O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127
 
9.3. Alkogolning toksikokinetikligi 
 
Ikki uglerod atomi, kislorod atomi va bir qancha vodorod atomidan tashkil 
topgan kichkina hajmli etanol qator fiziologik jarayonlarni boshdan kechirar 
ekan, kuchli ta’sir oladi. Murakkab tuzilmali va nozik fizik-kimyoviy xususiyat-
lari bo‘lgan ko‘plab dori vositalari bilan solishtirganda, alkogolning toksiko-


219 
kinetikligi nisbatan oddiydir. Etanol molekulasi tabiatda amfipatik hisoblanib, 
suvga intiladigan polyar chekkasi va suvli muhitdan qochadigan nopolyar chek-
kasiga ega. Bunday gidrofillik va gidrofobik xususiyatlarga ega etanol hazm qilish 
yo‘liga tushar ekan, samarali so‘riladi.
Etanolning kichik hajmi membranalar orasidan o‘tish xususiyati va 
hujayralar orasidagi bo‘shliqlarga kirishni ham yengillashtiradi. Osonlikcha 
so‘rilar ekan, ichaklardagi alkogol konsentratsiyasi qon konsentratsiyasini aniqlab 
beruvchi birlamchi omil hisoblanadi. Ichkilikning miqdori ustida o‘tkazilgan 
tajribada, bir yutishda katta dozadagi alkogolni ichganda, xuddi shu dozani kam-
kamdan bir necha martaga bo‘lib ichishga nisbatan qonda konsentratsiya yuqori 
bo‘lgani kuzatilgan. Och qoringa ichilgan alkogol ham qonda konsentratsiyaning 
ko‘tarilishiga olib keladi, sababi yog‘lar, oqsillar va murakkab uglevodlar kabi 
oziq-ovqat moddalari alkogolning qonga so‘rilishi jarayonini sekinlashtiradi. Bu 
omil o‘z o‘rnida ochlik holati bilan solishtirilganda to‘q organizmda moddalar 
almashinuv jarayoni tez sodir bo‘lishi bilan qisman to‘ldiriladi. Alkogolning 
suvda tez erish fazilati uning kinetik xususiyatlarini to‘ldirish uchun oqsil 
plazmalari bilan birlashib qonda bir me’yorda tarqalishini ta’minlaydi.
55
Organizmda va to‘qimalarda alkogolning joylashishi ushbu to‘qimaning yog‘ va 
suv tarkibiga bog‘liq. Organizmning alkogolga nisbatan sezuvchanligida yog‘ 
tarkibi ham katta rol o‘ynaydi. Bu omil alkogol toksikokinetikligida jins (gender) 
farqi ham ahamiyatli, sababi ayollarda tana yog‘ miqdori erkaklarnikiga nisbatan 
yuqoriligi sababli, ularda konsentratsiyaning organizmga yoyilishi ham sekinroq 
kechadi.
Ushbu omil ayollarda ichkilikbozlik bilan bog‘liq jigar kasalliklarining 
nisbatan ko‘p uchrashining sababi qilib ko‘rsatiladi: sust tarqalish yuqori 
konsentratsiyali plazmalariga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z o‘rnida ichki a’zolarning 
toksikantlar hujumiga duchor bo‘lishiga olib keladi. Etanolning organizmda 
chiqib ketishi asosan modda almashinuvi jarayonida sodir bo‘ladi, bug‘lanuvchi 
55
Mellion M et al. Alcohol-related peripheral neuropathy: nutritional, toxic, or both? Muscle Nerve. 2011;43:309–16.


220 
modda sifatida taxminan 10 % hazm bo‘lmasdan nafas yo‘li orqali, ter va peshob 
yo‘llari bilan chiqib ketadi. Qondagi etinol spirtining o‘pka orqali chiqib ketishi 
qon plazmasidagi konsentratsiyadan dalolat beradi. Alkogol toksikligida 
metabolizmning ahamiyati beqiyos ekanligini hisobga olib, bu mavzu keng va 
chuqur o‘rganilishi kerak, degan xulosaga kelamiz.  

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling