O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Insonlarda jigar zaharlanishiga sabab bo‘ladigan farmatseftik moddalar
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Insonlarda jigar zaharlanishiga sabab bo‘ladigan farmatseftik moddalar
Dori Dorining ishlatilishi Toksik mexanizm Hozirgi kundagi mavqei Pemolin Roziglitazon Didanozin Amoksillin- klavulanat Bromfenak Tolkapon Giperfaollik buzilishiga befarqlik Diabet OITS Bakteriyalarga qarshi dorilar Shamollashga qarshi dorilar Parkinson kasalligi Allergik sezuv-chanlik (immun tizimiga bog‘liqlik) Allergik gepatit Jigar hujayralariga zararli mitoxondria Safro ajramaslik Tezkor jigar nekrozi O‘tkir gepato-toksiklik (kam uchraydigan va takrorlanadigan) Iste’moldan chetlatilgan, 2005 yil (AQSh) Iste’moldan chetlatil- gan, 1997 yil (Birlash- gan Qirollik) Iste’molda (jigar kuzatuvida) Iste’molda (ogohlantirilishda) Iste’moldan chetla- tilgan, 1998 (AQSh) Cheklangan iste’molda (AQSh) 1. Parasetamol: o‘tkir d ozaning jigarga ta’siri Bugungi kunda qo‘llanilayotgan ayrim dori vositalari ‘Dr Jekyll and Mr Hyde’ preparatlarining parasetamol (atsetominofen) ga nisbatan ko‘proq salbiy ta’sirlarini namoyish etadi: mutlaqo bezazarligi sababli har qanday dokonlarda va yonilg‘i quyish shaxobchalarida ham bemalol sotib olish mumkin bo‘lgan bu preparat dozasi oshib ketganida inson hayotiga xavf soluvchi gepatotoksiklikni keltirib chiqaradi. Aspirin dori vositasining muqobili sifatida 1940-yillardan boshlab, va uzoq davr mobaynida keng qo‘llanilib kelgan bu dorining dahshatli salbiy asoratlari haqida juda kam shifokorlar xabardor bo‘lgan. Bu holat 1966-yili Thompson va Preskottlar tomonidan British Medikal jurnalida ushbu mavzuda butun tibbiyot va 145 toksikologiya sohalarini larzaga keltirgan maqola e’lon qilingunga qadar davom etdi. Maqolada ular 54 yoshli Shotlandiyalik kishining 70 ta parasetamol tabletka- sini ichib jiddiy jigar zaharlanishiga uchragani holatini bayon qilishgan edi. Bu kabi holatlar yuzasidan e’lon qilingar qator nashrlar tufayli parasetamolning hayotga tajovuz qiluvchi ta’siri haqidagi ma’lumotlar shu darajada ommalashib ketdiki, ko‘p davlatlarda jigar xastaligi bilar kasallangan bemorlarda asosiy sabab qilib parasetamol dori vositasi ko‘rsatila boshladi. 2. Azidotimidin: uzoq vaqt qabul qilinganda jigarga ta’siri. Zamonaviy dorishunoslikdagi buyuk yutuqlardan birida, OIV ning OITS ni keltirib chiqaruvchisi sifatida aniqlanganidan 25 yil o‘tib, bu halokatli holatga qarshi kurashuvchi 25 ta antiretrovirus dori vositalari iste’molga chiqdi. Keyinchalik, bir nechta antiretrovirus dorilarni bir vaqtning o‘zida qo‘llash OITS ni to‘xtatish imkoniyatining ochilishi 1990-yillar o‘rtasidagi katta burilish bo‘ldi. Virusga qarshi kurash dolzarbligicha qolarkan, faol antiretrovirus davolash usuli (FARDU) ko‘plab bemorlar uchun OIV- boshqarib bo‘ladigan surunkali kasallikka aylangan yangi davrni boshlab berdi. Lekin afsus, tez orada shu narsa aniqlandiki, OITS ga qarshi kurashda erishilgan bu muvaffaqiyat har kuni kuchli dorilarni istemol qiladigan bemorlar hayoti evaziga kelgan ekan: faol antiretrovirus davolash usulini qo‘llayotgan bemorlarda jigarning dorilar ta’sirida zaharlanishi (JDTZ) shu darajada ko‘payib ketdiki, OIV bilan kasallangan bemorlarda jigar kasalligidan o‘lish holati birinchi o‘ringa chiqdi. OIV ga qarshi qo‘llaniladigan dorilar va usullarning ko‘pligini hisobga olib, FARDU bilan bog‘liq gepatotoksiklik - o‘tkir va surunkali kasalliklarni o‘z ichiga oladigan noaniq va o‘zgaruvchan sindrom, dep aytish mumkin. Ayrim hollarda, kasallikning ko‘rinishi JDTZ allergiyasi sindromini eslatsa, boshqa hollarda u laktatsidozli jigar steatozi bilan bog‘liq, yana biri esa virusli gepatitni eslatib, uni ko‘pincha getatit B yoki C ga qo‘shimcha kasalliklar bilan adash- tirishadi. OIV ni to‘xtatish bilan bog‘liq asosli ijobiy natijalar haqida gapirilganda, bunday bemorlar bilan uzoq vaqt mobaynida ishlayotgan shifokorlar, jigar 146 kasalligining oddiy belgilari oldida arosatda qolishadi (masalan, qon transaminal bosqichlarida simptomsiz shishlar): agar jigardagi virusli symptom mavjud bo‘l- gan dorilar bilan qaytarilsa, bemorga gepatotoksikligi kam bo‘lgan boshqa yangi OIV ga qarshi dori tayinlanishi kerakmi? FARDU bilan bog‘liq gepatotoksiklikka qaratilgan tadqiqotlar asosiy diqqatini nukleotid OIV ga qarshi transkriptaz sekinlashtiruvchi nukleotidlar (TSN) oilasiga qaratdi. 1985-yil bu oilaga mansub birinchi dori - azidotimidin (AZT) kashf qilingandan buyon, TSN lar OIV ga qarshi ishlatiladigan asosiy preparatlar hisoblanadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling