O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2. Tamakiga aloqador kasalliklar haqida
- Kasallik Salomatlikka ta’siri va alomatlari
10.1-rasm. 1880-2004 yillar oralig‘ida sigaretalarning ommaviy ishlab chiqari- lishi oqibatida AQSh da jon boshiga to‘g‘ri keladigan turli tamaki turlari miqdorining o‘zgarishi. (Manba: Am J Prev Med .;33(6 Suppl):S318–26, G.A. Giovino, The Tobakko Epidemik in the United States, 2007, «Elsevier» analitik tashkiloti ruxsati bilan). 239 10.2. Tamakiga aloqador kasalliklar haqida Tamaki chekish inson va jamiyat sog‘ligiga ulkan zarar yetkazadi (10.1- jadval). Ayni damda dunyo bo‘ylab tamakiga aloqador o‘lim holatlari taxmi- nan 15000 ga yaqin. Agarda bugungi kunda chamasi 1,3 milliard chekuvchi borligi va kuniga ular safiga 100 ming odam qo‘shilishini inobatga olsak, statistika vaziyatning yanada ayanchli ekanligini ko‘rsatadi. Birgina AQSh ning o‘zida yiliga 400 ming ayni va sobiq chekuvchilar olamdan ko‘z yumsa, chekmaydigan amerikaliklarning 40 mingga yaqini atrofdagi chekuvchilar tarqatayotgan tutun sababli olamdan o‘tadi. 10.1- jadval Tamaki chekuvchilarda uchraydigan kasalliklar va holatlar (Manba: Am J Prev Med .;33(6 Suppl):S318–26, G.A. Giovino, The Tobakko Epidemik in the United States, 2007, «Elsevier» analitik tashkiloti ruxsati bilan) Kasallik Salomatlikka ta’siri va alomatlari Malignant neoplazma (“xatarli o‘simta”) O‘pka, hiqildoq, og‘iz, qizilo‘ngach, siydik pufagi, oshqozonosti bezi, buyrak, bachadon, oshqozon saratonlari; o‘tkir mieloid oq qon. Yurak-tomir kasalliklari Yurak-tomir kasalligi, miya kasalligi, ateroskleroz, va aorta anevrizmasi Kattalarda respirator (nafas) kasalliklari Surunkali o‘pka kasalligi, pnevmoniya, o‘pka faoliyatining erta ishdan chiqishi, nafas faoliyatning ishdan chiqishi alomatlari (masalan: yo‘talish, flegma, hansirash, nafas siqilishi), astma nazorati yomonlashishi. Yoshlardagi respirator kasalliklar O‘smirlikda va ulg‘ayganda o‘pka rivojlanishining zaiflashuvi va astmaga doir alomatlar (masalan: hansirash) Reproduktiv kasalliklar va homiladorlik davridagi holatlar Go‘dakning to‘satdan vafot etish sindromi, ayollarda bepushtlik, embrion rivojlanishining zaiflashuvi, kam vaznli chaqaloq tug‘ilishi, membranalarning erta buzilishi, anormal yo‘ldosh, muddatidan avval tug‘ish yoki qisqa muddatli homiladorlik, yangi tug‘ilgan chaqaloqda nafas olishning qiyinlashuvi Boshqa kasalliklar Katarakta (ko‘z xiralashuvi), tos suyagi bilan bog‘liq kasalliklar, suyak o‘sishinig sekinlashuvi, helikobakteri pilori musbat bo‘lgan bemorlarda oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, umumiy salomatlikning yomon-lashuvi (masalan: ishdagi davomatning kamayishi, tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojning oshishi), respiratorning yomonlashuvi sabab jarrohlik amaliyotining ta’siri ijobiy bo‘lmasligi 240 Garchi, tamaki chekishga aloqador o‘limlarning asosiy qismida yurak- tomir ishemiyasi va o‘pka saratoni uchrasada, o‘limga olib keluvchi kasllik- larning kamida 20 tasi chekishga odatlanib qolish ortidan ro‘y beradi. Chekish ortidan yuzaga keladigan jiddiy surunkali kasalliklar hozirgi kunda taxminan 9 million amerikalikning hayotiga nuqta qo‘yyapti. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra barcha chekuvchilarning taxminan 50 foizi, asosan chekishni o‘smirlik davrida boshlaganlar, tamaki tufayli hayotdan ko‘z yumadi. Ularda taxminan 50 foizi o‘rta yoshda, o‘rtacha umr davomiliyigidan 20-25 yil avvalroq olamdan o‘tadi. Chekishga aloqador o‘limlarning barchasini oladigan bo‘lsak, ulardan taxminan 39 foizi asosan yurak ishemiyasi sababli yuzaga keladigan yurak- tomir kasalliklari tufayli sodir bo‘ladi. Qolgan 37 foiz esa xavfli shish, ya’ni asosan traxeya, bronx yoki o‘pka saratoni tufaylidir. Chekish sababli yuzaga keladigan o‘limlarning 23 foizida saratonsiz respirator kasalliklar, jumladan, surunkali nafas siqilishi, bronxit va efizema uchraydi. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, AQSh da kattalarning o‘rtacha 18 foizi yurak-tomir kasalliklari, 30 foizi xavfli shishli saraton va 79 foizi surunkali respirator kasalliklari, ya’ni chekish sababli yuzaga keladi. 62 Tamakining zamonaviy jamiyatlar sog‘lig‘iga bu kabi xavf solayotgan bir paytda unga qarshi effektiv choralar ko‘rish zamonaviy toksikologiya fanining dolzarb mavzusi bo‘lib turibdi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling