O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Saratonning molekulyar biologiyasi
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
8.2. Saratonning molekulyar biologiyasi O‘simtalar bilogiyasidagi tushuncha bo‘yicha, saraton kasalliklari kelib chiqishi jihatidan monoklonal: ular bir hujayradan hosil bo‘lib, notabiiy holda rivojlana boshlaydi va ko‘payadi, bu yangi hosil bo‘lgan to‘qimalarning xavfi yuqori, sababi ular o‘sishda davom etadi. Bu xavfli hosil bo‘lishlarning asosida yotgan mexanistik jarayonlar uzoq yillar davomida noaniq bo‘lib kelgan. Taraqqiyot asri bo‘lgan XX asr saratonning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlarni berdi. 47 Notabiiy genetik va bioximik tarmoqlarni chuqurroq molekulyar o‘rganish zamonaviy fan taraqqiyotidagi katta yutuq bo‘ldi. Uzoq yillar davomida, o‘simtalar mutatsiyalarning sekin-asta asosiy boshqaruv genlarida to‘planishi yordamida paydo bo‘ladi, degan g‘oya hukm surgan bo‘lsa (masalan, 8.1-rasm), 47 Colditz GA, Wei EK. Preventability of cancer: the relative contributions of biologic and social and physical environmental determinants of cancer mortality. Ann Rev Public Health. 2012;33:137–56. 184 yangi texnologiyalarning taraqqiyoti inson o‘simtasida sodir bo‘ladigan mutatsiyalar miqdorini aniqroq o‘rganish imkonini berdi. Saraton qurboni bo‘lgan o‘simta genomida to‘planadigan somatik mutatsiyalarni ro‘yxatga olishda keng qo‘llanilayotgan genom harakatlar ketma- ketligi (GHKK) shuni ko‘rsatadiki, o‘rtacha hujayra o‘simtasi genomida mutatsiyalar miqdori avval o‘ylanganidan anchagina ko‘p ekan. Masalan, ko‘p uchraydigan qattiq o‘simtalar, masalan, yog‘on ichak, ko‘krak bezlari, bosh miya yoki oshqozon osti bezlari kabi a’zolarga hujum qilgan o‘simtalarda, odatda, oqsil moddalari vazifasining buzilishiga olib keladigan 33-66 somatik mutatsiyalari kuzatiladi. Bundan ham ko‘p mutatsiya soni, odatda, tashqi kanserogenlar ta’siriga uchraydigan teri yoki o‘pka saratoni kabi to‘qimalardan tashkil topgan o‘simtalarda uchraydi: bu to‘qimalardagi ayrim o‘simtalar turlarida 200 dan ortiq mutatsiya kuzatilgan, bu esa shundan dalolatki, DNK ga ta’sir ko‘rsatadigan ultra- binafsha nurlaridan zaharlanish va tamaki tutuni kanserogenlari alohida e’tiborga olinishi kerak. Genom o‘simtasida to‘planadigan mutatsiyalarning ko‘p qismi – 95% dan ko‘prog‘ini saraton shakllanishi patogenezida hech qanday ahamiyati yoq. O‘simtaning turiga qarab, 2-8 ta qo‘zg‘atuvchi mutatsiyalargina yangi paydo bo‘lgan o‘simta hujayralarga xavf solishi yoki o‘sishni tezlatishi mumkin. Ko‘plab keng tarqalgan o‘simtalar to xavfli holatga yetgunga qadar qo‘zg‘a- tuvchi mutatsiyalar soni yetarli darajagacha ko‘tarilish jarayoni 20-30 yilni tashkil qiladi. Qanday mutatsiya hodisalari o‘simta paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi? Saraton kasalligida sodir bo‘ladigan son-sanoqsiz molekulyar o‘zgarishlar bilan kurashishda insonlarga yordam berish, kasallikning asl mohiyatini tushunishlari uchun konseptual modellarni ishlab chiqishga qaratilgan katta ishlar qilindi. O‘simtalarning genetik beqarorlikni namoyish qilishi, ya’ni tasodifiy mutatsiya- larga moyilligi dalili bu mushkul vazifani yana ham mushkullashtiradi. Bu masalaga ishonarli yondashuv bo‘lgan “saratonning xususiyatlari” modeli 2000- yilda Hanahan va Veinberglar tomonidan ishlab chiqilgan. 2000-yilda bu 185 modelga qo‘shimchalar kiritilib yana ommaga taqdim etildi. Ularning firkicha, oddiy hujayraning saraton holatiga o‘tishi o‘z ichiga 10 tagacha bo‘lgan “saraton xususiyatlari” yoki biologik belgilarni va qulay imkoniyatlarni olib, ular xavfli o‘simta yoki matastazalarni qozg‘atadi. 1. O‘sish belgilarida mustaqillik. Onkogenes tushunchasini mashina haydash metaforasi bilan tushuntirish mumkin: transport vositasini oldinga yurg‘azish uchun gaz pedali bosilishi kerak. Oldinga intilishga bo‘lgan bu harakat - surunkali ko‘payish orqali o‘zini qo‘llab-quvvatlash - saraton hujayralariga xos xususiyatdir. Oddiy harakatsiz holatda, hujayralar toki biron tashqi turtki bo‘lgunga qadar noproliferativ holatda turadi. Bunday o‘sish omillari, odatda, o‘sish holatini “harakatga keltirish” uchun transmembrana retseptorlariga ta’sir qiladi. Tashqi o‘sish omillar to beligidan ozod bo‘lish - onkogenezda asosiy qadam bo‘lib xizmat qiladi: tashqaridan turtki olish o‘rniga, o‘simta hujayralari o‘z proonkogen signallarini ishlab chiqara boshlaydi 48 . Bu signallar hujayra yuza qismi retseptorlarini hujayra replikativ ichki qismi bilan bog‘laydi. Muhim onkogen yo‘laklaridan biri - Raf-Ras-MAP kinazasi bo‘lib, umumiy inson o‘simtalarining taxminan to‘rtdan bir holatida faol harakatda bo‘ladi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling