O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
8-BOB KIMYOVIY MODDALAR VA SARATON Saraton -halokatli, shu bilan birga turli xususiyatga ega holat bo‘lib, hujayra guruhlarining paydo bo‘lishi bilan ta’riflanadi, bu hujayra guruhlari hujayralarning shakllanishi va tarqalishini nazorat qilmaydi va mahalliy to‘qimalarga tajovuzkor hujum qilib, ularni qamrab oladi hamda atrofga metas-tazalar tarqalishiga olib keladi. Bu muhim o‘zgarishlar asosida yotgan mutatsiyalarni o‘rganish maqda- sida, zamonaviy toksikologiya fani bu mutatsiyalarga sabab bo‘layotgan kimyoviy moddalarni aniqlashga katta kuch sarflamoqda. Bunda asosiy e’tibor bioaktivatsiya kanserogenlari genomda noto‘g‘ri rivojlanadigan DNK - reaktiv metabolitlarini keltirib chiqaradigan mexanizm- larga qaratiladi. Bunday DNK adduktlari kimyoviy kanserogenlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ular yoki DNK polimerazi yordamida mutatsiyaga sabab bo‘lib, apoptozga olib keladi, yoki fermemtatsiya jarayonini boshidan o‘tkazadi. Bu DNK adduktlari inson va hayvonlarda kanserogenlarning ta’sirini aniqlab beruvchi qulay ko‘rsatkich ham hisoblanadi. Bu tushunchalar fanga ma’lum bo‘lgan inson kanserogenlari (masalan, vinilxlorid, asbest va aristolox kislotasi), hamda insonlarda saraton kasalligini keltirib chiqaradigan, ahamiyati aniq bo‘lmagan kimyoviy moddalar (masalan, akrilamid) ni o‘rganish bilan mustahkamlanadi. 1971-yil Amerika prezidenti Nikson AQSh qonunchiligiga Milliy Saraton Aktini kiritib imzo qo‘yish bilan “Saratonga qarshi kurash” harakatida tub burilish yasadi. Bu bilan mamlakatda saratonning kelib chiqishi hamda unga qarshi eng samarali vositalarni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlar boshlandi. 181 Bugungi kunga kelib bu ofatga qarshi kurashda erishilgan yutuqlarni hech kim aniq aytib bera olmaydi, lekin tanqidchilar qanchadan-qancha dori-darmon va usullarning besamara bo‘lganligiyu, muvaffaqiyatsizlikka erishgan tadqiqotlar haqida barilla gapirishadi. Shu bilan birga, yaqin yillarda insoniyat saratonni yenga olmasligi mumkin, lekin o‘smalarning paydo bo‘lishidagi kimyoviy omillar haqida fikrlarimiz kengaydi. So‘nggi o‘n yilliklar ichida zamonaviy toksikologiya kanserogen kimyoviy moddalarini va saratonga olib keluvchi omillarni aniqlashda sezilarli darajada ildamlashdi. 8.1-rasm. Saraton rivojlanishining an’anaviy namunasi - bitta hujayraning mutatsiya hodisasi orqali yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritib, birlamchi o‘zgarish- larda o‘simtalar uchun monoclonal kelib chiqish misolidir. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling