Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
SEVINCH KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- QIZINING “SPORT VA HARAKATLI O’YINLAR O’QITISH METODIKASI ” FANIDAN KURS ISHI MAVZU :HARAKATLI O’YINLAR ORQALI SPORT O’YINLARI
- MUNDARIJA Kirish
- Xulosa
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “ SPORT VA CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM “ FAKULTETI “JISMONIY MADANIYAT XOTIN-QIZLAR SPORTI “ 22/1 GURUH TALABASI BEKMURODOVA SEVINCH QIZINING “SPORT VA HARAKATLI O’YINLAR O’QITISH METODIKASI ” FANIDAN KURS ISHI MAVZU :HARAKATLI O’YINLAR ORQALI SPORT O’YINLARI ELEMENTLARINI O’RGATISH BAJARDI : 22/1 guruh talabasi Umarova O QABUL QILDI : Buvarayeva G CHIRCHIQ -2023 2 MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………………..3 I BOB. Harakatli o‘yinlarining vojudga kelishi va rivojlanish tarixi 1.1 Milliy harakatli o'yintarining rivojlanish xronologiyasi………………..5 1.2 Xalq harakatli o’yinlarini Milliy harakatli o'ytnlarming tiklanishi va shakllanishi 1. 3 O’qituvchi — harakatli o‘yinIar tashkflotchisi va boshqaruvchisi II BOB. Harakatli o'yinlarga o'rgatish uslubiyati 2.1 Harakatli o'yinlarga dastlabki o'igatishning psixopedagogik ahamiyati. O‘rgalish bosqichlari va uslublari. 2.2 Harakatli o'yinlar fanini o'zlashtirish, o'yinlarga o'rgatishda qo'llaniladigan namunaviy texnologik xaritalar Xulosa………………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………… 3 Kirish Mamlakatimiz o‘z erkiga ega bo‘lgandan so‘ng, ijtimoiy hayotimizning turli jabhalarida, xususan, sport sohasida ham keskin o'zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Ayniqsa, yurtboshimiz sport sohasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratdi. Bu bejiz emas, albatta. Sport — sog‘lom muhitni yaratishda, yosh avlodni har tomonlama jismonan va ma’nan kamol toptirishda hal qiluvchi kuchga ega. Sababi, biz hamon taraqqiyot sari ketayotgan ekanmiz, hali yo‘limizda yechilishi kerak bo‘lgan ta’limiy muammolar talaygina. Masalan, shu kunlarda hayot talabi va tarbiya uslubiari o‘rtasida qandaydir zaiflik, bo‘shliq mavjud. Binobarm, mana shu bo‘shliqni to‘ldixish uchun xalqimizning bebaho an’analari, noyob qadriyatlaridan hisoblanmish xalq harakatli o‘yinlari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari muhim o‘rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jismoniy tarbiya, sportning milliy turlarini va harakatli o‘yinlami rivojlantirish hamda takommillashtirishga e’tibor kuchaydi. Xususan, mamlakatimiz mustaqilligining dastlabgi yillarida qabul qilingan bir qator Qonun, Farmon hamda qarorlar ham buni yaqqol isbotlab turibdi. Masalan, 0 ‘zbekiston Resublikasining Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi Qonunining qabul qilinishi (04.09.2015) mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida muhim voqea bo’ldi. Bu Qonun yurtimizda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining huquqiy asosini yaratdi. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasi tomonidan Taraqqiyotning har qanday bosqichlarida ham katta avlod vakillari kenja avlod vakillari uchun yordam qo‘llarini cho‘zib, imkon qadar, o‘z to‘plagan bilim va tajribalarini sevimli mashg‘ulotlariga bo'lgan munosabatlarini yoshlarga ham tinmay o’rgatib,tadrijiy bog‘lanishni vujudga keltirdi. Natijada, yoshlarda jismoniy tarbiyaga bo’lgan intilish kuchayib,bu hoi odatiy bo‘lib borgan. Agar xalq harakatli o’yinlarinisinchiklab o'rganadigan va ularning har birini ko'rib tanishadigan bo’lsak, nafaqat ko’zingiz quvnaydi, balki bu qalbingizga.Ma'naviy yetuklik, jismoniy barkamollik tuhfa etadi. 4 Harakatli o’yinlar bolalar va o’smirlarni tarbiyalashda eng muhim va amaliy vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Harakatli o’yinlar turli xarakterdagi to’siqlarni yengish hamda har xil xislat va qobiliyatlarni ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan jismoniy mashqlarning turli kompleksini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda bolalarga quvonch baxsh etadigan musobaqa momentlari ham harakatli o’yinlar jumlasiga kiradi. Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o’yinlari taqlid qilish xarakteriga ega bo’ladi. Bola tevarak-atrofdagi borliqni kuzatadi, uning elementlarini o’yinga kiritadi va shu o’yin vositasida o’zini qurshab turgan olamni bilib oladi, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo’ladi. O’quvchi turmushdagi, mehnat sohasidagi, tabiat hodisalari va jonivorlar hayotidagi har xil narsalarni taqlid qilib o’ynash bilan bu hodisa va harakatlarning ma’nosiga tushuna boradi, asta-sekin hayotiy tajribaga ega bo’ladi, qiyinchiliklarni yengishga o’rganadi, unda harakat ko’nikmalari hosil bo’ladi va uning tasavvurlari boyib boradi. 5 Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling