O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7.5. Teratogen mexanizmlar DNK sintezi yoki mitoxondriyal nafas olish kabi fundamental biologik jarayonlarni izdan chiqaradigan ko‘plab ksenobiotiklar homilada zaharlanishga sabab bo‘ladi. Zamonaviy Terotologiya sohasining oldida turgan asosiy vazifa- lardan biri - begona terotogenlar ijobiy ta’siriniga erishish va ularning asosiy to‘qimalar jarayoniga to‘siqlik qilishini oldini olishdir. Oxirgi o‘n yilliklar 167 ichida bu vazifa ancha osonlashdi, buning sabablaridan biri - oddiy prenatal rivojlanishda molekulyar asoslar haqida embrion yetilishida alohida genlarning rolini o‘rganish orqali erishilgan tushunchalar kengayganligi bo‘ldi. Keyinchalik yashil fluoreskent oqsil moddasining imkoniyatlari, labora- toriya shariotida o‘rganilayotgan hayvonlarda embrion rivojlanishida gen mahsulotlarining xuxusiyatlarini kuzatish imkonini yaratdi. Genlarning embrion to‘qimalarida imkoniyatlarni oshirib beruvchi usullar ham homilaning rivojla- nishini to‘liq o‘rganishda katta hissa qo‘shdi. Mexanik embriologiyadagi bu kabi yutuqlar kimyoviy teratogenezni o‘rganishiga yo‘l ochib bergan bo‘lishiga qaramasdan, asosiy inson teratogenlari prenatal zaharlanishga olib keladigan aniq sabablar jarayoni murakkabligicha qoldi. Bunday qiyinchilik va noaniqliklarning asosiy sababi shuki, hayvonlar ustida taqdiqotlar olib borishda ishlatiladigan kuchli dori-darmon va kimyoviy moddalar insonlarga nisbatan qo‘llanishi mumkin emas. Xususan, embrion to‘qimalarida toksik moddalarga ta’sirchanlikning noaniqligi teratogen sindromlarini tushunishni murakkablashtiradi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, oxirgi yillarda hayvonlar ustida o‘tkazilgan qator tadqiqotlar teratogen mexanizmlar haqida noyob ma’lumotlar olishga sabab bo‘ldi, kelajakda esa bu tajribalar inson embrionini, homilani o‘rganishda, ijobiy natijalarga erishishda, albatta o‘z samarasini beradi. Odatda, ko‘p teratogen moddalari homilaga reseptor yoki bioaktiv bog‘liq moddalar orqali zarar ko‘rsatadi. Shuni unutmaslik kerak- ki, bu yakuniy fikr emas, ayrim inson teratogenlarini o‘rganish uchun, hayvon- larda o‘tkazilgan tadqiqotlar yetarli bo‘la oladi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling