O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Insonlarda surunkali ichkilikbozlikning salbiy ta’sirlari


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127
Insonlarda surunkali ichkilikbozlikning salbiy ta’sirlari 
Pankreatit (o‘tkir va surunkali) 
Kardiyomiyopatiya 
Polinevropatiya 
Surunkali jigar kasalligi 
Miyopatiya 
Psixoz 
Ko‘krak saratoni 
Akashak 
Qizilongach saratoni 
Homilada alkogolizm 
sindromi 
Oshqozon-ichak yo‘lidan qon
ketishi 
Gipertoniya 
Yurak ishemik kasalligi 
Orofarengeal saraton 
Prostate bezlari saratoni 
Psoriaz 
Homiladorlikni o‘z-o‘zidan 
tugallanishi
Shol 
Supraventrikulyar taxiaritmiya 


9.2. Alkogol mahsulotlari 
 
Bugungi kunda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasi qadimdagi 
usullar yoki bugunning an’anaviy metodlardan farq qiladi. Masalan, qadimda 
tayyorlangan pivo hozirgi bizning hayotimizdagi “Qibray”, “Pulsar” va “Tuborg” 
xillaridan tubdan farq qilgan: u shu darajada quyuq va sertola bo‘lganki, har 
qanday kishi spirtga bo‘ktirilgan bo‘tqa bilan adashtirishi mumkin edi. Zamonaviy 
pivo tayyorlash, xuddi qadimdagidek, fermentlash jarayoni, chaynash va qaynat-
maga tuflashga o‘xshab ketadi. Janubiy Afrikaning Zulu qabilasida g‘umay va 
jo‘xoridan pivo tayyorlashda shu usuldan foydalaniladi.
Don-dun mahsulotlaridan pivo tayyorlashdan farqli o‘laroq sharob mevalar-
dan, rezavorlardan, danakli mevalarda va asosan uzumdan tayyorlanadi. Pivo
tayyorlash vaqtiga nisbatan sharobda uzoq davom etgan fermentlash jarayoni 
uning tarkibida alkogolning ancha ko‘p miqdorda bo‘lishini ta’minlaydi. Tarixdan 
shunday bo‘lib kelganki, sharob tayyorlash Yevropaning serhosil mintaqalarida, 
Kavkazning quyi qismi, Bo‘lqon, O‘rtayer dengizi atroflarida keng rivojlangan. 


218 
Yevropaliklarning Shimoliy va Janubiy Amerikada joylashishlari bilan, Shimoliy 
Amerika (masalan, Napa), Janubiy Amerika (masalan, Mendoza), Janubiy Afrika 
(mas., Stellenbosh) va Avstraliya (masalan, Barossa) ning vino zavodlari Fransiya, 
Ispaniya va Italiyaning an’anaviy vinosi bilan raqobat qila oladigan, sifatli vino
ishlab chiqara boshladi.
Distillash yo‘li bilan spirtli ichimliklar tayyorlash texnik jihatdan murak-
kab jarayon hisoblanadi, shunung uchun ham u rivojlanishning keyingi yillarida, 
taxminan Iso Masih davrida boshlangan. Spirt kondensator uskunasi yordamida 
alkogol tarkibini boyitish maqsadida fermentlangan mahsulotni qaynatish yo‘li 
bilan tayyorlangan, bunda atir hamda dori mahsulotlarini tayyorlashda ishlatilgan 
texnologiyalardan foydalanilgan.
Keyinchalik, eramiz boshiga kelib, dengizchilik rivojlanishi bilan uzoq safar 
davomida buzilmaydigan alkogol ichimliklarini ishlab chiqarishga ehtiyoj oshdi. 
Dengiz iqtisodi kuchli bo‘lgan Ispaniya, Portugaliya kabi davlatlar shu yo‘sinda 
konservant sifatida vinoga spirt qo‘shib kuchli vino tayyorlash usullarini 
mukammallashtirdi. Asosiy kuchli vinolarga uzoq vaqt saqlanadigan Port 
(vino+neytral spirt), Sherri (vino+brendi) va Vermut (vino+neytral spirt+yog‘lar 
va o‘t-o‘lanlar) kiritiladi. Oxirgi o‘n yilliklar ichida savdo-sotiqning global 
yo‘lga qo‘yilishidagi ochilgan keng imkoniyatlar arzon spirtli ichimliklarni 
ishlab chiqarilishiga, bunda sifatning nazorati susayganligiga yo‘l qo‘yilyapti. 
Ko‘pchilik ichuvchilar uchun bunday arzon alkogol qo‘l kelib, ichkilikbozlik 
yanada kengayib va natijada u bilan bog‘liq turli kasalliklar kelib chiqishi 
ham o‘smoqda. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling