O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jigarning dorilar ta’sirida zaharlanishi
6.3. Asosiy gepatotoksikant sinflar
Ko‘plab tuzilishi jihatdan turli bo‘lgan kimyoviy moddalar inson gepato- toksikligi bilan bog‘liq. Ularga insonlar tomonidan dori-darmonlar sifatida ishla- 142 tiladigan kimyoviy moddalar, ish faoliyati yuzasidan qo‘llaniladigan reagenlar va tabiiy manbalardan kelib chiqqan osimlik yoki zamburug‘lar gepatotoksi- kantlari misol bo‘ladi. Bugungi kunda jigar shikastlanishi kasalligining ko‘payishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan yana bitta vosita - kundan-kunga ommalashib borayotgan o‘simlik- lardan tayyorlanadigan dorilar va bioaktiv qo‘shimchalardir. Jigar zararlanishi- ning qo‘zg‘atuvchilari turli-tumanligi sabab, bu qo‘zg‘atuvchilarning turli minta- qada ta’siri ham turlicha ekanligi kuzatiladi: g‘arb mamlakatlarida jigar zahar- lanishining asosiy sababchilari antibiotiklar, akashakka qarshi dori vositalari va psixotrop preparatlari bo‘lsa, Osiyo mintaqasida bu vazifani “o‘tlar”, “sog‘liq uchun foydali yoki bioaktiv qo‘shimchalar” bajaradi. Gepatotoksiklik va dori vositalari. Dori-darmon preparatlarining inson organizmiga kirishida og‘iz yo‘li eng qulay yo‘nalish bo‘lgani sabab, bu 143 vositalarning yuqori konsentratsiyasi oldida jigar zaif hisoblanadi, dori vositalarining ta’siri natijalari orasida gepatotoksiklik birlamchi o‘rinlardan birida turadi. Uzoq yillar davomida uzluksiz olib borilgan izlanishlarga qaramay, bu muammolar klinik tibbiyotda va dorishunoslik sanoati-da o‘rganilishi kutilayotgan jiddiy vazifaligicha qolmoqda. Jigarning dorilar ta’sirida zaharlanishi (JDTZ) bir necha ko‘rinishda kechishi mumkin, lekin har bir kategoriyani belgilovchi chegarani asosli deb bo‘lmaydi. Birinchidan, parasetamol kabi ayrim dori vositalarida gepatotoksiklik, dorini ko‘p miqdorda, ya’ni o‘z joniga qasd qilishda ichiladigan dozada qabul qilgandan keyin sodir bo‘ladi. Shunga qaramasdan, JDTZ ning boshqa ko‘ri- nishlariga surunkali, ya’ni uzoq vaqt mobaynida dorilarni qabul qilishni misol qilsak bo‘ladi. Epilepsiya kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarda akashakka qarshi doimiy ichiladigan dorilar (karbamazepin yoki valproik kislota) yoki OIV infek- siyasi kasaliga mubtalo bo‘lgan bemorlarda OITS ning boshlanishi oldini olish uchun qabul qilinadigan dori vositalari bularga kiradi. Boshqa dorilarda gepatotoksiklik allergik vositalarni ham o‘z ichiga oladi, JDTZ tasodifan, o‘zgaruvchan kechikish bilan namoyon bo‘ladi, ko‘p hollarda bemor tomonidan yillar davomida ichilgan, ammo samara bermagan dorining almashtirilganligi ham bunga sabab bo‘ladi. 34 Dori vositalari sababli yuzaga kelgan gepatotoksiklik turlarining har biri shifokorlar, toksikologlar va dorishunoslarni yanada chuqurroq izlanishga undaydigan hodisadir. Dori-darmonlar ishlab chiqarishda, giyohvandlik moddalarini sinovlardan o‘tkazishlar natijalari gepatotik xususiyatlarni ochib berishi, bu komponent uchun halokat ekanligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, JDTZ ning kam uchraydigan ko‘rinishlari giyohvand moddalar iste’molining natijasi ekanligi yaqqol ko‘ringach, bu vositalar yoki butunlayiga, yoki qisman muomaladan chetlatilishiga erishildi (6.2-jadval). 34 Park KB et al. The role of metabolic activation in drug-induced hepatotocicity. Annu Rev Pharmacol Toxicol. 2005;45:177– 202. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling