O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.7. Xulosa
8.8-rasm. Vinil xloridning epoksid metabolitiga CYP2E1 - kataliz bioakti-
vatsiyasi bir qancha DNK adduktlarini hamda qator etino adduktlar keltirib chiqaradi. Bu bilan ularning mutagen potensiali va qayta tiklanish xususiyatiga katta e’tibor qaratiladi. 212 O‘simtaning o‘pka, biriktiruvchi to‘qimalar, ko‘krak bezi va miya kabi joylashishi jihatdan uzoqroq bo‘lgan a’zolarda uchrashi holatlari munozarali hol. Eyms (Ames) testi va sichqonlarda limfoma tekshiruvlari kabi probirkada o‘tkaziladigan mutagenlik tajtibalari jihatidan VX mutagen modda hisoblanadi. 54 Vinil Xlorid hujayralarda mikroyadro hosil bo‘lishi va xromosoma o‘zgarishi kabi mikroskopik genetik buzulishlarga sabab bo‘ladi. VX ko‘p hayvonlar ustida olib borilgan tajribalarda kanserogen sifatida: ko‘p hollarda jigar angiosarko- masini, ayrim hollarda esa boshqa a’zolarda o‘simtalarni keltirib chiqaradi. VX an’anaviy genotoksik kanserogen bo‘lib, u jigar CYP2E1 ta’sirida tez oksidlanib reaktiv epoksid-xloroetilen oksidiga aylanadi (8.8-rasm). 8.7. Xulosa Kimyoviy moddalarning saraton kasalligidagi o‘rnini aniqlashdagi olib borgan tadqiqotlarimiz tanlovga asoslandi, bunda asosiy urg‘u genomga kimyoviy zarar yetkazadigan salohiyatli kanserogenlarga berildi. Kuzatuvlarimiz shuni alohida ta’kidlaydiki, genotoksik ksenobiotiklar ta’sirida kelib chiqqan saratonda DNK adduktlari markaziy o‘rinda turganligi sabab, zamonaviy toksikologiya alohida DNK adduktlarining biologik taqdiri hamda molekulyar xususiyatlarini o‘rganishga alohida e’tibor beradi. O‘simta to‘qimasi tarkibida bunday turlar miqdorini aniqlash, xuddi aristolog kislotasi ta’siri holatidek, shubha qilingan saraton birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratadi, bunday o‘zgarishlar (masalan, akrilamidning oziq-ovqat orqali ta’siri) ni aniqlay olmaslik esa, e’tiborning susayishiga va yuqori xavfli kanserogenlarni diqqatdan qochirishga olib keladi. Sohada erishilgan qator yutuqlarga qaramasdan, kimyoviy kanserogenez yo‘nalishida, shu jumladan, yashirinib yotgan kanserogenlarni tez, arzon va aniq skrining qilish usullarini topishga bo‘lgan ehtiyoj dolzarbligicha qolmoqda. 54 Hutchings S, Rushton L. Toward risk reduction: predicting the future burden of occupational cancer. Am J Epidemiol. 2011;173:1069–77 . 213 Saratonga qarshi kurash maydonida inson tomonidan ishg‘ol qilingan kattagina yerlarni hisobga olib, shu narsani ishonch bilan aytish mumkinki, yaqin kelajak- da kimyoviy kanserogenezni o‘rganishda fan ancha yutuqlarga erishadi. Mazkur bob kimyoviy moddalar ta’sirida kelib chiqadigan saratonda reaktiv oraliq moddalar va DNK zarari haqidagi tushunchalarimizning asosini qamrab olgan bo‘lsa, keyingi boblar bu konseptual qarashlarning ikkita keng iste’moldagi ksenobiotik aralashmalar, ya’ni alkogol ichimliklari (9-bob) va tamaki tutuni (10- bob) bilan kechadigan umumiy sindromlarni yoritib beradi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling