O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   127
 
10.7-rasm. DNK zararlovchi metabolitlarining tamaki NNK kanserogen-laridan 
shakllanishi nitros amin guruhiga yonma-yon bo‘lgan yoki metil yoki metilen 
guruhining CYP-katalizlangan gidroksilatsiyasidan boshlanadi. Bular ikkita 
hosila beruvchi aniq yo‘laklarni aks ettiradi: “DNK metilatsiya yo‘lagi” (metilen 
guruhining oksidlanishidan shakllangan) va “DNK piridoksobutilatsion yo‘lak” 
(metil guruhining oksidlanishidan kelib chiqqan). Har bir yo‘lakdan DNK 
hosilalarining o‘pka kanserogeneziga qo‘shadigan hissasi yuqori. 


268 
Garchi NNN NNK metabolizmidan shakllanadigan metil tarqatuvchi 
moddalarni keltirib chiqaruvchi α-metilen oksidlanishida shubha ostida bo‘lmasa-
da, u pirrolidin halqasida reaktiv gidrosid metabolitlarini shakllantirish uchun 
CYP-katalizlangan gidroksidatsiyani boshidan o‘tkazadi. Bu yo‘nalish (2′-OH-
NNN) orqali shakllangan bitta α-gidroksinitros amin NNK uchun tasvirlangan 
piridiloksobutillash yo‘lagiga o‘xshash tarzda DNK va proteinlarga zarar 
yetkaza oladi. NNN shunday qilib tamaki chekuvchilarda aniqlangan piridil-
oksibutil DNK va protein hosilalarining shakllanishiga hissa qo‘shuvchi 
hisoblanadi. 
3. Aromatik aminlar. Toksikologiya tarixining ochilish qismidagi
so‘rovlar siydik pufagi rakini XIX asr Olmoniya tekstil fabrikalarida aromatik 
aminlarning kasbiy jihatdan soladigan xavfi bilan yonma-yon uchraydigan xavf 
sifatida qarashda Lyudvig Rehnning roliga urg‘u bergan edi (1-bob, 1.4.2-
bo‘lim). 
Bu kuzatishlar va boshqa tadqiqotlar sababli aromatik aminlarning sintezi 
va ishlatilishi XX asr davomida kamaydi. Misol uchun, bu kimyoviy sinfning 
prototipik a’zosi, 4-aminobifenil (4-ABP), garchi uning AQSh dagi mahsulot-
lariga 1950-yillarda rasman nuqta qo‘yilgan bo‘lsa-da, rezina shinalar va
sintetik bo‘yoqlar ishlab chiqarilishi vaqtida keng miqyosda qo‘llanilgan. Bu
urinishlarga qaramay, uning tamaki tutunida mavjudligi shuni ta’kidlaydiki,
4-ABP ning insoniyatga xavfi bugunning dunyosida ham saqlanib qolmoqda. 
Shuningdek, yonib turgan sigaretdan chiqib turgan tutundagi 4-ABP 
konsentratsiyalari kashanda o‘pkasiga ketayotgan tutundan sezilarli miqdorda 
oshiqligi sababli, ikkilamchi tutun orqali solinadigan xavf potensiali yirik 
miqdorda hisoblanadi. 
Shuning uchun ham Goffman va uning hamkasblari birgalikda olib borgan 
klassik tadqiqotlar shuni isbotladiki, kashanda o‘pkasiga ketadigan tutunda
4-ABP darajalari har sigaretda filtrsiz 2.4-4.6 ng atrofida va filtr bilan 0.2-23 ng 
ni tashkil etadi, modomiki, sigaretdan chiqib turgan tutun har bir sigaretda 140 ng 
ni tashkil etardi. Bir oyning o‘zida, turar-joylarda atrof-muhit tamaki tutuni


269 
ta’sirida xavf ostida qolgan chekmaydigan kishi xuddi ular standart 20 ta sigaret 
chekkandek qiyosiy olganda 4-ABP dozani yutishi mumkin. Tamaki tutuni
4-ABP bilan bir qatorda bir qancha boshqa aromatik aminlardan (masalan, orto-
toluidin va 2-naftilamin – 10.9-rasmga qarang) tashkil topganligi sababli, bu
birikma sinfi chekish bilan aloqador bo‘lgan siydik pufagi rakiga kuchli tarzda 
hissa qo‘shadi. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling