ning paydo bo‘lishiga olib keladi. Trixloretilenning yana 
bir diqqatni tortuvchi tomoni shundaki, u kalamushlar jigarida peroksisom 
tarqatuvchisidir. Ish joyidagi sharoit hamda atrof-muhitda trixloretilenning
ta’siri – u odamlarda immunotoksiklik va autoimmun buzilishi holatlari bilan 
bog‘liq. 
Nefrotoksikantlarning tabiatda uchrashi. O‘tkir nefrotoksik birikmalar 
o‘simlik dunyosida keng tarqalgan. So‘nggi o‘n yilliklarda Bolqon oldi davlat-
larining o‘latiga aylangan buyrak nefropatiyasi va saraton shakllanishiga olib 
kelayotgan, o‘tlar bilan bog‘liq nefrotoksikantlarga qarshi kurashishda ancha 
muvaffaqiyatlarga erishildi. Nefrotoksikantlarning insonga ta’siri zaharlangan, 
ayniqsa mog‘orli qishloq xojaligi oziq-ovqatlardan o‘tadi, bunda Penissilum
Aspergillus va Monaskus mog‘orlari shlamidan paydo bo‘lgan nefrotoksik 
mikotoksin-sitrinin ayanchli oqibatlarga olib keladi. 
Monaskus shlami Xitoy oziq-ovqat sanoatida bo‘yoq sifatida keng qo‘lla-
niladi. Sitrinin ishlab chiqaruvchi boshqa mog‘orlar donli mahsulotlar yetish-
tirilishida katta muammolarni keltirib chiqaradi. Bular: makkajo‘xori, bug‘doy, 
guruch, suli va arpa mahsulotlaridir. Sitrinin nefrotoksikligining ustida olib 
borilgan izlanishlar eksperimental turlarga qarab ancha o‘zgaradi, ammo yillar 
davomida kemiruvchilar ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 
proksimal nekroz naychada va membranada juda ta’sirchan kechadi. Sitrinin 
oksidlanish metabolizmiga uchrasa ham, uning asl aralashmasi hujayralarning 
apoptik o‘limiga va oksidlanish ta’siriga uchraydi. Sitrinin sababchisi bo‘lgan 
mog‘or yana boshqa kuchli nefrotoksik mikotoksin –Oxratoksin A ni ishlab 
chiqaradi, shu sababli har bir toksikantning naychaga yetkazgan proksimal zararini 
aniqlash mushkul. Oxratoksin A jigarda va buyrakda o‘sma hosil bo‘lishiga olib 
keladi. 


157 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling