O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
9.4. Alkogol metabolizmi Har qanday iste’mol qilinadigan ksenobiotik kabi, alkogol ham organism- dan chiqarib tashlanishi kerak, bu vazifani bajarish asosan jigar zimmasiga tushadi. Odatda 70 kilogrammli odam bir kunda o‘rtacha hisobda taxminan 170-240 gramm alkogolni hazm qiladi, bu esa soatiga taxminan 7-10 grammga to‘g‘ri keladi. Etanol jigar metabolizmi ham oksidlanadigan ham oksidlanmaydigan yo‘llarda amalga oshib, bunda oksidlanishning ulushi katta (9.1-rasm). Jigarda va ichak devorlarida oksidlanadigan va oksidlanmaydigan metabo- lizm yo‘llarining kengligi sababli, iste’mol qilingan spirtli ichimlikning ko‘p qismi qon aylanish tizimiga yetib borgunga qadar hazm bo‘ladi. Metabolizmning bu ko‘rinishi asosan oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak uchun juda aha- miyatlidir. Alkogolning hazm bo‘lishida iste’mol qilingan ovqatning ta’siridan tashqari, och qoringa ichilgan spirtli ichimlikning qonga so‘rilishi jarayoni biron to‘siqlarsiz sodir bo‘lgani sababli, qonda uning yuqori miqdori kuzatiladi 56 . Alkogolning yoshi ulug‘ insonlar organizmda hazm bo‘lish jarayoni biroz susayishiga qaramasdan, u butun umr davomida deyarli bir xil bo‘ladi. Homila jigaridagi ksenobiotik-metabolik fermentlar yetishmasligi tufayli, ularda ham alko- gol ichimliklarni hazm qilish juda sust ko‘rinishga ega. Aynan mana shu omil homilada alkogolizm sindromi va u bilan bog‘liq bo‘lgan qator kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 56 An L et al. Cytocines in alcoholik liver disease. Arch Toxicol. 2012;86:1337–48. 221 9.1-rasm. Jigardagi spirtli ichimlikning asosiy metabolik taqdiri uchta birlamchi ferment tizimidan biri orqali atsetaldegidga oksidlanishni o‘z ichiga olib, bu so‘ngra sirka kislotasiga aylanadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling