O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Poteomik yoki metabolomik tadqiqotlar jarayonida aniqlangan
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Poteomik yoki metabolomik tadqiqotlar jarayonida aniqlangan
o‘tkir buyrak jarohatining potentsial siydik ma‘lumoti Siydik ma’lumoti Aniqlangan jarohat turi Nefrotoksikant xili Tadqiqotchilar α-GST (α-gluta-tion- S-transferaz) Kollagen I va II turi fragmentlari JJB-1 (jigar jaro-hati belgilovchisi) NGL (neytrofil gelatinazli lipokalin) Vanin 1 Proksimal kanallar Ko‘p-↑EKM a tomonidan paydo bo‘lgan Proksimal kanal jarohat Kanal jarohati Kanal jarohati gepaxlor-1, 3- butaden Gentamisin, sisplatin Kadmiy, ko‘p Polisikl hushboy uglevodorodlar Gentamisin, sisplatin Svain va boshqalar (2012) Rouse va boshqalar (2012) Prozialekk va boshqalar (2007) Lakquaniti va boshqalar (2012) Hosohata va boshqalar (2012) 154 6.7. Asosiy inson nefrotoksikantlari Nefrotoksikantlarning tuzilishi va fizik hamda kimyoviy xususiyatlaridagi farqlari, nefrotoksiklikning yagona mexanik tushunchasini ishlab chiqish jarayoniga qator qiyinchiliklar tug‘dirayotgan edi. Shunday qilib, buyrak shikast- lanishining klinik belgilari odatda juda o‘xshash bo‘lishi bilan, toksikantlar orasida bir nechtagina kimyoviy va tizimiy o‘xshashliklar kuzatiladi, masalan, og‘ir metall simobi, mikotoksin fumonizin B 1 , immunodepressant Sikposporin A yoki aminoglyukoza gentamitsini kabilar. Nefrotoksin sindromi ta’siridagi ksenobiotiklarni keng qamrab olgandan ko‘ra, biz zaharlanishning reaksiyalari asosida yotgan bir nechta turli mexanizmlarni o‘rganib chiqamiz. 1. Nefrotoksik dorilar. Insonlar iste’mol qiladigan dori vositalarining kam qismi buyrak shikastlanishiga sabab deb tanishtirilgan. Dori-darmonlarning keng qo‘llanila-digan ikki guruhi alohida e’tiborga loyiq. Bu dorilarga aminoglikozidlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar (NYQD) kiradi. 2. Ish sharoiti bilan bog‘liq nefrotoksikantlar. Galogenli erituvchilarga surunkali ta’sir ishchilar orasiga buyrak kasalligining kelib chiqishiga asosiy sabab sifatida katta e’tiborni tortdi. Bu sinfga kiruvchi kimyoviy moddalarning a’zolari turli va ko‘p bo‘lib, quyida biz ulardan faqat ikkita sababchilarni qisqa o‘rganib chiqamiz. 1) Xloroform. Xloroform o‘zining ajoyib erituvchanlik xususiyati sabab, sanoatda keng qo‘llaniladi, lekin ko‘p rivojlangan mamlakatlar “yashil kimyo” sintetik tamoyiliga asoslanib sanoatda tabiiy texnologiyalarni qo‘llash maqsadida, uning ishlatilishiga cheklov qo‘ygan. Xloroform moddasi sanoatda xlordiftormetan xladagenti (‘R-22) ni ishlab chiqarishda keng qo‘llanilgan, lekin atmosferada azon kamayishiga olib keladigan omil sifatida qator mamlakatlarda ta’qiqlangan. Laboratoriya sharoitida kemiruvchilarga nisbatan qo‘llanilgan xloroform proksimal naychaning shikastlanishiga va ochiq naycha shishishi hamda nekroziga olib kelgan. Funktsional o‘zgarishga qonli siydik azotining ko‘payishi, proteinuria va glyukozuriyalar kiradi. Kimyoviy modda bilan ishlaydigan kishilarda ish 155 jarayonidan so‘ng moddaning ta’siri farqi seziladi. Toki xloroform nefrotoksiklik metabolizm sifatida ma’lum ekan, metabolitlarni qozg‘atuvchilar haqida aniq fikr aytish qiyin bo‘ladi. Hujayra membranalarida fosfolipidlarni zaharlovchi dixlormetil radikalni CYP katalizatori metabolizmi hosil qiladi (6.4-rasm). Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling