O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
3. Troglitazon: jigar zaharlanishi, moyillik
Troglitazonning 1997-yil bir qator davlatlarda tasdiqlanishi, qonda qand miqdorining buzilishi bilan bog‘liq jiddiy metabolik o‘zgarish bo‘lgan 2-tur qandli diabetini davolashda sezilarli darajada olg‘a bosilgan qadam sifatida nishon- landi. Keying yillarda qandli diabet kasalligi ko‘payganligiga qaramasdan, dorishunoslikning bu sohasida bu kasallikka qarshi vositalarning tiazolidin- dionlar guruhiga mansub troglitazon kashf qilingunga qadar kam yangiliklar yaratilgan edi. Troglitazon dori vositasi tana to‘qimalariga ovqatdan so‘ng qon tarkibidagi glyukozani haydashga yordam beradi. Bu preparatning qator ijobiy xususiyatlariga qaramasdan, u iste’molga chiqqandan bir necha oy o‘tib, Yaponiya, Britaniya va AQSh shifokorlari dorining hayotga xavf soluvchi gepatotoksikligi haqida bong urib, dunyoga jar solishdi. Ishlab chiqaruvchilar bir necha yil o‘tib bu dorini bozordan qaytarib olishdi. Butun dunyo miqyosida Troglitazon ta’sirida halok bo‘lganlar soni 60-70 kishini tashkil etdi. Boshqa toksik moddalardan zahar- lanish singari, jigarning troglitazon ta’siridan zaharlanishi ham oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan hol edi, taxminan 10000-20000 bemordan bittasida jigar xastalanganini kuzatish mumkin edi. Troglitazon gepatotoksiklik asosida yotgan mexanizmlar murakkab hisoblanadi, chunki preparatning o‘zi gepatotsidlar va nogepatik hujayralarda apoptoz keltirib chiqarib, ahamiyatli rol oynaydi. Gepatotoksiklik va sanoatdagi kimyoviy moddalar. Ish joyida yoki sanoat korxonalarida ishlatiladigan kimyoviy moddalar uchun, gepatotoksik potensialning 147 aniqlanishi, odatda, ularning savdo-sotiqda qo‘llanilishiga qat’iy chegaralar belgilanishiga olib keladi: bu butunlay taqiq-lashdan yoki majburiy qattiq texnik nazoratdan tortib, to yuqori sifatli mazsus himoya kiyimlarigacha ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 1) Tetraxlormetan. Tarkibi suyuqlikdan iborat tetraxlormetan (CC1 4 ) ning ajoyib erituvchi xususiyati bo‘lib, o‘t o‘chiruvchi moslamalarda, mahsulotlarni yog‘sizlantirish jarayonida, florokarbon sovutgichlari ishlab chiqarishda quruq tozalovchi moslama sifatida keng qo‘llanilgan. 1960-1970-yillarda quruq tozalash bo‘limi ishchilari orasida jigar kasalligi ko‘payganligidan so‘ng CC1 4 moddasining qo‘llanilishi keskin kamayganligiga qaramasdan, CC1 4 bugungi kunda ham ayrim sanoat korxonalarida ishlatiladi. CC1 4 yana toksikologiya laboratoriyalarida har xil turlarda ichki gepatotoksiklikni va lipidlar oksidlanishini qozg‘atish xususiyatiga egaligi sabab qo‘llaniladi. Tuproq, ichimlik suvi hamda havo tarkibida bo‘lganligi bilan CC1 4 atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalarga kiradi. CC1 4 tez bug‘lanadigan modda bo‘lganligi sabab, ishlab chiqarishda zahar- lanish asosan nafas yo‘llari orqali sodir bo‘ladi, ammo oshqozon-ichak yo‘llari orqali tasodifan ichki zaharlanish hodisasi ham ko‘p uchraydi. 35 O‘tkir yoki surunkali kasallik ta’siri buyrakda o‘z aksini topsa, jigar CC1 4 ga haddan tashqari ta’sirchan hisoblanadi. O‘tkiz zaharlanishda jigar kattalashadi, hujayralar darajasida gepatotsitlar shishgan va steototik ko‘rinishga ega bo‘lib, markaziy hujayralarda yaqqol o‘zgarishlar kuzatiladi. CC1 4 metabolitlarining jigardagi oqsillarni parchalash funksiyasi buzilgani hamda oqsillarni tashish vazifasi pasayganligi sababli hujayralarda nekrotik o‘lim belgilari bilan birga jigarning jarohatlangan qismida yirik yog‘ tomchilari paydo bo‘ladi. 2) Tioasetamid. Tioasetamid sitrus mevalarining zamburug‘iga qarshi dori sifatida 1940-yillarda ishlab chiqilgan. U bugungi kunga qadar dorishunoslik mahsulotlaridan tortib, to pestitsidlargacha bo‘lgan turli sintetik birikmalarni ishlab chiqarish jarayonida oltingugurt donori sifatida ishlatiladi. Uning suvli eritmalarda 35 Rusyn I et al. Trichloroethylene: Mechanistic, epidemiologic and other supporting evidence of KARcinogenic hazard. Pharmacol Ther. 2013; pii: S0163-7258(13)00180-0. doi: 10.1016/j.pharmthera. 2013.08.004 . Epub 2013 Aug 23 . 148 sulfidli tozalash xususiyati tahliliy kimyo va kanalizatsiya tizimini tozalash ishlarida keng foydalanish imkonini beradi. Tioasetamidning jigarni kuchli zaharlovchi va kanserogen xususiyatlari kashf qilingandan so‘ng, uning qishloq xo‘jaligida ishlatilishi cheklab qo‘yildi. Bu kashfiyot 1950-yillarda tioasetamid bilan ishlov berilgan apelsinlardan tayyorlanadigan meva sharbatining iste’molga chiqishi bilan bog‘liq xavotirlarga sabab bo‘ldi. Tajribadan o‘tayotgan hayvonlarda markaziy jigar nekrozi va jigar serrozi kasalliklarini qozg‘atuvchi sifatida tioasetamid bugungi kunda tadqiqotlar o‘tkazish uchun foydali modda bo‘lib qolmoqda. Uning toksikligi 2 bosqichli bioaktivatsiya jarayoniga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon turli CYP450 izoformalari hamda FAD li monooksigenazlar yordamida tezlashtiriladi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling