O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7.2-rasm. Ray Shenefelt tomonidan o‘tkazilgan an’anaviy tadqiqotlar shuni ta’kidladiki, teratogenlarning ta’sir qilish vaqtini nazorat qilish nasllarda rivojlanishdagi nuqsonlar tabiatini aniq o‘rganish imkonini beradi. Homilador uy sichqonlariga retin kislotasi bir xil, ya’ni LD50 dozada homiladorlik davrining aniq belgilangan 20 kunida berilgan. Sinsinatti Universitetida Ray Shenefelt tomonidan 40 yildan ham ko‘proq vaqt oldin uy sichqonlari ustida olib borilgan an’anaviy kuzatishlar bunday g‘oyaning tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Klinik patalog Shenefelt bir xil dori qabul qilgan bemorlarda rivojlanishdagi turli o‘zgarishlardan hayratga kelgan. Kuzatishlarini bir tizimga solish maqsadida u retinoik kislotasining bir xil dozasini uy sichqonining homiladorlik davri bo‘lgan 12 haftaning turli 20 bosqichlarida ularga nisbatan qo‘llagan. A vitaminining suvda eritilgan ko‘rinishi bo‘lgan Retinoik kislotasi katta dozada embrion rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 623 ta embrionlarning ayrimlarida ichki a’zolarda va bosh, boyin va bosh miya a’zolarida turli nuqsonlar kuzatilgan. Embrion rivojlanishida tabiiy 164 holatlar va dorilarning salbiy ta’siri bog‘liqligini kuzatish maqsadida yana 200 ta homila tekshiruvdan o‘tkazilgan. Bu an’anaviy tadqiqot ko‘plab teratogen natijalar uchun aniq “ta’sirchan- lik darajasi”ni yaqqol ko‘rsatib berdi. Keyinchalik esa, shu kabi tadqiqotlar boshqa jonzodlarda turli xil teratogenlar ishtirokida sinovlardan o‘tkazildi va ular natijasi ilk natijalardan farq qilgani yo‘q. Bunday kashfiyotlar fanda keng imkoniyatlar yaratib berdi va kashfiyotchilar homiladorlik davrida toksikantlarni qo‘llashning mos davrlarini bilish muhimligini anglab yetdilar. Bu kashfiyotlar klinik amaliyotda keng qo‘llana boshladi, buning sabablari bir talaygina bo‘lib, ayrim teratogen moddalar epilepsiya kabi og‘ir dardga chalingan ona organizmiga yuborish orqali homiladorlik paytiga tashqi ta’sir o‘tkazishdir. Shu bilan birga, ayrim mamlakatlarga xos bo‘lgan katta yoshda homilador bo‘lish an’anasi, homiladorlik bilan bog‘liq saraton kasalligiga qarshi toksik dorilarni qo‘llashni taqazo qiladi. Yuqorida tilga olingan tadqiqotlar esa insonlarga nisbatan toksik moddalarni qo‘llashning homilaga ta’sirini kamaytirish uchun dolzarb hisoblanadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling