O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127
7.4. Yo‘ldoshning roli 
 
Bachadon silliq pardasi va homila qon tomirlarini birlashtirish orqali ona 
va homilani bog‘lab turuvchi yo‘ldosh, o‘sayotgan bolani oziqlantirish hamda 
uni keraksiz chiqindilardan tozalab turishdek muhim bo‘lgan vazifani bajarib
homiladorlik davrining eng muhim bog‘lovchisi hisoblanadi.


166 
1. Yo‘ldosh metabolizmi. Homiladorlik jarayoinida o‘sib boradigan murak-
kab va dinamik tizim bo‘lgan yo‘ldoshning o‘zi ham qator toksik moddalar 
hujumiga duchor bo‘ladi. Uning toksikologik ahamiyati bajaradigan asosiy 3 ta 
vazifasiga asoslanadi: kislorodga to‘yingan qonni homilaga yetkazib berish, qon 
orqali moddalarni ikki tomonlama tashish transporti vazifasini bajarish va 
ksenobiotik almashinuvni yengillashritish. Insondagi asosiy yo‘ldosh oqsil 
izoformasi CYP1A1 hisoblanadi, lekin uning oqsil ko‘rsatkichlari (masalan, 
tamaki yo‘nish mahsulotlari, deksametazon yoki atrof muhitni ifloslantiruvchi 
moddalar) darajasi past. Boshqa ko‘plab muhim CYP lar uchun, tadqiqotchilar
inson yo‘ldoshida mos BRK (bachadon ribonuklein kislotasi) mavjudligini
ko‘rsatishgan, lekin proteinning yuqori miqdorini yoki u bilan bog‘liq katalitik
faoliyatini aniqlab bera olishmagan.
CYP1A1 inson yo‘ldoshidagi ksenobiotiklar 
metabolizmini kislotaga aylantiruvchi asosiy katalizator hisoblanadi. 
2. Yo‘ldosh tashuvchilar. Tadqiqotchilar yillar davomida, yo‘ldoshga kim-
yoviy moddalar passiv diffuziyalar orqali o‘tadi, deb taxmin qilishgan, ammo 
ksenobiotik tashuvchilarning rolini isbotlovchi dalillar ko‘plab to‘plangan. 
Tashuvchining vazifasi faol bo‘lib, homiladagi o‘zgarishlar bilan hamohang 
ravishda harakat qiladi. Yo‘ldosh vazivasi nuqtai nazaridan, ustki membranada ona 
qoni tarkibidagi ksenobiotiklarni mumkin qadar kamaytirish uchun tashuvchilar 
harakatga keladi, bunda ABK tashuvchilarning ahamiyati kattadir. Bunda tashuv-
chilar foydali moddalarni qabul qilish hamda homilaning chiqindilarini ona qoniga 
qayta tushishidan himoya qilishni tartibga solib turishga yordam beradi. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling