O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.6. Nefrotoksiklikning funksional oqibatlari
6.5. Buyrak tuzilishi Katta odamning buyragi bir kunda 180 litr qonni tozalashi, kompyuter sichqonchasi hajmida bo‘lgan bu ikkita jajjigina a’zo uchun ajoyib jasoratning o‘zidir. Har bir buyrak toza membrana qopchasi-kapsula bilan o‘ralgan bo‘lib, bu ularni turli infeksiya va jarohatlardan asraydi. Ko‘ndalang kesilgan buyrakni ko‘zdan kechirilganda, har biri tashqi buyrak postlog‘i va ichki buyrak miyasidan tashkil topganini ko‘ramiz. Har bir buyrak aortadan boshlangan yakka buyrak arteriyasidan kelgan qon bilan ho‘llanadi, so‘ng qon buyrak vena tomiri orqali a’zoni tark etadi hamda pastki vena orqali chiqib ketadi. Har bir buyrakdan 152 ajralgan siydik siydik nayi orqali pufakka tushadi. Buyrak nefroni. Buyrakning asosiy funksional qismi nefron bo‘lib, bu uzun naysimon qurilma qonni tozalaydi va tana chiqindilarini maydalaydi (3-bobdagi 3.11 rasmga qarang). Har bir buyrak millionlab nefronlardan tashkil topgan va bu nefronlar kalava qurilmasining joylashishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘lingan. Shunday qilib, xilma-xillik buyrak nefronidagi turli guruhlarning tarqalishida va epitelial hujayralari morfologiyasida yaqqol ko‘rinadi. Buyrak faoliyati natijasida alohida nefrotoksikantlarning zarari bu a’zoga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Kimyoviy moddalarning buyrakning ba’zi joylarida to‘planishga moyilligi keyinchalik buyrak nefrotoksik zaharlanishiga olib keladi. 6.6. Nefrotoksiklikning funksional oqibatlari Odatda, nefrotoksiklik bilan kechgan funksional o‘zgarishlar tabiatdan o‘tkir bo‘ladi va zararli dori vositalari yoki kimyoviy moddalarning birlamchi ta’siridan so‘ng jadal rivojlanadi, nefrotoksikantlar ta’sirida surunkali holar uzoq va og‘riqli kechadi. Ksenobiotiklarning buyrakka salbiy ta’siri siydikdagi o‘zgarishlar va uning miqdorida ask etadi: uning belgilari turli bo‘lishi mumkin, masalan, aralash siydik (poliuriya), siydik miqdorining kamayib ketishi (anuriya) yoki qon aralash siydik (gematuriya). Siydik tarkibidagi o‘zgarishlar buyrak jarohatidan dalolat beradi va bu siydikda glyukoza (glyukozuriya), yoki qon oqsillari (proteinuriya) mavjud- ligida namoyon bo‘ladi. Albumin (albuminuriya) kabi ayrim oqsillarning darajasi klinik hollarda nefrotoksiklikning foydali ko‘rsatkichlaridir. 37 Afsuski, kasal- likning bu kabi belgilari bemorga sezilganda u ancha chuqurlashib ketgan bo‘ladi, bu holat mutaxassislar oldiga kasallikni ertaroq aniqlash usullarini topish kabi maqsadlarni qo‘yadi. Buyrak shikastlanganini aniq tashhislab beradigan vositalarga bo‘lgan talab 37 Vermeulen R et al. Elevated urinary levels of kidney injury molecule-1 among Chinese factory workers exposed to trichloroethylene. KARkinogenesis. 2012;33:1538–41. 153 katta, sababi, nefrotoksiklikni aniqlash uchun siydikdagi yaqqol o‘zgarishlarga tayanish har doim ham ishonchli chiqmaydi (masalan, kalava va naychadagi zaharlanishlarning har ikkalasida ham siydik miqdori o‘zgaradi). So‘nggi o‘n yilliklarda, dorishunoslik sanoati hamda oquv laboratoriyalari tadqiqotchilari buyrakdagi o‘zgarishlarning belgilovchisi sifatida siydik tarkibidagi oqsillarni o‘rganib chiqishdi. Bu tadqiqotlar cheklangan ko‘lamda an’anaviy bioximik yondashuvlarni qo‘llaganligi sabab, tashhis qilish natijalari ham past ko‘rsatkichni bergan. Oxirgi yillarda esa siydik tarkibida kop miqdordagi molekulalarni o‘rganish uchun qo‘llanilgangan metobolomik va proteomik usullarning ishlatilishi ko‘plab nefrotoksinlarni aniqlash imkonini yaratdi (6.3- jadval). Bu usullar hali ham hayvonlarda tajribadan o‘tkazilayotganligiga qaramasdan, yaqin yillarda bu sohada yaxshi o‘zgarishlar imkoni yaratilishi umidini beradi. 6.3-jadval Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling