O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127
Gepatotoksiklik va tabiiy kimyoviy moddalar. Jigarni zaharlovchi modda-
lar tabiatda mavjud bo‘lib, chunki ular jigarga tog‘ridan-tog‘ri ta’sir qiladigan yoki 
metabolizmli gepototoksikant o‘simliklar va mikroorganizmlarda hamda yer 
qobig‘idagi minerallar tarkibida yashaydi. 
1) Aflatoksin B
1.
Mikotoksinlar oilasi - bu nom Grek tilidagi zamburug‘ 
(mykes) va Lotin tilidagi zahar (toxicum) so‘zlarining birikmasidan tuzilgan 
bo‘lib, ikkilamchi zamburug‘li metabolizm davrida ajralib chiqadigan katta 
miqdordagi toksik moddalarni o‘z ichiga oladi. Bu termin, odatda, turli xil 
zamburug‘lar ta’sirida kelib chiqqan, inson is’temoli uchun yetishtirilgan ekinlarni 
dalaning o‘zida yoki hosil yig‘ib olingandan so‘ng zaharlaydigan toksinlar uchun 
qo‘llaniladi. 
Zamburug‘larning turiga qarab, oziq-ovqat mahsulotlarining mikotok-
sinlar bilan zaharlanishi ham tropik regionlarda, ham mo’tadil iqlimli mintaqalarda 
kuzatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘p turlari mikotoksinlarga moyil, 
bularga: don mahsulotlari, yong‘oqlar, qahva, kakao, ziravorlar, dukkakli 
o‘simliklar hamda yangi va quritilgan mevalar kiradi. Chorva mollariga nisbatan 
toksikligi yuzasidan mikotoksinlar chorvachilikda muhim o‘rin egallaydi. 
Insonlarga esa mikotoksinlar chorvachilik mollaridan ularning go‘sht, sut va 
boshqa mahsulotlarini iste’moli bilan birga kiradi (masalan, tuxum, pishloq va 


149 
hakozo).
Ko‘p mikotoksinlar kimyoviy jihatdan barqarorligiga sabab, oziq-ovqat 
mahsulotlariga umumiy ishlov berish jarayonida ular o‘zgarmay qoladi, ularga 
yuqori darajali issiq ham katta ta’sir o‘tkazmaydi (masalan, non va konditer 
mahsulotlari). Zaharlanish xavfining oldini olish maqsadida, ko‘p davlatlar oziq-
ovqat boshqarmalari tarkibida mikrotoksinlari bo‘lgan mahsulotlarga chegaralash 
belgilashadi (masalan, yeryong‘oq yog‘i). Bu tashkilotlar tashqaridan import 
qilingan mahsulotlarni ham doimiy ravishda tekshiruvlardan o‘tkazib turadi. Bu 
jarayonda ziyraklikni susaytirish mumkin emas, sababi, zamburug‘lar qaysi 
iqlimiy sharoitga tushishiga qarab o‘zgarish xususiyatiga ega, bundan kelib 
chiqadiki, bir xil regiondan import qilingan mahsulotlar turli fasllarda turlicha 
o‘zgaradi. Jigarga salbiy ta’siridan tashqari, ko‘p mikotoksinlar turli xil toksik 
xususiyatga ega bo‘lib, bular o‘z ichiga kanserogenlik, genotoksiklik, nefro-
toksiklik va immunotoksiklikni oladi. 
2) Sianobakteriy toksinlar. Zamburug‘lar nafaqat e’tiborsizlikdan jigarni 
zaharlaydigan mikro-organizmlar hisoblanadi: ko‘plab mintaqalarda sianobakteriy 
toksinlari bilan zaharlangan ichimlik suvi iste’moli aholi sog‘ligini saqlash 
sohasining dolzarb muammolaridan biridir. Bu fotosintetik bakteriyalarning gullari 
suv yo‘llaridan, ayniqsa, yozning iliq kunlarida tarqaladi. Toza ko‘llar, suv 
omborlari va daryolarda sianobakteriyalarning o‘nlab turlari aniqlanishiga 
qaramay, qulay ob-havo sharoiti va suv sathida kislotaning mos darajasi, ozuqa 
moddalari va og‘itlar sianobakteriyalarning tez ko‘payishiga qulay sharoit yaratib 
beradi. 
Sianobakteriyalardan kuchli neyrotoksinlar va gepatotoksinlar paydo bo‘lib, 
ular o‘z o‘rnida bakteriyalar gullashini ko‘paytiradi, natijada zaharlangan suv 
chorva mollari, boshqa hayvonlar va baliqlarning zaharlanishiga olib keladi. Ko‘p 
yillar davomidagi kuzatishlar natijasi shuni berdiki, Sianobakteria bilan 
zaharlangan suv iste’molining jigar kasalliklari bilan chambarchas bog‘liqligini 
aniqlangan. Bundan 1000 yil oldin Xitoy askarlari yashil rangdagi suvni iste’mol 
qilishgani va ular orasida o‘lim ko‘payib ketganligi haqida harbiy qo‘mondon 


150 
xabar bergan. So‘nggi yillarda sianobakteriya toksinlari bilan bog‘liq salomatlikni 
xavf ostiga qo‘ygan hodisa - 1979-yil Avstraliyaning shimoliy-sharqida joylash-
gan Palm Orolining tub aholisining ommaviy zaharlanishi soha tadqiqotchilari 
diqqatini tortdi. Ichimlik suvidan 100 dan ortiq maktab yoshidagi bo‘lalarda 
jiddiy jigar zaharlanishi kuzatilgan. Bu esa shahar ichimlik suviga ishlov berish 
jarayonida mis sulfati qo‘shilganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. Mis sulfati 
hujayralarni eritib sianobakteriyalarni suvga chiqarib yuborganligi aniqlandi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling