Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti logopediya yo’nalishi 102-guruh talabasi bekmurodova sevinch


Download 281.66 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi281.66 Kb.
#1193305
  1   2   3
Bog'liq
DIQQAT HAQIDA. BEKMURODOVA SEVINCH

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI LOGOPEDIYA YO’NALISHI 102-GURUH TALABASI BEKMURODOVA SEVINCH

  • TASHKENT-2022


DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING NERV-FIZIOLOGIK XOSSALARI
Reja:
1. Diqqatning mohiyati.
2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari.
3. Diqqatning vazifalari va turlari.
4. Diqqatning xossalari.
5. Diqqatning rivojlanishi.
P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to'plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi.
Diqqat deb ongni bir nuqtaga to'plab, muayyan bir ob'ektga faol qaratilishiga aytiladi.
Fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning «diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o'tib kiradi» degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi.
Yo'naltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob’ektni ihtiyoriy va beihtiyoriy tanlash tushuniladi.
Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo'llab-quvvatlash tushuniladi.

Diqqat odatda o'zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga ega bo'lib ular quyidagilardan iborat:

  • Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.
  • Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to'htaydi. Jiddiy diqqatning hususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir.
  • Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi.

Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan mahsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov mahsus ibora bilan «bu nima gap refleksi» deb ataladi. Ana shu refleks odatda organizmga to'satdan birorta yangi narsaning ta'siri orqali hosil bo'ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi
«Miya yarim sharlarining optimal qo'zg`alishga ega bo'lgan qismida –deydi I.P.Pavlov, – yangi shartli reflekslar engillik bilan hosil bo'ladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo'ladi. Shunday qilib, optimal qo'zg`alishga ega bo'lgan joy ayni choqda bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo'ladi. Miya yarim sharlarining sust qo'zg`algan boshqa ?ismlari bunday hususiyatga qobil emas. Ularning ayni choqda funksiyasi juda nari borganda tegishli qo'zg`ovchilar asosida ilgaridan hosil qilingan reflekslarni qayta tiklashdan iboratdir».

Download 281.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling