O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   127
10.6-rasm. Tamakiga ishlov berish va sigaretning yonish jarayonlarida 
nikotinning nitrozatsiyasi N-nitrosonornikotin (NNN) and 4-metilnitrosamino 
(NNK)-1-(3-piridil)-1-(butanon) kabi kanserogenik tamakining belgilangan nitroz 
aminlarini keltirib chiqaradi. 
NNN va NNK o‘zlarining yirik miqyosdagi karsenogenlik xususiyati 
tufayli ko‘p e’tiborni jalb etsa-da, tamakida ko‘p sonli TBNA lar uchraydi 
(masalan, NNN (N-nitrosonornikotin), NNK((4-metilnitrosamino)-1-(3-piridil)-1-
butanon) , NAB (1-nitrosoanabazin) and NAT ( N-nitrosoanatabin)). Har ikkala 
birikma, ayniqsa, NNK ning kalamushlar, sichqonlar va olmaxon singari 
turlardagi o‘pka karsenogenlariga ta’siri juda yuqori. NNK ning zamonaviy 
toksikologiyaga ma’lum bo‘lgan eng katta ta’sirga ega bo‘lgan va qayta-qayta 
yangilanaveradigan o‘pka karsenogeni ekanligi bahslarga sabab bo‘lishi 


264 
mumkin.
NNN va NNK ning eng kam dozalarigina hayvonlarda o‘pka rakini 
keltirib chiqaradi (masalan, o‘simtalar normal chekish holatlari ostida 
chekuvchilar tomonidan erishilganlariga o‘xshaydigan muqobil turlarni o‘lchov-
chi dozada paydo bo‘ladi). Buning ustiga, ba’zi konserogenlarga oxshamagan
holda, NNN va NNK “yovvoyi turdagi” labaratoriya hayvonlarida 
karsenogenlarga bo‘lgan ta’sirchanlikni oshirishda genetik manipulatsiyaga 
bo‘lgan ehtiyojsiz ham o‘simtalar keltirb chiqaradi (masalan, DNK ning 
tuzuvchi genlari yoki o‘smani bekitadigan genlarning ochirilishi).
NNN va NNK shuningdek, nafaqat o‘pkada, balki burun to‘qimalarida, 
jigar va me’da osti bezi singari chekuvchilarda o‘sma paydo bo‘lishiga qarshilik 
ko‘rsatishi qiyin bo‘lgan organlarda o‘sma chaqirish bilan multi-organ 
kanserogen hisoblanadi. 
TBNA yaqinda qadoqlangan tamaki tarkibida kam miqdorda mavjud 
bo‘ladi va asosan, tamaki yonish jarayoni bilan bir qatorda barglarni olinishi, 
ishlov berish va quritish jarayonlarida ham shakllanadi. TBNA miqdorini 
sezilarli tarzda pasaytiradigan tamakiga ishlov berishning tartibi mavjud, 
biroq bu xavfsizlantiruvchi usullarning savdoga oid tamaki ishlab chiqarishda 
keng qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligi noma’lum. TBNA miqdori tamaki 
sifatiga ko‘ra farq qiladi va nikotinning nikotin demetilatsiyasi uchun kamay-
tirilgan sig‘imli variantlari odatda, past TBNA miqdorini ishlab chiqaradi. 
Tamaki yonish jarayonida TBNA ning shakllanishi biroz kutilmagan 
bo‘lishi mumkin va ahamiyatga molik xilma-xilliklar sigaret ishlab chiqarilgan 
mamlakatga qarab sigaret yonib turganda chiqadigan tutun va kashandaning 
o‘pkasiga ketadigan tutunda ayon bo‘ladi. Umuman olganda, tutun orqali 
tashiladigan NNN ning darajalari NNK nikidan oshiqroq bo‘ladi. Turli xil 
sigaretlarda NNN darjalarining xalqaro qiyoslamalari ishlab chiqarilish 
mamlakatlariga bog‘liq tarzda NNN va NNK darajalarida anchagina xilma-
xilliklarni aniqladi.
NNN va NNK metabolizmi insonlarda va boshqa turlarda chuqur 


265 
o‘rganilgan. Ko‘p sonli metabolitlar denitrozatsiya yo‘laklari, N-oksidatsiyasi 
yoki piridin halqasining gidroksilatsiyasi orqali shakllanadigan soni jihatdan 
kichik mahsulotlari o‘z ichiga olgan holda xabar berildi. NNK jihatdan asosiy 
natija karbonil guruhining NNAL (4-(metilnitrosamino)-1-(3-piridil)-1-butanol) 
ni shakllantirish uchun qisqarib ketishini qamrab oladi. Keyin NNAL turli xil 
NNAL-glusuronidlarni shakllantirish uchun tuslanishli metabolizmni boshdan 
kechiradi. NNAL va uning glusuronidlangan metabolitlari tamaki tutunining 
keng qo‘llaniluvchi biomarkerlari hisoblanadi. Chekmaydiganlardan (masalan, 
kashandalar bilan bir uyda yashovchi bolalar va oila a’zolari, kazinolar, 
barlar, restoranlardagi mijozlardan) olingan qon va siydik namunalaridagi 
NNAL-glusuronidlarini fosh etib tashlash ba’zi mamlakatlarda jamoat joylarida 
chekishning kamaytirilishida ko‘makchi bir vosita bo‘lgan edi. Bir bog‘liq 
birikma, izo- NNAL yuzalarda yig‘ilib qolgan (“uchlamchi” tamaki tutuni deb 
nomlanadigan) tutun xavfining muhim bir biomarkeri hisoblanadi. 
Kanserogenlarning ko‘rinishidan NNK ning asosiy metabolik natijasi 
CYP fermentlari tomonidan α-gidroksilatsiyasini qamrab oladi. Bu oksidlanish 
reaksiyalari NNK tomonidan qamrab olinadigan ochiq halqali zanjirdagi nitroz 
amin guruhiga bog‘langan metil yoki metilen guruhlarini keltirib chiqaradi 
(rasm 10.7). Bu aniq gidroksilatsiya hodisalari NNK xavfi davomida, ya’ni 
α-metilen gidroksilatsiyasi yo‘laklari mahsulotidan paydo bo‘ladigan metil 
hosilasi hamda α-metil gidroksilatsiyasi yo‘lagi orqali shakllanadigan 
piridiloksobutil hosilalari xavfida to‘qimalardagi proteinlarda (masalan, 
gemoglabin) yoki DNK da shakllanadigan hosilalarning ikki asosiy sinfini 
keltirib chiqarganliklari bois ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Birinchi o‘rinda, NNKning α-metilen gidroksilatsiyasi DNK ni metal-
laydigan reaktiv metil tarqatuvchi modda, metandiazogidroksidni shakllantirishda
parchalanib ketadigan turg‘un bo‘lmagan α-gidrosid meta-bolitni keltirib 
chiqaradi. Bu yo‘lakda shakllangan DNK hosilalari shakllanishi NNK 
munosabatdagi inson hujayralarida ham hayvon to‘qimalarida ham yaqqol 
ko‘rinib turadigan 7-metil- deoksigenozin, O
6
-metil-deoksigenozin va O
4
-metil-


266 
deoksitimidinlarni o‘z ichiga oladi. Agarda DNK ning tuzuvchi proteinlari 
tomonidan to‘g‘rilanmasa, O
6
-metil-deoksigenozin singari hosilalar bo‘linish 
orqali ko‘paygan DNK molekulalarida tez-tez G→A tranzitsiyalari uchrab 
turishini isbotlagan holda, DNK polimerlari replikatsiyasi jarayonida 
deoksitimidin bilan nomunosib bo‘lgan “juftlashish” ni boshdan o‘tkazishi 
mumkin. Garchu bu kabi mutatsiyalar xato juftlangan to‘qimalarni tuzatuvchi 
yo‘laklar tomonidan to‘g‘rilasa bo‘ladigan bo‘lsa-da, tamaki chekuvchilarning 
o‘pka o‘smalarida faollashtirilgan onkogenezlardagi bu kabi o‘rindoshlarning 
o‘ta ko‘p tarqalganligi shuni ta’kidlaydiki, metillangan DNK bazasi shikast-
lanishlarining barchasi ham samarali ravishda tuzatilaverilmaydi. 
NNK ning α-metil gidroksilatsiyasini qamrab oladigan muqobil yo‘laklar 
turli xil piridiloksobutil hosilalarini shakllantirishda DNK va proteinga zarar 
yetkazadigan turg‘un bo‘lmagan elektrofillarni keltirib chiqaradi (10.7-rasm). 
DNK bilan reaksiya davomida piridiloksobutil hosilalari deoksigenozin, 
deoksisitozin va deoksitimidin bilan bo‘ladigan reaksiyalar orqali shakllanadi 
(10.7-rasm, faqat N-7 genin hosilasini ko‘rsatadi).
Kanserogenezdagi bu turlarning roli yuqorida muhokama qilingan metil-
langan asoslarga qaraganda yomonroq o‘rnatilgan bo‘lsa-da, dalilning bir necha 
yo‘nalishlari piridil-oksobutil DNK hosilalarining tamaki kanserogenezida 
qatnashishini qattiq ta’kidlaydi. Masalan, piridiloksobutil DNK hosilalari NNK 
munosabatdagi kemiruvchilarning o‘smaga moyil to‘qimalaridan ajratib olingan 
DNK da uzoqqa cho‘ziladigan shikastlanishlar sifatida fosh etilgan.
Piridiloksobutillangan hosilalarni shakllantiradigan moddalarning ham 
Salmonella testi yoki sutemizuvchilar tekshiruvlarida metagenikligi aniqlandi. 
Piridiloksobutil hosilalari, shuningdek, NNK mutagenezidagi sinergistik effektni 
cheklagan holda zararlangan DNK dagi metillangan asoslarni tuzatadigan 
metiltransferaza fermentlarining oldini oladi. Va nihoyat, insoniyat ustida 
o‘tkazilgan tadqiqotlar o‘pka raki bilan og‘rigan chekuvchilarning to‘qimalarida 
bu kasallikka duchor bo‘lmagan kashandalar bilan qiyoslaganda piridilokso-
butil DNK hosilalarining yuqori darajasini aniqladi.


267 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling