O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6.4. Nefrotoksinlar Kimyoviy ta’sir o‘tkazilgan nefrotoksinlar gepatotoksiklik bilan cham- barchas bog‘liq, chunki bu ikkita peshob chiqarish a’zolari bir xil toksikantlardan bir paytda zaharlanadi. Masalan, inson batareyalar, bo‘yoq va plastikning metall tarkibi bo‘lgan kadmiydan zaharlanganda – nefrotoksinlar va gepatotoksinlar orasidagi muvozanat ta’sirning kuchi va davomiyligiga qarab farq qiladi: jigar, odatda, kadmiyning katta va o‘tkir dozasidan zaharlansa, buyrak esa uzoq vaqt kichik dozaga ta’sirchanligini ko‘rsatadi. Buyrakda jigarning regenerativ, ya’ni qayta tiklanish xususiyati bo‘lmaganligi sabab, funksional nefronlar miqdorini kamaytiradigan nefrotoksik jarayonlar o‘z qurbonlarini uzoq muddatli buyrak dializi yoki buyrak transplantlarda mahkum qiladi. 36 Ayrim fiziologik hodisalar ham buyrakning kimyoviy zararlanishiga sabab bo‘ladi. Ksenobiotik tashuvchilarning jigar nefroni membranasidagi faoliyati buyrakni nefrotoksinlarga zaif qilib qo‘yadi, bu degani – mahalliy toksikant konsentratsiyalarining tanada aylanayotgan qondagi miqdori baland. Proksimal tomirlardagi ksenobiotiklar ta’siriga uchragan fermentlarning yaqqol namoyon bo‘lishi va membranalarning ulkan yuza qismi yanada chuqurroq omil bo‘lib xizmat qiladi. Buyrak qon tomirlarining vazoatkiv birikmalarga zaifligi ham buyrakning har xil ta’sirlardan lat yeyishiga olib keladi, chunki tomirdagi qon 36 Swain A et al. Nephrotoxicity of hexachloro-1:3-butadiene in the male Hanover Wistar rat; korrelation of minimal histopathological changes with biomarkers of renal injury. J Appl Toxicol. 2012;32:417–28. 151 oqimi o‘zgarishlari ham buyrak to‘qimalaridagi ksenobiotiklar konsentratsiya- sining ko‘payishiga olib keladi. Bu omillar katta ahamiyatga ega bo‘lgan nefrotoksik moddalarning insonga ta’sirini ham ko‘rsatib beradi. Darhaqiqat, ksenobiotiklardan zaharlanish o‘tkir va surunkali buyrak kasalligining taxminan 50 foiziga sabab deb topilgan, shu bilan birga, tez yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lib zudlik bilan kasalxonaga yetkaziladigan bemorlarning 10-15% ham o‘tkir buyrak kasalligiga chalinganlar deb qayd qilingan. So‘nggi 50 yil ichida o‘tkir buyrak kasalligi sababli o‘lim ko‘rsatkichida deyarli hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganligi sababli, bu sohada asosiy va klinik tadqiqotlarga bo‘lgan talab dolzarbligicha qolmoqda. Jigarda bo‘lgani singari, buyrakdagi normal faoliyat ham boshqa a’zolarning yaxshi ishlashida katta ahamiyat kasb etadi, ayniqsa, organizmdagi butun suyuqliklar ion tarkibini va miqdorini nazorat qilish orqali elektrolit gomeostazini qo‘llab-quvvatlab turishda uning roli beqiyos (masalan, suv, natriy, kaliy va vodorodlarning ion tarkibi). Bundan tashqari buyrak, qon bosimini (masalan, renin), qizil qon hujayralarini (eritropoetin) hamda qondagi kaltsiy darajasi (kalsitrol) ni tartibga solib turadigan garmonlarni ishlab chiqaradi. Buyrakning tashqi kimyoviy moddalarni hamda modda almashinuvi chiqindilari (masalan, siydik, ammiak va siydik kislotasi) ni ajratib chiqarish xususiyati ham organizm sog‘lig‘i uchun juda ahamiyatlidir. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling