O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127
8.3-rasm. Qazib olinadigan yonilg‘i komponentlari, benzol, nitropirin 1, tamaki 
tutashidan hosil bo‘ladigan akrolein mahsulotlari, N nitrozamilari NNN va NNK 
lar kabi mashhur inson kanserogenlari ta’sirida paydo bo‘lgan DNK adduktlari 
vakillari.
1980-yillarda fan imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi va ilmiy 
izlanuvchilar DNK ning kalta kesimlarini sintez qilish imkoniyatini oshirib 
borishdi; bu kalta kesimlar oligodioksinukleotidlar deb nomlanadi va ular 
genetik zanjir ichidagi aniq nuqtalarda spesifik DNK adduktlarini saqlaydi. 
Dioksinukleotidlar qatorida adduktlar o‘rnini to‘g‘ri aniqlash uchun bu yonda-
shuv ustida ishlashga ilg‘or sintetik organik kimyo fani bilimlari zarur bo‘ladi.


195 
8.4-rasm. DNK ning guanin asosi turli endogen va ekzogen genotoksikantlari 
orqali biriktirilgan nukleofil maydonini o‘z ichiga oladi. (HKAlar = IQ, PhIP kabi 
oziq-ovqat sifatida olingan geterosiklik aminlar; 4-ABP = 4-aminibifenil) 
Proteinlarga beixtiyor shikast yetishining oldini olishga qo‘shimcha tarzda 
bunday reagentlarni bemalol o‘rganish imkoniyati kimyoviy mutagenezni 
o‘rganishning an’anaviy yondashuvlaridagi avvalgi cheklovlarni olib tashladi: 
barcha elektrofil kimyoviy moddalar (masalan, reaktiv metabolitlar) ko‘plab
DNK adduktlarini hosil qiladi va bu individual xarakterdagi adduktlarning 
mutagen xususiyatlarini to‘g‘ri tushuntirib berishni yana qiyinlashtiradi. 
Birinchidan, genetik zanjirning ma’lum qismlarida adduktlari mavjud bo‘lgan 
sintetik DNK ning bo‘lak qismchalarini bemalol o‘rganish imkoniyati, qo‘sh 
spiral o‘zgarishlarga moslashishi kerak bo‘lgan vaqtda namoyon bo‘ladigan 


196 
struktura buzilishlarini diqqat bilan o‘rganishga imkon berdi. DNK ning shikast-
lanishini kimyoviy o‘rganish ustidagi bu kabi ishlar odatda murakkab analitik 
yondashuvlarni, misol uchun, ikki o‘lchamli atom magnit rezonans spektro-
skopiyasini (2D-NMR) o‘z ichiga qamrab oladi.
3) DNK adduktlar va mutatsiyalar. Aksariyat DNK adduktlari DNK 
polimerazalari ta’sir qilmasidan oldin biologik jihatdan inert holatda bo‘lib, 
genomda qator nosozliklarni keltirib chiqaradi. Addukt keltirib chiqargan 
mutatsiyaning o‘sma hosil bo‘lishidagi roli DNK adduktlarining darajalari hamda 
kanserogen modda bilan zaharlangan hayvonlardagi nishon to‘qimalarda 
mutatsiyalarning uchrashi o‘rtasidagi bog‘liqlikda ko‘rinadi (quyiga qarang).
So‘nggi bir-necha o‘n yillik ichida spetsifik DNK adduktlarining mutagen 
xususiyatlariga oid bilimlar katta sur’atda kengaydi. Bunga asosan biologik ilmiy 
tajribalarda spetsifik DNK adduktlardan foydalanish hisobiga erishildi. Yuqorida 
aytib o‘tilgan 2D-NMR dan foydalanib olib boriladigan fizik izlanishlarga qo‘-
shimcha tarzda, bu reagentlar, adduktlarning tozalangan DNK polimerazalari bilan, 
shuningdek, shikastlanmagan hujayralar bilan sodda, hujayradan tashqari eksperi-
mental tizimdagi o‘zaro ta’sirlashuvini aniqlashga imkon yaratdi (8.7-rasm).
Sutemizuvchilarning hujayralari o‘zida ko‘p sonli polimerazalar tutgani bois 
(masalan, α, β, κ, μ ), organizmdan tashqaridagi sun’iy muhitda ilmiy izlanishlar
ayni DNK adduktini qaysi DNK proteinlari ta’sirlantirishini aniqlashga qaratilgan 
deyish mumkin (8.5-a rasm). Misol uchun, addukt qism qarshisiga DNK asosla-
ridan har birini muayyan polimeraza qanday tartibda joylashtirishini ko‘rish 
mumkin – buning uchun o‘rganilayotgan adduktni “mutatsiya spektri” ga
to‘g‘rilash zarur (8.5-a rasm). Muqobil ravishda, asoslar birikishi buzilishi 
kinetikasi, shunigdek, addukt yonidan cho‘zilib o‘tgan DNK praymerlari 
tayyorligi turli polimerazalar yorda-mida tekshirib ko‘rilishi mumkin. Asoslarning
noto‘g‘ri birikishini (misinsertion) aniqlashga qo‘shimcha sifatida bu tajribalar 
adduktlar DNK matritsasida polimerazalar ta’siri vaqtida xatolikka sabab 
bo‘ladimi, asoslar qatorida xatoliklarni (masalan, hisoblash ramkasi siljishi 
mutatsiyasi) keltirib chiqaradimi, degan masalalarni ochib beradi. 


197 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling