O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
dasturxoni sindromi, ya’ni ko‘p miqdorda ichilgan alkogol ta’sirida hayotda
ko‘z yumadilar. 4. Homilada alkogol sindromi. Alkogol bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kasalliklar va noxush oqibatlar ichida homilaga yetkazilgan zarar – jamiyat va shaxsga eng uzoq vaqt ta’sir o‘tkazadigan salbiy jarayondir. Embrionlik davrida rivojlanadigan murakkab modellar bosh miyani alkogol kabi neyrotoksik moddalarga juda sezuvchan qilib qo‘yadi 59 . Homiladorlik davrida iste’mol qilingan alkogol hali dunyoga kelmagan jonzodga salbiy ta’sir o‘tkazishi ko‘p madaniyatlarda ta’kidlanadi. Ayrim olimlarning qadimgi yozuvlardan olgan dalillarida, qadimgi Isroilda Filistin zulmiga qarshi kurashgan ibroniy askari Samsonga onasining bergan ogitini keltiradi: “Siz homilador bo‘lib, o‘g‘il farzand dunyoga keltirasiz. Shunday ekan, sharob ichishdan va noma’qul narsalar iste’mol qilishdan o‘zingizni tiying” (Hukm 13.7). Yana bitta misol tariqasida Arastuning quyidagi jumlasini olishimiz mumkin (asrimizdan oldingi 384-322-yillar): “Kaltafahm, ichuvchi va tovuq-miya ayollar o‘zlariga o‘xshagan ma’yus va so‘ligan bolalarni dunyoga keltirishadi”. Ancha davrdan so‘ng, o‘n sakkizinchi asrga kelib esa, Gin Graze Shifokorlar Uyushmasi Britaniya Quyi Palatasiga bergan axborotnomasida alkogol “haddan 59 Joya X et al. Determination of maternal-fetal biomarkers of prenatal exposure to ethanol: a review. J Pharm Biomed Anal. 2012;69:209–22. 232 tashqari zaif, nimjon va mantiqsiz bolalar tu’gilishiga sabab bo‘lmoqda” deb xabar bergan. Alkogolning homilaga salbiy ta’siri haqida ilk bor klinik xulosalar 1899-yil Villiam Sallivan tomonidan qamoqxonalardagi ayollarning zurriyodlarini kuzatishlari natijasida e’lon qilgan taqdidot ishida tilga olingan. Dahshatlisi shundaki, u kuzatuv ostiga olgan 600 ta chaqaloqdan 56 % yoki tug‘ilmasdan, yoki hayotining ilk 2 yili davomida nobud bo‘lishgan. Shifokorning kuzatuvlari xulosasi shu bo‘ldiki, tirik qolgan bolalarda keyinchalik alkogolning ta’siri yaqqol namoyon bo‘lib, ular jamiyatning foyda keltiradigan to‘laqonli vakillari qatoriga qo‘shila olishmagan. Bu tadqiqotlarga qaramasdan, alkogolning homila- ga ta’siri keng omma orasida doimiy e’tiborni o‘ziga tortib keldi. Vashington Universiteti olimlari Smith va Joneslar 1973-yilga Sietlda o‘zlarining “homilada alkogol sindromi” (HAS) haqida maqola nashr qilishga- nidan so‘ng esa, ingliz tili dunyosida bu kasallik yanada ko‘proq bahslarga sabab bo‘ldi. Alkogolga mubtalo bo‘lgan insonlar farzandlari bo‘lgan 8 ta alkogoldan zaharlangan bola tanlab olinib, ulardagi kasallik belgilari va simptomlari chuqur o‘rganib chiqilgach, mualliflar xulosasi quyidagicha bo‘lgan: “Onadagi alkogolizm homilaning rivojlanishiga jiddiy salbiy ta’sir o‘tkazadi, deb aytishimiz uchun bizdagi ma’lumotlar yetarli bo‘ladi”. Mualliflar hatto 1968-yilda Lemuan tomoni- dan Fransuz tilida nashr qilingan ivrit tadqiqotini ham misol qilib keltiradi. Hozirgi kunga kelib ham HAS bu sindromni to‘liq anglatsa ham, zamonaviy adabiyotlarda inson rivojlanishida alkogol zarari tashhisining murakkabligini ifoda qilish uchun homilada alkogol spektri buzilishlari termini ko‘p qo‘llaniladi. Tadqiqotlarning boshlanishidayoq mutaxassislar HAS ning asosiy uchta oqiba- tini aniqlashgan. Bular: bosh va yuz suyaklari anomaliyasi, o‘sishdan to‘xtash va asab tizimi rivojlanishida yetishmovchiliklar. Bu birlamchi tasnif o‘zgarishsiz qolar ekan, keyingi olib borilgan kuzatuvlar alkogol ta’sirining yana boshqa oqibatlarini ham aniqladi. HAS bugungi kunga kelib turli ichki a’zolar funktsiyasining buzilishi hamda homilaning nobud bo‘lishini ham o‘z zimmasiga oldi. Bundan tashqari, alkogol ta’sirida kelib 233 chiqadigan bu an’anaviy uchta oqibat aniq bo‘lishiga qaramasdan, neonatal (chaqaloq) pediatrlari alkogolning unchalik aniq bo‘lmagan holatlarini aniq- lashda qator qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. HAS ga noto‘g‘ri tashhis qoyish hollari ham ko‘p uchrab turadi. HAS ni to‘g‘ri tashhislay olishga to‘sqinlik qiladigan yana bitta muammo shuki, bolaga ona tomonidan bo‘lgan vositasiz ta’sir, ya’ni yomon ovqatlanish yoki qon-tomir kasalliklari bo‘lishi mumkin. HAS tashhisi sifatini yaxshilash maqsadida onaning alkogol iste’mol qilishini tekshiradigan biomarkerlar qo‘llanilmoqda. So‘nggi yillar davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuki, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning birinchi axlatidan oksidlanmagan etanol metabolizmi metaboliti darajasi alohida e’tibor ostiga olinishi kerak bo‘lgan bo‘lalarni aniqlab berish mumkin (9.2-rasm). Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling