O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   127
10.5-rasm. Kanserogen modda bo‘lgan PAU benzo[α]pirenning uning so‘nggi
DNK hosilasini shakllantiradigan diol-epoksid metabolitlariga bo‘lgan 
faollashuvidagi asosiy bosqichlar. 


260 
BaP reaktiv DNK dagi zarar yetkazuvchi metabolitlari shakllanishi uning 
saraton chaqirish xususiyati muqarrar bo‘lgan bir holatda genotiksik 
karsenogenlarning prototipi hisoblanadi. Yutilgan tutundan o‘pkaga so‘rilish 
natijasida, BaP 3-bosqich PAU biofaollashtirish jarayon orqali o‘zining asosiy 
genotoksik metabolitiga aylana oladi.
66
Birinchi bosqichda CYP1B1 kislorod atomini BaP ga mikrosomal 
epoksid gidroliz EPHX1 tomonidan keyinchalik 1,2-digidrosid metabolitlar 
(diollar) ga aylanadigan epoksiya turlarini shakllanishi uchun kiritadi. 
Ikkinchi CYP-katalizlangan bosqich yakuniy toksik metabolit, 7.8-9,10-
epoksid (BPDE) ni shakllantiradi. Ko‘plab epoksidatsiya jarayonlari uchrab 
turadigan bir paytda eng muhimlari BaP 7,8-diol-9,10-epoksidlari (BPDE lar) ni 
shakllantirishda diol guruhlaridan iborat bo‘lgan bir xil benzo bog‘larining 
oksiginatsiyasini qamrab oladi. Bu reaktiv elektrofillar saratonning kelib 
chiqishida muhim ravishda qatnashadi.
Chekuvchilarda diol epoksidlarining shakllanish kinetikasi borasida 
yaqinda o‘tkazilgan tekshiruvlardan biri shuni aniqladiki, qondagi konsentra-
tsiyalar sigaret chekishning 15-30-daqiqalarida o‘zining eng yuqori darajasiga 
ko‘tariladi. BaP ga ko‘ra stereokimyoviy mulohazalar 4 ta turli xil bo‘lgan 
izomerik 7,8-9-10-diol-epoksidlari shakllanishi mumkinligini isbotlab turadi. 
Vaholanki, ulardan atigi ikkitasi Salmonella testida mutagenik xususiyatni 
namoyish etgan bir paytda bittasi sichqon terisi o‘sma tekshiruvida o‘simtani 
keltirib chiqaradi. 
Diol-epoksidining DNK bilan reaksiyalari xususan 2′-deoksigenosin (N
2

yoki 2′-deoksiadenozin (N
6
) tomonidan qamrab olingan egzosiklik aminlar
(-NH
2
) guruhini keltirib chiqaradi. Bu hosilalar DNK replikatsiyasi jarayonida 
samaradorlik bilan o‘rniga qo‘yish mutatsiyasiga o‘zgaradi (ya’ni, G→T va 
A→T mutatsiyalari BPDE - munosabatdagi hujayralarda tez-tez paydo bo‘lib 
turadi). Garchi yirik PAU hosilalari ba’zida replikatsiyaga to‘sqinlik qilsa-da
66
Kasiviswanathan R et al. Translesion synthesis past acrolein-derived DNA adducts by human mitochondrial DNA polymerase 
γ. J Biol Chem. 2013;288:14247–55.


261 
harakati yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan polimerlar DNK tartibiga xatolik-
larni keltirib chiqargan holda bu jarohatlangan joylar yonidan o‘tishi mumkin 
(ya’ni, “xatolik yuz bergan o‘tish”). Mutatsiyalar miqdoriga yana qo‘shimcha-
siga PAU hosilasi o‘rin olgan DNK tartibida yonma-yon joylashgan nukleotid-
lar ham ta’sir etadi. Karsenogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan PAU lar tez-tez 
o‘sishni normallashtirib turuvchi proto-onkogenez yoki o‘simtani yashiruvchi 
genlardagi “qaynoq nuqtalar” da mutatsiyalarga sabab bo‘lib turadi.
Ras oilasi vakillari (masalan, K-Rasdagi kodon-12) yoki o‘simtani beki-
tuvchi p53 lardagi qaynoq nuqtalarda uchraydigan, PAU lar keltirib 
chiqargan mutatsiyalar o‘pkadagi tamaki karsenogenligida ayniqsa ahamiyat-
li hisoblanadi. Hosila shakllanishi DNK ning ikki tomonlama burchagi PAU 
ning katta bir qismiga moslashish uchun katta qayishishni boshdan kechirishiga 
ishonch hosil qiladi. Naijada kelib chiqqan DNK molekulasining ushbu shakl 
o‘zgarishi garchi protienlarning jarohatlangan sohalarni yo‘qotishdagi samara-
dorligi qisman hosilaning stereokimyosi va u yashaydigan yonma-yon
joylashgan tartib hisobiga amalga oshsa-da, genomni nazorat qiluvchi NER 
protienlarinig tanishiga sabab bo‘ladi. PAU hosilalari shuningdek, o‘sishning 
to‘xtashi va ko‘payayotgan hujayralarning hujayra doirasining G1 fazasidan S 
fazasiga tashilishini to‘xtatib qoyilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
O‘sishi to‘xtatib qoyilgan holat DNK hosilalari yig‘ilishiga vaqt oladi 
yoki DNK da yirik shikast aniqlansa, hujayralar apoptoz orqali tanadan 
chiqarib tashlanishi ham mumkin. O‘simtani bekituvchi p53 apoptotik va anti-
apoptotik yo‘laklarni, NER yo‘llarini va o‘sishni to‘xtatib qoyuvchi bog‘lam-
larni normallashtirib turuvchi murakkab harakatlardan foydalangan holda 
DNK hosilalaridan tashkil topgan hujayralarning asosiy tashkillashtiruvchisi 
hisoblanadi. Kuchlanish faollashtirilgan kinaz, p38 MAPK, ham PAU ko‘r-
satilgan genomlarni o‘z ichiga oladigan hujayralarni normallashtirib turadi. 
PAU keltirib chiqaradigan mutatsiyalariga yana bir usul DNK dagi 
“non-informatsional” joylarni keltirib chiqaradigan ifloslanish jarayonlari orqali 
boradi. Bu shikastlanishlar diol-epoksidi yo‘lagiga turl ixil metabolik usullar 


262 
orqali ko‘tarilishi ehtimoli bor. PAU metabolizmining boshqa kichik-kichik
yo‘llari 1-elektron oksidlangan radikallari bilan bir qatorda orto-kenonlar 
oksidlanish-qaytarilishining shakllanishini o‘z ichiga oladi. Misol uchun, PAU 
ning radikal metabolitlari asoslani shakar-fosfat DNK zanjiriga mahkamlovchi
N-glikozil suyagini kuchsizlantirish bilan deoksigenozin yoki deoksiadenozin 
qoldiqlarida turg‘un bo‘lmagan hosilalarni shakllantirishi mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ifloslanish orqali hosil bo‘lgan, hosilaviy asosning 
yo‘qotilishi DNK polimerlari tomonidan replikatsiya davomida normal 
namuna rolini namoyish etolmaydigan “tuban o‘rin” larni shakllantiradi. Ikkin-
chisi, odatda, bu o‘rinlarga ishlov berishda, ya’ni DNK sintezini amalga oshishini 
ta’minlagan holda deoksiadenozinni kiritishda “A-qoida” ga amal qiladi. Bu 
xavfli urinishlar natijada to‘g‘ri tartibni shakllantirish uchun to‘g‘rilash 
yo‘laklariga bog‘liq. Bu turdagi ifloslanish hodisalari PAU lar tomonidan 
mutatsiyalarni keltirib chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 
2) Tamakining belgilangan N-nitros aminlari (TBNA). Nikotin tamaki 
tutunidagi tobe’ qilib qo‘yuvchi asosiy komponent bo‘libgina qolmay, yaxshi 
o‘rganilgan karsenogenlarning muhim sinfi, N-nitroz aminlarini o‘z ichiga
oluvchi bir qancha yuqori darajada zaharli bo‘lgan ximikatlarning kimyoviy 
o‘tmishdoshi ham hisoblanadi (10.6-rasm). NNN nikotinning N-demetilatsiyasi 
bilan boshlanadigan va pirrolidin halqali nitrogenning nitrozatsiyasini ergashtirib 
keladigan 2-bosqich tartibi orqali shakllanadi. Biroq NNK N-metil pirrolidin 
halqasining ochilishini keltirib chiqaradigan bevosita nitrozatsiya bosqichi orqali 
shakllanadi (10.6-rasm).
Tamaki tutuni shuningdek, ba’zi bir kemiruvchi turlarda o‘pka saratonini 
keltirib chiqaruvchi N-nitrisoditilamin singari “generik” N-nitros aminlardan 
tashkil topgan, biroq ularning sigaret tutunidagi darajalarining nikotindan 
ajralib chiqqan tamakining belgilangan N-nitros aminlari bilan bog‘liqligi past 
hisoblanadi. Tamaki mahsulotlaridagi TBNA konsentratsiyalari ko‘pincha 
boshqa yegulik mahsulotlaridagi generik N-nitroz aminlarining konsen-
tratsiyasini yirik miqdorda oshirib yuboradi. TBNA garchi sanoatdagi 


263 
tashabbuslar ba’zi bozorlarda bu muammoning ko‘lamini kamaytirgan bo‘lsa 
ham turli xil “tutunsiz” tamaki mahsulotlarida, ayniqsa, AQSh va Yevropada 
sotiladigan nam burunaki tamakining ba’zi brendlari uchun beriladigan xabarlar 
bilan yanada yuqori darajada uchraydi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling