O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Alkogolning molekulyar toksikligi


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127
9.5. Alkogolning molekulyar toksikligi 
 
Alkogol asl bioaktivatsiyaga bog‘liq toksikant bo‘lib, uning birlamchi 
toksik ta’siri organizmda paydo bo‘lgan reaktiv metabolitlar tomonidan 
birlashtiriladi. Ko‘p alkogol iste’mol qiluvchi insonning jigari va boshqa 
to‘qimalari DNK va oqsil kabi hujayra makromolekulalariga osonlikcha hujum 
qiluvchi murakkab elektrofil turlarga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Shunday bo‘lishiga 


222 
qaramasdan, 4-bobda ko‘rib chiqqanimizdek, makromolekulyar adduktlarning 
paydo bo‘lishi ko‘plab kimyoviy toksik sindromlarga asos bo‘lishi bilan, 
bunday kimyoviy ta’sir toksikligini keltirib chiqaruvchi aniq molekulyar jara-
yonni aniqlash murakkabdir. 
9.2-rasm. Etanol metabolizmi turli oraliq reaktiv mahsulotlar hosil bo‘lishiga 
sabab bo‘ladi, ular esa o‘z navbatida asosiy beshta yo‘l orqali jigar proteomasiga 
zarar yetkazadi. Rasmdagi raqamlar matnda muhokama qilinadigan har bir 
yo‘lning ketma-ketligini anglatadi. 
 
1. Oqsil adduktlar. Spirtli ichimliklar ta’siridagi metabolizmda, oqsillar 
zaharlanishi kamida beshta yo‘l orqali sodir bo‘lishi kuzatiladi, bunda surunkali 
alkogol iste’molchisining jigari proteomi oqsil modifikatsiyalarining haqiqiy 
“kimyoviy ozuqasi” hisoblanadi (9.3-rasm). 
Zamonaviy texnologiya sohasidagi cheklashlar sabab, oqsil adduktlari 
spektrini alkogol iste’mol qiluvchi shaxsning jigari bilan birgalikda toliq baholash 


223 
mushkul vazifadir; shunday ekan, alkogol bilan bog‘liq kechadigan kasallik 
shakllanishi jarayonida oqsilni zaharlovchi bu kimyoviy yo‘llarning qaysi biri 
eng muhim ekanligi hamon noma’lum bo‘yicha qolmoqda. Oqsil adduksiyasiga 
olib keluvchi birlamchi yo‘l etanolning ADH, CYP2E1 yoki kataliz bilan 
oksidlanishi jarayonida paydo bo‘ladigan atsetaldegid orqali vositalik qiladi. Bu 
9.3-rasmda “1” raqami bilan ko‘rsatilgan.
Atsetaldegid moddasi reaktiv elektrofil bo‘lmasa ham, etanol oksidla-
nishining birlamchi moddasi sifatida u surunkali alkogol ichuvchi kishining 
jigarida katta miqdorda to‘planadi va uning ko‘pligi boshqa biogen aldegidlarga 
qaraganda reaktivligini kamaytiradi. Atsetaldegid tog‘ridan-tog‘ri hujayra 
oqsillaridagi nukleofil guruhiga ta’sir ko‘rsatadi, bundan maqsad, yanada barqa-
ror shakllarni hosil qilish uchun kimyoviy qayta guruhlashdan o‘tadigan Shiff 
bazaviy adduktlarni yaratishdir. Surunkali iste’mol qilingan alkogol ta’sirida 
bunday adduktlar to‘qimalarda yig‘iladi, bu alkogol bilan bog‘liq jigar, 
mushaklar va yurak patologiyasini yaqqol namoyish etib turadi.
2. DNK adduktlari. Nuklein kislotasi bilan solishtirganda oqsillarning 
hujayra jihatidan keng tarqalganligi shuni kafolatlaydiki, alkogol metabolizmi 
jarayonida hosil bo‘lgan reaktiv elektrofillar ko‘proq oqsillarga emas, balki DNK 
ga hujum qiladi, kuzatuvlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, alkogolning katta 
miqdordagi ta’sirida ko‘p to‘qimalarda tarkibida guanin bo‘lgan DNK adduktlari 
paydo bo‘ladi. Atsetaldegiddan hosil bo‘lgan adduktlardan biri bo‘lmish N
2
-etil-
dGuo, alkogol bilan bog‘liq genetik zararning foydali biomarkeri hisoblandi 
(9.4-rasm) .
AQShda yaqin yillarda o‘tkazilgan tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, 
tajribada qatnashgan ko‘ngillilar aroqni iste’mol qilishganidan 4 soat o‘tib 
ularning hujayralar DNK sida bu adduktning miqdori taxminan 100 barobarga 
oshib ketgan. Bu adduktning ko‘payishi laboratoriya sharoitida alkogol berib 
turilgan kemiruvchilarning og‘iz boshlig‘ida ham kuzatilgan. Alkogol iste’mol 
qiluvchi kishilarda bosh va bo‘yinda saraton kasalligi keng tarqalganligini 
hisobga olinsa, bu natijalardan shuni taxmin qilish mumkinki, atsetildegid modda-


224 
si alkogol bilan bog‘liq kanserogenezning vositachisi bo‘lib xizmat qiladi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling