O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127
6.8. Xulosa 
 
Ushbu bobda biz o‘tkir va surunkali toksikantlarning turli tana a’zolariga 
zarar yetkazishi haqida gapirib o‘tdik. Bu zararning dorishunoslik va kimyo 
sanoati sohalari uchun ahamiyatini hisobga olib, tadqiqotchilar diqqati inson 
organizmida juda ham muhim bo‘lgan ikkita a’zo – ya’ni jigar hamda buyrakka 
qaratildi. Yangi dori-darmonlar ishlab shiqishda bu tana a’zolariga ularning ta’siri 
alohida e’tiborga olinadi. Bu tabiiy holat, chunki dorishunoslik innovatsiyasi 
tarixida nefrotoksiklik, undan ham ko‘proq gepatotoksiklikni keltirib chiqaradigan 
dori-darmonlarning kasodga uchragan hollari ko‘p bo‘lgan. Jamiyat zaharlanishiga 
aylanib ulgurgan bu muammoni oldindan aniqlay oladigan sezgir uskunalar 
yaratish – soha vakillari oldiga yanada chuqurroq maqsadlar va izlanishlarni 
qo‘yadi. 
 
Nazorat savollari 
 
1.Toksikantlar to‘qimalarning zaharlanishida qaysi a’zolarga hujum qiladi? 
2. Sezuvchanlikka ta’sir qiluvchi qanday omillar mavjud? 
3. Gepotoksiklik deganda nimani tushunasiz? 
4. Sog‘lom inson jigarining birlamchi fiziologik roli nimalarga bog‘liq? 
5. Jigarning toksikantlarga qarshi kurashi dori-darmonlarning ahamiyati. 
6. Jigarda hujayralarning nobud bo‘lishi qanday sodir bo‘ladi? 
7. Nefrotoksinlar. Buyrak tuzilishi haqida tushuntirib bering. 
8. Asosiy inson nefrotoksikantlarining tuzilishi, fizik va kimyoviy xusu-
siyatlaridagi farqlar nimalardan iborat? 
9. Ish sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan nefrotoksikantlar. 
10. Nefrotoksikantlarning tabiatda uchrashi to‘g‘risida tushuncha bering. 
 
 


158 
7-BOB 
KIMYOVIY TA’SIR VA HOMILA 
 
Talidamid epidemiyasi, yo‘ldosh - bu ona qonidagi zaharli moddalardan 
himoya qiluvchi to‘siq hisoblanadi, degan aqidani yo‘qqa chiqardi. Keyingi o‘n 
yilliklarda insonlarda, zaharli moddalarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi qaltis 
harakatlar yoki qadamlar haqidagi tushunchalari ancha kengaydi. Yillar davomida 
olib borilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, homila paytidagi zararli ta’sir, odatda, 
uchta salbiy natijalarga olib keladi, bular: bola o‘sishiga to‘sqinlik, embrionning
halok bo‘lishi hamda tug‘ma nogironlik. Zaif zurriyot-ning dunyoga kelishi 
jarayonini o‘rganish, rivojlanishga ta’sir o‘tkazuvchi toksikantlarni o‘z vaqtida 
qo‘llashning natijalarini ham ochib berdi. Hayvonlarda prenatal zaharlanishning 
molekulyar asoslari haqidagi bilimlar ilg‘orilashar ekan, bu tajribalarni insonlarda 
qo‘llash fikri har doim ham ijobiy qarshi olinmaydi. Kitobning ushbu bobi 
kimyoviy 
tashqi 
ta’sirlar 
natijasidagi 
tugma 
nuqsonlarni 
o‘rganishda 
qo‘llaniladigan asosiy tamoyillarni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Shu bilan birga 
asosiy e’tibor talidomid, valproata kabi dorilardan zaharlanish, sog‘liqqa zararli 
bo‘lgan kadmiy va organik eritmalar bilan ishlovchi korxonalardagi sharoitlarga 
qaratilgan. 
Insoniyat tarixi davomida, majrux bolaning tug‘ilishi kishilarda qorquv, 
jazava yoki dushmanlik kabi salbiy tuyg‘ularga sabab bo‘lib kelgan. Qadimda esa 
bunday bolalarning tug‘ilishi Xudo tomonidan yuborilgan ogohlantirish sifatida 
e’tirof etilib, kishilar qo‘rquvga olingan, bu esa o‘z o‘rnida ekologik sabablarni 
izlashdan ko‘ra ko‘proq ma’qul bo‘lgan. Bunday qarashlar omma orasida keng 
tarqalgan bo‘lib, 17 asr boshiga kelib, Viliam Shekspirning mashhur Qirol Lir 
asarida ham o‘z aksini topgan. Undagi qahramonning yuz, oyoq panjalari va 
barmoqlari orasidagi nuqsonlari, go‘yoki unga yaratgan tomonidan berilgan 
jazodek tasvirlangan. 19 asrga kelib esa, tibbiy qarashlar o‘zgardi, ayrim 
kasalliklarning sababi kimyoviy zaharlar, degan qarashlar paydo bo‘lishiga 
qaramasdan, bu kamchilikni tug‘ma nuqson, deb qabul qilish odamlarga mushkul 


159 
edi. Insonlarni, embrion har qanday zaharli moddalardan mustahkam himoyada
degan fikrdan qaytarish amri mahol edi.
38
II Jaxon Urushidan keyin zamonaviy 
epidemiologiya fani turli madaniy, ijtimoiy- iqtisodiy, dietologik va kasbiy-texnik 
vositalarning homilaga to‘g‘ridan-tog‘ri ta’siri haqidagi faktlarni oshkor qila 
boshladi. Shu bilan birga yo‘ldoshning himoya xususiyatlari ham oshkor bo‘ldi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, tibbiyot texnologiyasida keskin burilish 
hosil bo‘lishiga, ya’ni 1960-yillar boshidagi talidamid balosini keltirib chiqarishida 
sabab bo‘ldi, endilikda homilani yo‘ldosh zararli moddalar yutib yuborishdan 
saqlaydi, degan fikr shubha ostida qoldi. Epidemiya xuruj qilganida, rivojlanish 
toksikologiyasi zamonaviy toksikologiyaning yangi bo‘limi sifatida yuzaga 
keldi va homilalar ustida turli dori va kimyoviy moddalarni sinovdan o‘tkazib, 
1950-yillargacha kuzatilmagan qator tajribalar uchun imkoniyat yaratib berdi. 
Erishilgan qator yutuqlarga qaramasdan, inson biologiyasidagi qator savollar, 
mutaxassislar tomonidan yanada ko‘proq tadqiqotlar olib borish va tajribalar 
o‘tkazish zarurati borligini va bularga erishish uchun qator vazifalarni qo‘ydi.
Bu bobda biz homilada kimyoviy zaharlanish bilan bog‘liq bo‘lgan bir 
qator asosiy tushunchalarni o‘rganib chiqamiz.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling