Male (Maldiv Respublikasi) Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Download 139.37 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi139.37 Kb.
#1363451
  1   2
Bog'liq
maldiv orollari


Male (Maldiv Respublikasi)
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud, qarang: Male (maʼnolari).

Male — Maldiv Respublikasi poytaxti, Male o.da. Aholisi 55 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Iqlimi ekvatorial, mussonli iqlim, oʻrtacha oylik temperatura 24—30°, yiliga 250° mm gacha yogʻin yogʻadi.
M. — tarixiy shahar. Arab sayyohi Ibn Battuta 1342 yilda M.da boʻlib, uning yirik shahar ekanligini yozgan. 16-asrda M.da portugallar hukmronlik kilgan. 1857 yilda Angliya bosib olgan. 1965 yil iyuldan Maldiv davlati poytaxti. M. — mamlakatning iqtisodiy, madaniy va savdo markazi. M. porti orqali chetga quritilgan baliq, kokos yongʻogʻi, kopra chiqariladi. Havo va suv yoʻllari orqali Kolombo shahri bilan bogʻlangan. M.da baliq ovlash kemalari, zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik f-kasi, baliq konserva qilish zavodi mavjud. Abu al-Barakat maqbarasi, sulton saroyi (hozirgi muzey) bor.[1]

Maldiv


  • Просмотры: 1349

  • 24-03-2015, 03:24

  • Osiyo mamlakatlari


    • 0

    • 1

    • 2

    • 3

    • 4

    • 5

Rasmiy nomi — Maldiv Respublikasi. Poytaxti — Male. Hududi — 298 km.kv. Aholisi – 400 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — maldiv (diveli). Dini — islom (davlat dini). Pul birligi — maldiv rupiyasi.


Geografik joylashuvi va tabiati. Osiyoning janubida Hind okeanining shimoliy qismidagi 2000 ta marjon orollarda joylashgan davlat (bu orollardan 112 tasi o‘zlashtirilgan). Sohil bo‘ylab chegara uzunli­gi — 644 km. Asosiy tabiiy resursi — baliq.
Iqlimi — janubi ekvatorial mussonli, shimoli esa subekvatorial mussonli. 0‘simlik dunyosida kokos palmalari va bananlar bor.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. 1965-yil 26-iyulda Maldiv mustaqilligi e’lon qilingan (ilgari — Buyuk Britaniya protektorati bo‘lgan), 1968-yili esa referen­dum o‘tkazish yo‘li bilan Maldiv respublika deb e’lon qilingan. 26-iyul — Milliy bayram (mustaqillik kuni) hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodiyotining asosi baliqchilik (bu sohada ishga yaroqli aholining 80% i band, baliqchilik umumiy eksportning 60% ini tashkil qiladi) va turizm. Keyingi paytlarda turizm sohasi iqtisodiyotning muhim va tez rivojlanayotgan sektori bo‘lib qoldi. Qishloq xo‘jaligi mamlakatning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojining 10% ini ta’minlaydi. Asosiy savdo hamkorlari: Tailand, Shri-Lanka, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya.
Temiryo‘llari yo‘q, mamlakat poytaxti Male shahrida 9,6 km asfaltlangan avtomobil yo‘llari bor. Mamlakatning asosiy porti: Male.
Tarixi. 1834-yili ochilgan Maldiv orollarida musul on sultonligi tashkil topdi, uning ustidan esa 1887-yili Buyuk Britaniya protektorati o‘rnatildi. 1965-yili mustaqillik olgan Maldiv orollari 1968-yili respublika deb e’lon qilindi.

Download 139.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling