O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.7. Xulosa
- Inson
9.2-rasm. Ahamiyatsiz oksidlanmagan metabolizmning bir necha usullari turli
klinik va sud jarayonlariga foydali biomarkerlar bo‘lgan etanol metabolitlarini yuzaga keltiradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning birinchi axlatidagi 2 mmol/gr dan ortiq bo‘lgan etilglyukuronid onaning homiladorlik davrida alkogol iste’mol qilganidan darak beradi. 234 9.7. Xulosa Zamonaviy tadqiqot vositalarining ixtirosi va ishlatilishi, surunkali alkogol iste’moli bilan bog‘liq ko‘p qirrali sog‘liqni saqlash muammosini o‘rganishga qaratilgan zamonaviy toksikologiya paradigmasi, inson sog‘lig‘iga ta’sir o‘tka- zuvchi bu ichimlikning ijobiy natijalari borasida ham tengsiz ilmiy ma’lumotlarni berdi. Kayfiyatni ko‘taruvchi bu mashhur suyuqlik yoqimli va kuchli xusu- siyatlarga ega bo‘lib, uning sog‘liqqa zarari haqida qancha gapirilmasin, ichuvchilar sonining sezilarli darajada kamayishiga hech qanday ta’sir qila olmaydi. Qanday bo‘lmasin, alkogol va uning ustida olib borilayotgan tadqiqotlar davom etar ekan, ular bizga genetik kelib chiqishlari va ichishni odat qilgan kishilarni aniqlay olishimizda ko‘mak bersa ajab emas. Bu bilimlarimizni dorishunoslik, parxez va sog‘lom turmush tarsi strategiyalarini rivojlantib, alkogol bilan bog‘liq kasalliklarga qarshi kurashda ishlatish – Inson sog‘lig‘i haqida qayg‘urish borasidagi eng muhim bo‘lgan toksikologik izlanishlarga keng imkoniyatlarni ochib beradi. Nazorat savollari 1. Spirtli ichimliklarning inson sog‘lig‘iga ko‘rsatadigan zararlari haqida nimalarni bilasiz? 2. Zamonaviy toksikologlarning alkogol va inson kasalliklari to‘g‘ri- sidagi fikrlari qanday? 3. Bugungi kundagi spirtli ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasi qadimgi usullardan nimasi bilan farq qiladi? 4. Alkogolning toksikokinetikasi tushuntirib bering. 5. Alkogolning metabolizmi haqida tushuncha bering. 6. Alkogolning molekulyar toksikligi deganda nimalarni tushunasiz? 7. Alkogol ta’sirida kelib chiqadigan jigar kasalliklari, periferik 235 nevropatiya va yurak miopatiyasi. 8. Homilada alkogol sindromi deb nimaga aytiladi? 9. Toksikolog olimlarning alkogolning homilaga salbiy ta’siri bo‘yicha olib borgan tadqiqotlaridagi xulosalari qanday? 10. Mutaxassislar “Homilada alkogol sindromi” ning qandaq oqibatlarini aniqlashgan? Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling