O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   127
4) Kupfer hujayralari. Jigardagi yana bir hujayra turi makrofag immun 
hujayrasi - Kupfer hujayrasidir. Jigardagi Kupfer hujayrasining soni, odatda, 
boshqa a’zolardagi doimiy fagositoz hujayralari sonidan oshadi va markaz qismiga 
nisbatan o‘tish zonalarida ko‘proq joylashgan. Kupfer hujayralari yuza qismdagi 
qabul qiluvchi sifatida yutilgan endotoksinlar ta’sirida qozg‘aladi va qondagi 
toksikantlarni hamda jigarga tushgan qattiq moddalarni parchalashga yordam 


136 
beradi. Qozg‘algan Kupfer hujayralari turli vositachilarni ajratib chiqaradi, ular 
esa o‘z o‘rnida atrofdagi hujayralar (prostaglandinlar, sitokinlar, interferonlar, 
trombotsitlar qo‘zg‘atuvchilar, lizasomal fermentlar va kislorodning faol shakllari) 
vazifasiga ta’sir qiladi.
Ko‘p toksik belgilarda, bu o‘zgarishlar doimiy yallig‘lanish holatini kelti-
rib chiqaradi. Bunda yon-atrofdagi to‘qima zararli oksidlovchilar va yallig‘lan-
tiruvchi sitokinlarning doimiy tahdidiga uchraydi. Bu shafqatsiz jarayon ko‘p 
hollarda stellat hujayralarining faollashuviga hamda fibrozlarning gepatotoksi-
kantlarga barqaror javobiga olib keladi. Kupfer hujayralari stress holatida
patogenlar yoki toksikantlarga hujum qiladigan hujayralarga nisbatan ko‘p 
kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, organizamni himoya qilish jarayonlarida
bu hujayralar ham faol ishtirok etadi.
Jigarning toksikantlarga qarshi kurashi. Odatda jigarga zarar yetkazadi-
gan kimyoviy moddalar ko‘plab insonlarda jigarga yetadigan zarar miqdorini 
bashorat qilib bo‘ladigan hollarda, ichki gepatotoksikantlar deb atalgan. Boshqa 
tomondan esa, idiosinkratik gipoto-toksikantlar, odatda, nurlanish olgan 
odamlarning kam qisnini tashkil etadi (taxminan, 100000/1 kishi). Oxirgi paytlarda 
o‘tkazilgan kuzatuvlar jigardagi o‘zgarish uning dori-darmonlarga allergik javobi 
emasligini ko‘rsatsada, jigar-ning idiosinkratik gipototoksikantga javobi kamdan-
kam hollarda yuborilgan hajm bilan bog‘liq. Gepatotoksik javobni belgilaridan 
aniqlash mumkin, ya’ni ularni kemiruvchilarda amalga oshirish mumkinmi yoki 
yo‘q: odatda, ichki gepatotoksikantlar laboratoriya sharoitidagi hayvonlarda 
solishtirma 
gepato-toksiklikni 
keltirib 
chiqarsa, 
idiosinkratik 
toksiklikni 
kemiruvchilarda amalga oshirishning ilojisi yo‘q.
Bu taqsimlashning gepatotoksik kimyoviy moddalarni gurhlarga ajratishda 
foydasi bor ekan, immun mexanizmlarining mavjudligi yoki bo‘lmasligining 
ahamiyati yoqligi haqida taxminlar paydo bo‘ladi. Immunologik mexanizmlar 
bugungi kunga kelib, ko‘plab gepatotoksik sindromlar patogenezisiga o‘z 
hissasini qoshadi, degan fikrga kelinmoqda. Jigar gistologiyasi gepatotoksikant-
lari natijalarini o‘rganish ajablanarli chegaralangan toksik oqibatlar yig‘indisini 


137 
kashf qildi. Shunday qilib, kimyoviy jihatdan turli-tuman bo‘lgan yuzlab 
gepatotoksikantlarga toksik reaksiyalar, odatda, bir qancha aniq belgilangan 
patologik javoblarga ega bo‘ladi. 
1) Yog‘li jigar. Turli gepatotoksikantlar ta’siriga uchragan jigarning zarar-
langanining ilk ko‘rinishlaridan biri - steatoz, ya’ni teskari holat bo‘lib, unda 
kichik va katta yog‘li vezikulalar (sharchalar, ya’ni mikro va makro vezilulyar 
tomchilar) jigarning hamma kesimlarida parenximatoz hujayraning sitoplazmasida 
paydo bo‘ladi.
32
Ular, odatda, fosfolipid va tomchi shaklidagi oqsillar bilan 
qoplangan triglitserid bilan to‘la tomchilardan tashkil topadi. Tomchilarning paydo 
bo‘lishiga sabab bo‘ladigan gepatotoksikantlarga doimiy ta’sir jigarda yana ham 
jiddiy salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Ksenobiotiklar bilan bog‘liq steatozni tahlil qilish shifokorlar uchun 
mushkul vazifa hisoblanadi, chunki jigarni yog‘ bo‘sishi sog‘liqning umumiy 
yomonlashuvi bilan bog‘liq bir nechta sabablar natijasidir. Bulardan biri semizlik 
va metabolik sindromlardan ozor chekayotgan bemorlarni qiynayotgan spirtli 
ichimliklardan mustasno jigar kasalliklari (SIMJK), yana boshqasi esa mikro-
elementlar tanqisligi yoki surunkali virus infeksiyalri holatida yuzaga keladigan 
steatotik muhitlardir.
Spirtli ichimliklar ta’sirida jigarda yog‘lar to‘planishi mexanizmi juda 
murakkab hodisa. Uzoq yillardan beri organizmda yog‘ to‘planishiga toksikantlar 
sababchi, degan biokimyoviy goya ilgari surilib kelgan, lekin bu jarayon barcha 
steatogen birikmalarda bir xil natija ko‘rsatishini isbot qilish qiyin. Steatogen 
jigarni mikrochiplar orqali o‘rganishlardan olingan yangi xulosalar yog‘li 
kislotalarni sintez qiluvchi va oksidlovchi (Faollashtiruvchi retseptor PPAR) jigar 
metabolizmida ishtirok etadigan bir qator oqsillar ifodasida o‘zgarishlarni ochib 
berdi. Lipogenezlarni mikrochiplar orqali bu kabi o‘rganish “adigopen” holatiniga 
tomon bosilgan qadam deb baholanadi, bunda jigarning yog‘li kislotalarni sintez 
qilish qobiliyati ortadi va shu bilan bir vaqtning o‘zida yog‘li kislotalar va zichligi 
32
Jones M, Núñez M. Liver toxicity of antiretroviral drugs. Semin Liver Dis. 2012;32:167–76.


138 
kam bo‘lgan lipoproteinlarning oksidlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling