O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127
2. O‘sishni susaytiruvchi moddalarga befarqlik. Yuqoridagi transport 
vositasini boshqarishga o‘xshash holatni olaylik: gaz pedalini bossangiz ham, agar 
qo‘l tormozi bo‘shatilmagan bo‘lsa, mashinangiz joyidan qo‘zg‘almaydi. 
Sataronning yana bitta asosiy xususiyatlaridan biri - hujayra ko‘payishida 
tormozni bosa olmaslik. Transport vositalarida bir nechta tormoz mexanismlari 
(qo‘l tormozi va oyoq tormozi) bo‘lgani kabi, hujayralar ham bir nechta 
replikatsiya nazoratlariga ega. To‘qima atrofida, hujayralar o‘sishga to‘sqinlik 
qiladigan ko‘p ta’sirlarga uchraydi, ular orasida, o‘sishi to‘xtatuvchi eriydigan 
moddalar va hujayra tashqarisida qolgan erimaydigan moddalar bor. Hujayra 
retseptorlariga ta’sir qilib, bu salbiy signallar ikkita asosiy mexanizm yordamida
hujayra replikatsiyasini to‘xtatadi. Birinchidan, o‘sishga qarshi signallar 
48
Hussain SP et al. TP53 mutations and hepatocellular carcinoma: insights into the etiology and pathogenesis of liver cancer. 
Oncogene. 2007;26:2166–76. 


186 
hujayralarni faol ko‘payish davridan tinch holatga olib keladi. Ikkinchidan,
ko‘payishni to‘xtatuvchi signallar hujayralarni tiklanmas farqlash-ga mubtalo
qilishi mumkin. 
3. Hujayra nobud bo‘lishini chetlab o‘tish. Odatda, transport vositalari 
ta’miri juda ham qimmat bo‘lgan hollarda, ularni bo‘laklarga bo‘lib yo‘q qilish 
uchun qayta ishlash zavodlariga jo‘natiladi. Shunga o‘xshab, noto‘g‘ri 
rivojlanayotgan hujayralar aniqlanganda, sog‘lom to‘qimalar apoptoz yo‘li bilan 
ularni yo‘q qilish harakatiga tushadi. Nisbiy o‘simtalar bu taqdirdan qochib 
qutulishi kerak: chunki, saraton hujayralarining asosiy xususiyatlaridan biri - 
tasodifiy hujayralarni barvaqt o‘limga hukm qilish haqidagi signallariga befarqlik 
ko‘rsatishdir. Apoptozning sensor va ijrochi qurolini o‘z ichiga olgan molekulyar
yo‘llar murakkabdir: o‘simta hujayralari bu yo‘llarni chetlab o‘tgan mexanizmlar 
ko‘p qirralidir. Apoptozni chetlab o‘tisning bir yo‘li - o‘simta gen-supressori
p53 mutatsiyasini yo‘qotishdir, chunki, bu asosiy ko‘p funksiyali oqsil moddasi, 
zararlangan genlardan tashkil topgan hujayralarni nobud qilish uchun DNK ga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
4. Hujayralar manguligi. O‘simtali hujayralarning to‘rtinchi xususiyati 
xuddi transport vositalari-dagi nosoz mexanizmlarni o‘z-o‘zini ta’mirlab, xizmat 
muddatini uzaytirib beradigan farazli uskuna vazifasiga o‘xshaydi. Bu xususiyat - 
bo‘lingan hujayralar sonini cheklash mexanizmlarini o‘rnini to‘ldirish qobi-
liyatidir. Hujayra “hisob uskunasi” bir necha ming xromosomalar oxiriga qisqa
6-juft asosiy ketma-ketlikni qo‘shish orqali replikativ voqealarni kuzatib borardi. 
Telomerlar” deb nomlangan bu genetik ketma-ketliklarni, telomerlarda har bir 
hujayra bo‘linishi jarayonida nobud bo‘ladigan 50-100 juftliklarni o‘rnini to‘ldi-
radigan ajoyib ferment - telomerazalar to‘ldirib turadi. Telomerlarning nobud 
bo‘lishi genetik anomaliyaga va hujayraning nobud bo‘lishiga olib keladi. Nazorat 
qilib bo‘lmaydigan hujayralar bo‘linishi jarayoni oqibatlariga qarshi kurashish 
uchun telomerazalar ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, inson o‘simtalarning 85-90 
% ida bu holat kuzatiladi. Oxirgi yillarda bu ferment o‘zining yangi “nokanonik” 
va “telomerdan xoli” qobiliyatlari bilan yana diqqat markaziga keldi. 


187 
5. Qon tomirlariga yo‘l. Transport vositalariga harakatlanish uchun 
yonilg‘i kerak bo‘lganidek, rivojlanayotgan o‘simtalar ham ozuqa moddalarini va 
metabolik chiqindilardan xolis bo‘lish uchin qon talab qiladi. Nisbiy o‘simta 
hujayralari qon tomiridan 100 mkm (mikrometr) masofada joylashgan bo‘lishi 
kerak; aks holda, o‘sayotgan o‘simta massasi gipotoksik yoki nekrotoksik holatga 
kelishi ehtimoli bor. Agar ular hajmi o‘sishda davom etsa, o‘simta qon 
tomirlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlashi kerak (“angiogenez”). Juda ham 
murakkab bo‘lgan bu jarayon o‘z ichiga ijobiy va salbiy tartibga soluvchi hissani 
oladi. Ahamiyatli proangiogen molekula - qon tomir endotelyal o‘sish faktori 
(QTEO‘F) bo‘lib
49
, u ko‘p kislorodsiz o‘simta hujayralaridan ajralib chiqadi va 
qon tomirlarining o‘sishiga ko‘maklashish uchun endotelial to‘qimalardagi 
transmembrana tirozinkinaz retseptorlariga ta’sir o‘tkazadi. 
6. Tajovuzkor va metastatik bo‘lish. O‘simta tajovuzkorligi, ya’ni – o‘zi 
paydo bo‘lgan to‘qimada noto‘g‘ri ko‘payishga moyilligi va metastatlik, ya’ni
yon-atrofdagi to‘qimalarni bosib olish xususisyati – bular patologik jarayon 
hisoblanadi, chunki me’yordagi hujayralar o‘z odatiy joyida cheklangan. Bu 
imkoniyatlarni qo‘lga kiritgan to‘qima o‘zining eng xavfli faoliyatini boshlaydi. 
Tanadagi tabiiy anotomik jarayon tufayli, to‘qimadan chiqqan metastatik o‘simta 
hujayrasi biron aniq a’zoga yetib boradi. Masalan, qon va moddalar almashinuvida
oshqozon-ichak yo‘lida paydo bo‘lgan o‘simtalar jigar to‘qimalarida g‘alati 
o‘smalar ko‘rinishida kuzatiladi.
Ko‘krak bezi saratoniga uchragan bemorlarda, ikkilamchi o‘simta, odatda, 
bosh miyada uchraydi. Genetik va biokimyoviy darajada, tajovuzkorlik va 
metastatlik bir-biriga bog‘liq bo‘lgan hodisadir. Kimdir oddiy taxmin qilishicha, 
ayrim mutatsiyalar birlamchi o‘simtani tajovuzkor o‘simtaga aylantirib yubo-
radi, xuddi shuningdek, qo‘shimcha mutatsiyalar tajovuzkor hujayralarni 
metastatic o‘simtalarga aylantiradi. Shunga qaramasdan, bunday almashinuv-
larning sababi bo‘lgan genetik o‘zgarishlarga aniq izoh berish mushkul 
49
Swenberg JA et al. Endogenous versus exogenous DNA adducts: their role in carcinogenesis, epidemiology, and risk 
assessment. Toxicol Ski. 2011;120 Suppl 1:S130–45.


188 
vazifaligicha qoldi, buning sabablaridan biri – o‘simta hujayralari va boshqa 
hujayra turlari, masalan, makrofaglar, neytrofillar va mezenximal ildiz hujayralari 
orasidagi murakkab o‘zaro ta’sirlardir. Intergin kabi oqsillarga hujum qiluvchi 
mutatsiyalar, odatda, metastatik o‘simtalarda kuzatiladi. Uzoq yillar davomida 
aniq bo‘lgan bu kabi ma’lumotlarga qaramasdan, biologiya fanida ochilmagan 
jumboqlar hali juda ko‘p. 
7. Immun tizimiga zararning oldini olish. Hanahan va Vienberglar 2011-
yilda o‘zlarining konseptual modellarini qayta ishlab chiqishganda, ular qo‘shim-
cha ikkita “yangi xususiyatlar” ni qo‘shishdi. Ularning birinchisiga ko‘ra, 
xavfsiz o‘simta immun tizimi ta’siridan xoli bo‘lishi kerak. Bu esa, inson 
organizmidagi ko‘plab o‘simtalarning immunologik jihatdan murakkabligini 
tushunib yetishning o‘sayotganligidan dalolatdir.
50
Dastlab taxmin qilinishicha, o‘simtalar o‘xshash genetik xususiyatlarga 
ega bo‘lgan o‘simta hujayralarining nisbatan bir hil jamoasidan tashkil topgan
lekin yanada chuqurroq olib borilgan gistologik tadqiqotlar murakkab “o‘simta 
mikromuhiti” ni ochib berdi. Bu tushunchaga ko‘ra, makrofaglar, neytrofillar va 
immun tizimining tabiiy va adaptiv qurollarining boshqa bosqinchi hujayralari 
aybsiz ishtirokchilari emas, ular qandaydir yo‘l bilan o‘simtali holatni keltirib 
chiqarishadi. Immun hujayralarining bunday yordamchi vazifasi shubhalari 
epidemiologik tadqiqotlar bilan mustahkamlanib boradi, masalan, yallig‘lanishga 
qarshi qo‘llaniladigan aspirin, uzoq muddatli iste’moli o‘simta xavfini 
kuchaytirishini hisobga olib, uni iste’moldan cheklasni taklif qiladi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling