O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
9.1. Alkogol va inson kasalliklari Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari spirtli ichimliklar iste’moli oqibatlarini o‘rganish bilan band bo‘lgan bir paytda, zamonaviy toksikologlar alkogolning ayrim iste’molchilar tana a’zolariga qanday zararlar yetkazishini tushunish ustida izlanishlar olib bormoqda. Ikkinchi masala nuqtai-nazaridan, me’yorida iste’mol qilinadigan alkogolning yurak-qon tomirlariga foydasi surunkali ko‘p ichish bilan kechadigan uzoq davom etgan patologiya bilan muvozanatda bo‘lishi kerak. Dunyo bo‘yicha, har yili 2.5 million kishi ichkilik- bozlik bilan bog‘liq sabablardan vafot etadi. Bu Rim, Toronto yoki Beyrut aholisiga tog‘ri keladi. AQSh da ichkilikbozlik aholi orasida oldini olish mumkin bo‘lgan o‘lim sabablaridan uchinchi o‘rinda turadi. Ichkilikbozlikka berilishning iqtisodga ta’siri ham ancha sezilarli: kuzatuvlar natijasi 2006-yilda birgina AQSh da 257 milliard dollar zararni qayd etgan. Spirtli ichimliklar iste’mol qilishning muammo bo‘layotgan turlari ham juda yuqori: o‘rta hisobda, har 20 kishidan 1 tasida alkogolizm bilan kasallanganlik belgilarini kuzatish mumkin, bularni ichiga ichishni nazorat qila olmaslik, ichish bilan ko‘ngil xushlash, ichishni tan olmaslik va aniq kasallik belgilari bo‘la turib ichishda davom etishlar kiradi. AQSh alkogol ichimliklarining toksikligini o‘rganishga katta kuch va mablag‘ ajratishiga qaramasdan, bu muammo boshqa davlatlarda ham juda keng tarqalgan. Bu davlatlar orasida Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Meksika, Janubiy Afrika va Ukraina ko’p tilga olinadi. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan ta’minlanadigan Spirtli Ichimliklar va Sog‘liqni kuzatish Global Ma’lumot Tizimi axborotiga ko‘ra, spirtli ichimliklar kasalliklarning 60% dan ko‘prog‘ining keltirib chiqa- ruvchisi hisoblanadi. Bu 9.1-jadvalda ko‘rsatilgan. Bu kasalliklarga to‘laligicha alkogol sabab paydo bo‘lganlari hamda klinik belgilari asosida „ichkilikbozlik“ 217 tamg‘asi bosilganlari kiritiladi. Toksikologiya fani uchun ahamiyati katta bo‘lganligi sabab, mazkur bobda spirtli ichimliklar mavzusini mumkin qadar chuqurroq qarab chiqishga harakat qilamiz. 9.1-jadval Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling