O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   127
Nazorat savollari 
1. Saraton kasalligining kelib chiqishida kimyoviy moddalarning
ahamiyati haqida gapirib bering. 
2. Saraton terminologiyasi va biologiya o‘rtasidagi bog‘liqlik nimalar-
dan iborat? 
3. Saratonning molekulyar biologiyasi haqida tushuncha bering. 
4. Insonlarda saraton kasalligiga sababchi bo‘luvchi kanserogenlarning 
ro‘yxatini keltiring. 
5. Kanserogen moddalarning tasnifini aytib bering. Ularning bioaktivlik 
yo‘llarini tushuntiring. 
6. DNK adduktlari va mytatsiyalar deganda nimalar tushuniladi? 
7. Kimyoviy moddalarning saratonga aloqasini qanday tekshiriladi? 
8. Inson kanserogenlari nechta kotegoriyalarga ajratiladi? 
9. Vinil xlorid (VX) va polivinilxlorid (PVX) lar organizmlarga qanday
ta’sir qiladi? 
10. Zamonaviy toksikologiya DNK adduktlarining biologik taqdiri va
molekulyar xususiyatlarini o‘rganishda nimalarga e’tibor berdi? 
 
 
 


214 
9-BOB 
KUNDALIK ZAHARLANISH
 I: SPIRTLI ICHIMLIKLAR 
 
Yurak-qon tomiri tizimining sog‘lomligiga samarali foyda beradigan 
me’yorida sharob iste’mol qilish surunkali ichish odatiga aylanib, sog‘liqqa jiddiy 
xavf tug‘dira boshlaydi. Inson sog‘lig‘iga yetgan zarar, spirtli ichimliklarga 
mubtalolikning darajasiga ko‘ra „qisman“ yoki „toliq“ deb tasnif qilinadi. Birinchi 
guruhga gipertoniya va ko‘krak bezi saratoni kirsa, ko‘p toksikologik e’tiborni 
tortadigan ikkinchi guruh o‘z ichiga ichkilikbozlik bilan bog’liq jigar kasallik-
lari, ichkilikbozlik meopatiyasi, ichkilikbozlik nevropatiya va homilada alkogo-
lizm sindromlari kabilarni oladi.
Spirtli ichimlik tabiiy sharoitda murakkab metabolik yo‘lni bosib o‘tadi. 
Oqsillar va DNK adduksiyalari bu toksik elektrofilning zaharlanishida juda 
ahamiyatlidir. Alkogol yana etil-glyukoronid, etil-sulfat, etil efir yog‘ sulfati
kabi konyugativ metabolitlarni hosil qilish uchun nooksidlash metabolizmini 
boshdan kechiradi. Bu metabolitlar alkogol iste’moli biomarkerlar sifatida keng 
qo‘llanilmoqda, bundan tashqari, homilada alkogolizm sindromlarini tashxiz 
qilishda juda qo’l keladi.  
Insoniyat chirigan mevalar sharbati dilga xush yoquvchi ta’mga ega 
bo‘lishini uzoq asrlardan buyon biladi. Buning tarixi qadimgi Misrga, Serhosil 
Yarimoy (Yaqin Sharqdagi yarim oy shaklida bo‘lgan, hozirgi Siriya, Palestin, 
Iroq, Liviya davlatlari territoriyasida joylashgan tarixiy region bo‘lib, yeri unumli
va hosili mo‘l) mintaqasida yashovchi Shumer va Bobil xalqlaridan qolgan 
yozuvlarga borib taqaladi.
Keyingi ming yilliklar davomida spirtli ichimliklar yer yuzida eng ko‘p 
iste’mol qilinadigan ksenobiotik sifatida iste’mol bozoriga kirib keldi va eng 
yuqori cho‘qqini egalladi. Uning bunday ommabop bo‘lishi sababi faqatgina 
kishini shirakayf qilish xususiyati bo‘libgina qolmay, insoniyat tarixining 
aksariyat qismi jarayonida spirtli ichimliklar iflos, sifatsiz, mikrobli suvning toza 


215 
muqobili sifatida iste’mol qilingan. Bundan tashqari, ana’anaviy urf-odatlar 
doirasida, achitilgan ichimliklar diniy, madaniy hordiqda, bundan tashqari, tovar 
ayirboshlashda keng qo‘llanilgan.
Bunga qo‘shimcha qilib yana aytish mumkinki, xuddi bugungi kunimizda 
sodir bo‘layotganidek, qadimgi siyosatchilar spirtli ichimliklarga solingan soliq-
lar hisobiga davlat budjetini ko‘tarishgan; qadimgi Misr davlatining Ptolemey 
Dinastiyasi hukmronligida Kleopatra VII harbiy yurushlarni alkogol ishlab chiqa-
rilishidan yig‘ilgan soliqlar hisobiga ta’minlagan. Yaqin o‘tmishga nazar solsak, 
yigirmanchi asrda Sovet Ittifoqi harbiy kuchlarini vodka (aroq) savdo-sotig‘ining 
solig‘i hisobiga kengaytirgan. Qadimda alkogol ishlab chiqarilishi, uning iste’moli
haqidagi ma’lumotlar bilan birgalikda, manbalardan uning zarari haqida ogoh-
lantirishlarga ham guvoh bo‘lamiz. Masalan, Qadimgi Misrga tegishli diniy matn, 
Maksims va Anida, otaning og‘ilga alkogol ichishning kasofatlari haqidagi 
nasihatlari keltirilgan: “Erkak pivo ichgan uy - uy emas, chunki, sening og‘zingdan 
chiqayotgan so‘zlar takrorlanaveradi, bu juda ham yomon, sababi sen o‘zing nima 
deyotganingni bilmaysan. Bu holatda sen yiqilasan, suyaklaring sinishi mumkin, 
lekin senga yordam qo‘lini chozadigan biron kimsa bo‘lmaydi”. 
Qadimgi yozuvlarda alkogolning zararli oqibatlarini cheklashga qaratilgan 
chora-tadbirlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni ham topish mumkin. Bobilliklar, 
masalan, birinchilardan bo‘lib mayxonalar faoliyatiga qonun doirasida cheklash 
qo‘ygan. Grek, Rim, Ivrit va Hindu madaniyatida ham alkogol ichimliklari, uning 
zararli oqibatlari haqida yozuvlarni topish mumkin. Shubhasiz, o‘z tajribasidan 
kelib chiqqan holda, hammaga ma’lum bo‘lgan aysh-ishratlaridan so‘ng, qadimgi 
Isroilning qiroli Solomon, alkogol toksikologiyasi haqida tushunib yetgan, 
uning shunday so‘zlari bor: “Sharob qip-qizil bo‘lib qadohda o‘ynar ekan, unga 
qaram ang! So’ngra silliqqina ichingizga tushar ekan, ishonmang! Keyin u 
ilondek sizni chaqib, yovuzlarcha zaharlaydi!” (Hikmat 23; 31-32).
Bugungi kunimizning ko‘plab surunkali kasalliklardagi hissasini hisobga 
olgan holda, alkogol bilan bog‘liq toksikantlar eng ko‘p o‘rganilayotgan 
ksenobiotiklar qatoriga qo‘shildi. Mazkur bobda alkogol toksiklik tushunchasi 


216 
o’rganib chiqiladi, bunda asosiy e’tibor alkogolning jigarga, asab tizimiga, 
yurakka va homilaga salbiy ta’sirlariga qaratiladi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling