- REJA:
- 1. Temperament haqida tushuncha.
- 2. Oliy nerv faoliyati tipi va temperament.
- 3. Temperament xususiyatlari.
- 4. Temperament tiplari.
- TEMPERAMENT HAQIDA TUSHUNCHA
- Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir.
- Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:
- 1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;
- 2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir qismida barqaror va o`zgarmasdir;
- 3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.
- OLIY NERV FAOLIYATI TIPLARI VA TEMPERAMENT
- I.P.Pavlov ta`limotiga ko`ra, shartli reflekslar hosil bo`lishining xususiyatlari asab tizimining xususiyatlariga bog`liqdir. I.P.Pavlov ana shunday xususiyatlardan uchtasini ajratgan:
- 1) qo`zg`alish va tormozlanish jarayoni kuchi;
- 2) qo`zg`alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o`rtasidagi muvozanatlilik darajasi;
- 3) qo`zg`alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining harakatchanligi.
- TEMPERAMENT TIPLARI
- Sangvinik - yuksak reaktivlik. Bo`lar - bo`lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo`lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo`r qo`zg`alish bilan javob beradi. Imo - ishoralari va harakatlari yaqqol ko`rinib turadi. Uning aft - basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo`lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to`playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug`lik qo`zg`ovchilarni payqamaydi.
- Ba`zan kichik bolalarda yosh xususiyatlari tufayli to`la darajada namoyon bo`lmaydi. Ma`lum bir temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi namoyon bo`lmaydi, balki yoshga qarab sekin - asta asab tizimining voyaga etishi bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. Bu jarayonni biz temperamentning voyaga etishi deb ataymiz. Umuman yaxshi va yomon temperament tipi yo`q. Masalan, sangvinik o`zining hissiyligi va ishchanligi bilan ajralib turadi. Lekin uning mayllari, diqqati beqarordir. Melanholik tez toliqadi, o`ziga ishonmaydi, lekin u noziq sezuvchi, ehtiyotkor va xushyor odamdir.
- XULOSA
- Flegmatikning vazminligi, sabr - toqatliligi, shoshqaloqlikning yo`qligi, qimmatli xususiyatlardir. Lekin tarbiyaning noqulay sharoitlarida ular kishini bo`shashtirib hayotining ko`pgina taassurotlariga befarq qilib qo`yadi. Shunday qilib, temperamentning aynan bir xil boshlang`ich xususiyatlari ularning qanday - ijobiy va salbiy tomonga rivojlanishini oldindan belgilab bermaydi. SHuning uchun tarbiyachining vazifasi bir temperamentni boshqasiga o`zgartirishga o`rinib ko`rishdan iborat bo`lmasligi kerak, balki muntazam ish olib borish yo`li bilan har bir temperamentning ijobiy tomonlari rivojlanishiga ko`maklashish va ayni paytda ushbu temperament bilan bog`liq bo`lishi mumkin, salbiy jihatlardan holi bo`lishga yordam berishdan iboratdir.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- 1. Александров Г. H. Ограничение перенапряжений в электрических сетях.Учебное пособие. - СПб.: Издание центра подгатовки кадров, 2003. - 214 с. 2. Кобзистый С. Ю. Техника высоких напряжений: изоляция и перенапряжения в электрических сетях. Воронеж: Международный институт компютерных технологий, 2007. — 104 с. 3. Басманов В.Г. Изоляция и перенапряжение. Учебное пособие. - Киров: ВятГУ, 2005. —152 с. 4. Электротехнический справочник: Т. 3. Производство, передача и распределение электрической энергии./Под общ. ред. профессоров МЭИ. - М.: Издателский дом МЭИ, 2004. - 964 с. 5. Лифанов В. Н. Электроизоляция и перенапряжения. Учебное пособие. - Владавосток: ДВГТУ, 2003. — 128
Do'stlaringiz bilan baham: |