O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127
4. Master ksenosensorlar: PXR va CAR. PXR va CAR ksenosensorlarining 
odam farmakologiyasida juda ham katta ahamiyatga ega. Ular AhR dan farqli 
bo‘lgan boshqa transkriptsiya faktorlar sinfiga mansub bo‘lib, qalqonsimon bez 
gormonlari, xolesterin, estrogen va jigardagi steroid oksidlar kabi endogen 
ligandlarning biologik ta’sir ko‘rsatishini ta’minlovchi “klassik” yadro retseptor-
lariga o‘xshaydi.
PXR va CAR ga umumiy xos bo‘lgan tuzilmaviy shaklga oila vakillari 
orasida keng tarqalgan DNK bog‘laydigan domen (DBD) kiradi; bundan tashqari, 
yana ko‘p DNK bog‘laydigan oqsillarga xos bo‘lgan ikkita rux barmoq zanjirni 
ham kiritish mumkin. Yana bir klassik yadro retseptorlariga xos jihat bu ligand 
bog‘laygan domen (LBD) bo‘lib, unda har bir retseptor muayyan ligandlarni 
bog‘lashi zarurligi bilan ajralib turadi. Ligand faollashganida yadro retseptorlari
nishon gendagi muayyan o‘zgarishlarni sezadigan dimerlarni hosil qiladi: endogen 
ligandlar ta’sirida faollashgan retseptorlar odatda ayni oila vakili bilan 
gomodimerlar hosil qilsa, ekzogen ligandlar ta’sirida faollashganlari (jumladan, 
PXR, CAR, PPAR) esa retinoid X retseptori (RXR) bilan geteromer hosil qiladi. 
PXR, pregnan X retseptori odam farmakologiyasida muhim o‘rin tutadi, 
chunki u preparatlar metabolizmida asosiy rollarni bajaruvchi CYP larning 
(jumladan, CYP1A, CYP2K8, CYP2K9, CYP2K19, CYP3A4, CYP3A5 va 
CYP3A7) ta’sirini nazorat qiladi. Bundan tashqari PXR yana ko‘plab UDP-
glyukoronoziltransferaza, sulfotransferaza, glutation-S-transferaza oilalari vakil-
lari hamda bir qator ksenobiotik tashuvchilarini ham nazorat qilib turadi. Klassik 
PXR induktorlariga deksametazon, xlotrimazol va rifampitsin kabi preparatlar, 
bundan tashqari, yana DDT, di-n-butil ftalat (DBP), xlordan, dieldrin va endo-
sulfan kabi atrofni zaharlovchi moddalar ham kiradi. PXR dorivor giyohlarda 
(masalan, Avliyo Jon giyohi) mavjud bo‘lgan turli fitokimyoviy moddalar ta’sirida 
ham faollashadi. Bu ligandlarning PXR ga bog‘lanishi, RXR ishtirokida getero-
dimerlarning hamda steroid retseptor koaktivator 1 (SRK-1) singari yordamchi 
oqsillarning hosil bo‘lishiga ta’sir qiladi. Natijada hosil bo‘lgan kompleks tegishli 
ksenobiotik ta’sir elementlarini reaktiv genlarning 5-bo‘limiga yo‘naltiradi.


119 
Transkriptsiya ortidan mRNK molekulalari ribosomal ishlov berish hamda 
oson ajraladigan metabolitlarning hosil bo‘lishiga sharoit yaratuvchi yangi CYP 
oqsillar sinteziga yo‘l ochish uchun yadro teshikchalari bo‘ylab tashqariga chiqadi 
(5.1 rasm). PXR va CAR singari asosiy ksenosensorlar ko‘p jihatdan yadro 
retseptorlarining glyukokortikoid sinfiga oxshasada, ular transkriptsion faollashish 
amalga oshishi uchun yuqori ligand konsentratsiyalarini talab qiladi (masalan, 
glyukokortikoid retseptorlarni faollashtiradigan nanomolar gormon konsentra-
tsiyalariga nisbatan mikromolar konsentratsiyalar).
Mazkur mulohazalarga qo‘shilgan holda, struktura ustida olib borilgan 
izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, PXR ning ligand bog‘laydigan domeni glyuko-
kortikoid retseptorlarga qaraganda ko‘proq egiluvchanlikka ega ekan;
27
bu PXR 
ning ligand bog‘laydigan domeniga qator hamjdor, tuzilishidan bir-biriga 
o‘xshamaydigan ligandlarga moslashish imkonini beradi. Bu xususiyatlar PXR 
ning nima uchun keng ko‘lamdagi turli ksenobiotiklarga qarshi ta’sir ko‘rsata 
olishini tushuntirib beradi.
5. Ksenosensor aktivatorlarni aniqlash. PXR va CAR ga farmatsevtika 
sohasida katta qiziqish bilan qaralishiga sabab – ularning turli dorilarni bir vaqtda 
ichadigan bemorlarda dorilarning o‘zaro ta’sirlashuvi holatiga olib keladigan 
hodisa, CYP ning dori ta’sirida induksiyalanishida tutadigan o‘rnidir. CYP3A4 
induktorlari birgalikda qabul qilishga buyurilgan dorilar metabolizmini tez-tez 
buzgani sabab yangi preparatlarni klinikoldi tekshiruvdan o‘tkazish davomida PXR 
va CAR ga kuchli ligand bo‘ladigan dorini kashf qilishga juda katta e’tibor 
beriladi. Yuqori sifatli skrining usullari birikmalarning yadro retseptorlarini
faollashtirish qobiliyatini qisqa vaqt ichida baholashga imkon beradi.
Yondashuvlardan istiqbo‘lli deb qaralayotganlaridan biri virtual hayot va 
kompyuterga asoslangan dasturiy ta’minotda mavjud bo‘lgan PXR va CAR ni 
faollashtiruvchi 
molekulalarni 
aniqlaydigan 
bashorat 
qilish 
modellarini 
rivojlantirishdir. 
27
Ihunnah KA, et al. Nuclear receptor PXR, transcriptional circuits and metabolic relevance. Biochim Biophys Akta. 
2011;1812:956–63. 


120 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling